• «Использовать большой шрифт» - Katta shriftni qo’llash
  • «Степень растяжения» - Kenglik darajasi
  • «Масштаб» – Masshtab.
  • “Enter”
  • Kompyuter grafikasi




    Download 0.66 Mb.
    bet11/17
    Sana23.02.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #43338
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi

    «Шрифт» - Shrift bo’limida «Имя шрифта» - Shriftning nomi oynachasi bo’lib, undagi izoh ko’rsatkichi bosilganda bir qator shrift turlarining nomlari ro’yxati namoyon bo’ladi. Kerakli shrift nomi tanlanadi. «Начертание» - Tuzilishi oynachasidagi izoh ko’rsatkichi yordamida shriftni kursiv, yo’g’on ko’rinishlarga olib kelish mumkin. «Высота» - Balandligi oynachasiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib bosiladi va klaviatura yordamida kerakli son kiritiladi. Natijada shriftga balandlik o’lchami beriladi. «Использовать большой шрифт» - Katta shriftni qo’llash oynachasi ayrim shrift turlarida faol emas.
    «Эффекты» - Effektlar bo’limida «Перевернутый» - To’ntarilgan belgilagichi belgilansa harflar to’ntariladi. «Справа на лево» - O’ngdan chapga belgilagichi belgilansa matn so’zlari teskari tomonga yo’naladi. «Вертикальный» - Vertikal belgilagichi ayrim shrift turlarida faol emas. «Степень растяжения» - Kenglik darajasi oynachasida kerakli son kiritilsa shriftning kengligi o’zgaradi. «Угол наклона» - Og’ish burchagi oynachasiga burchak kattaligi berilsa harflar shu burchak kattakigida og’adi.
    «Образец» - Namuna bo’limining pastki chap oynachasiga biron bir matn kiritilib, «Показать» - Ko’rsat tugmasi bosilsa, yuqori namuna oynasida matn tanlangan parametrlarga asoslanib namoyish etiladi.
    «Масштаб» – Masshtab. Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi va matnli ob’ekt tanlanishi lozim. Ob’ekt tanlangach klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi, va ekranda qaysi nuqtadan kattalashtirish lozimligi haqida axborot menu oynasi ochiladi. Undan kerakli band tanlanadi va klaviaturadan harf balandligi parametri son bilan kiritiladi, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
    «Выравнивание» - Tekislash.Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi. Matnli ob’ekt tanlanadi va “Enter” tugmasi bosiladi. Axborot menu oynasi ekranga chiqariladi va undan kerakli band tanlanadi. Natijada matn chap yoki o’ng, yuqori yoki pastki chegarga tekislab olinadi.

    Download 0.66 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 0.66 Mb.