• “Enter”
  • “Esc”
  • «Создание нового размерного стиля» - Yangi o’lcham uslubini yaratish
  • «Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi




    Download 0.66 Mb.
    bet13/17
    Sana23.02.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #43338
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi

    «Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi. Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.
    Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri nur buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» - Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.


    «Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
    «Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
    «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.

    2.3. Amaliy masalalarni O’z DST asosida o’lcham uslubini yaratish
    O’lcham qo’yish asboblar panelidagi «Размерные стили» - O’lcham uslublari piktogrammasi orqali «Диспетчер размерных стилей» - O’lcham uslublari dispetcheri chiqariladi. Undagi «Новый…» - Yangi interfaol tugmasi tanlanib, «Создание нового размерного стиля» - Yangi o’lcham uslubini yaratish oynasi ochiladi.
    Oynadagi «Имя нового стиля:» - Yangi uslub nomi ko’rsatkich oynachasida yangi uslubga nom beriladi. Misol uchun: O’z DST.



    Download 0.66 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi

    Download 0.66 Mb.