Kompyuter grafikasi nima? Kompyuter grafikasining ahamiyati




Download 18.09 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi18.09 Kb.
#41540
Bog'liq
KOMPYUTER GRAFIKASIDA ISHLASH
Таълимда ахборот технологиялари, An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari. An`anaviy dars o`ti-fayllar.org, topiraq labaratoriyasi, shaxboz do\'sga, Vazifa, kreativ, Abdukarimova G texnologiya mustaqil ish, 3100-Текст статьи-7642-1-10-20200822 (1), Fan maqsad vazifa, 1 kurs Ўқувчиларни 2 курсга кучириш буйруғи 2022 2023 yil, Doc1, Koʻpalova Onajonning 3 labaratoriya ishi, тавсифнома, O

Reja:

  1. Kompyuter grafikasi nima?

  2. Kompyuter grafikasining ahamiyati

  3. Kompyuter grafikasida ishlash

Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yorda- mida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi.


Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvir­lash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masa- lalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- kartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotses- sorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvir­lash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tas­virlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.

Кompyuter grafikasi turlari. To’zilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.


Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
Rastr grafikasida obyektlar bit kartasidagi to’rda ranga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) erdamida tasvirlanadi.
Download 18.09 Kb.




Download 18.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter grafikasi nima? Kompyuter grafikasining ahamiyati

Download 18.09 Kb.