|
Kompyuter grafikasi va web dizayn
|
bet | 1/5 | Sana | 12.05.2023 | Hajmi | 2.45 Mb. | | #59058 |
Bog'liq MI Kompyuter grafikasi va WEB dizayn (LAZIZBEK KARIMOV ZIYADULLA O\'G\'LI) 8-sinf Huquq Test Saylanma 4-v @Huquq Testlar, 1-mavzu, Andijon viloyati sog, 2-Mustaqil ish LAZIZBEK KARIMOV, vybebiz site3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA YO‘NALISHI
203- GURUH TALABASI
LAZIZBEK KARIMOVNING
“KOMPYUTER GRAFIKASI VA WEB DIZAYN”DAN
MUSTAQIL ISHI
SAMARQAND – 2023
REJA:
Web dasturlash haqida, Frontend nima?
Qanday texnologiyalar o‘rganiladi?
HTML va CSS
JavaScript va jQuery
JavaScript haqida
Less va Sass
Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar
AngularJS, ReactJS va VueJS
Mening loyiham.
Web dasturlash haqida, Frontend nima?
Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg‘ulot. Dasturlashni o‘rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg‘ulotlarimdan biri.
Web dasturlash brauzeringiz orqali ko‘rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo‘lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo‘lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!
Web dasturlash haqida, Frontend nima?
Avvalo “frontend” va “backend” so‘zlarining o‘zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o‘zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so‘z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko‘rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko‘rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo‘lamiz.
Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.
Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.
|
| |