• JavaScript haqida
  • Less va Sass
  • Kompyuter grafikasi va web dizayn




    Download 2.45 Mb.
    bet3/5
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.45 Mb.
    #59058
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MI Kompyuter grafikasi va WEB dizayn (LAZIZBEK KARIMOV ZIYADULLA O\'G\'LI)
    8-sinf Huquq Test Saylanma 4-v @Huquq Testlar, 1-mavzu, Andijon viloyati sog, 2-Mustaqil ish LAZIZBEK KARIMOV
    JavaScript va jQuery

    JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.







    JavaScript haqida

    JavaScript nima? - Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi.


    JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil.
    JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o‘rni qanday? - Hozirgi kunda ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va katta dasturlash yaratiish mumkin.


    Less va Sass

    Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo‘ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.





    Download 2.45 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasi va web dizayn

    Download 2.45 Mb.