• 6-rasm. Figma oynasining umumiy ko’rinishi
  • 7-rasm. Figmada ramkalar bilan ishlash oynasi
  • Install
  • Kompyuter grafikasi va web-dizayn




    Download 435.5 Kb.
    Sana13.04.2023
    Hajmi435.5 Kb.
    #50915
    Bog'liq
    502327, mustaqil ish (1), Nazariy mexanika. FayzullayevB.A., Asosiy qisim, Manapoliyalar ularning amal qilishi va tartibga solish xususiyat-genderi.org, Документ 0, ИМкнтр R-02, ZEDD015, KALIT, Academic-Data-314211108152


    2.2 “Kompyuter grafikasi va web-dizayn” fanidan mobil ilova yaratish bosqichlari
    Birinchi bosqichda Figma orqali dasturimizning dizayni ustida ish olib boramiz. Buning uchun biz www.figma.com saytiga kirishimiz hamda ro’yxatdan o’tishimiz kerak bo’ladi shunda bizga yangi dizayan yaratish oynasi ochib beriladi(6-rasm)

    6-rasm. Figma oynasining umumiy ko’rinishi
    Bizning Figma fayl kompyuter xotirasida emas, balki cloud-bulutda saqlanadi. Menga eng yoqadigan qismi: Figma’dagi barcha o’zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi (auto saving). Lekin esdan chiqarmaslik lozim: fayldagi tasvirlar qancha ko’p bo’lsa, ularning oxirgi ko’rinishini yuklab olinishini kutishingiz kerak bo’ladi.
    Ramkalar bilan ishlashda Photoshop’dagiga o’xshash Figma ichidagi qulay vosita. Uning ichida dizayn uchun dastur ekranlarini loyihalashtira oladi.(7-rasm)

    7-rasm. Figmada ramkalar bilan ishlash oynasi
    Ikkinchi bosqichda biz MySQL dasturi yordamida dasturimiz uchun yangi ma’lumot ombori yaratamiz unda biz kerakli ma’lumot hamda test bazalarini saqlash uchun foydalanamiz. SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko‘p operatorlardan tashkil topgan bo‘lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma‘lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so‘rovlarni amalga oshirishda bu so‘rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo‘q.1 Bu til turli xildagi ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish uchun standart imkoniyatlarga ega bo‘lgan til hisoblanadi. Ko‘plab bazalar bu til asosida o‘zining versiyalariga ham ega. Lekin shunga qaramasdan SQL turli xil ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkonini bera oladi.
    SQL bilan ishlashning deyarli barcha imkoniyatlarini ko‘rib o‘tmasakda, asosiy tushunchalari, SQL tilining bir qismi hisoblangan MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o‘rganamiz. MySQL tizimi boshqa kompyuterlardagi foydalanuvchilar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan serverga ega bo‘ladi. Serverga bog‘lanib biz o‘zimiz uchun kerak bo‘lgan bazani topishimiz va u bilan ishlay olishimiz mumkin.2
    Kompyuterimizga avvalo XAMPP serverini o‘rnatiladi. O‘rnatish jarayoni yakunlanganidan so‘ng, quyidagi ketma-ketlik asosida serverni ishga tushuramiz. Пуск -> Все программы -> XAMPP -> XAMMP Contol Panel tanlaganimizdan so‘ng server boshqaruv oynasi aks etadi.

    2.8-rasm XAMPP Control Panelini ishga tushurish
    Apache va MySQL larni start tugmasini bosish orqali ishga tushuramiz. Serverlar ishga tushganligini orqa fon ranglari yashil bo‘ganligidan bilib olamiz. Kompyuterimizdan ixtiyoriy brouzerni ishga tushurib, Dasturning ma’lumotlar omborini phpMyAdmin web sahifasiga kirib olamiz. Ya’ni qidiruv bo‘limiga http://localhost/phpmyadmin/3 manzilini kiritib, MySQL ma’lumotlar omboriga kirib olamiz.
    Bazadagi ma’lumotlar hamisha qandaydir jadvalga ega bo‘lgan ko‘rinishda bo‘ladi. Har bir jadval esa, ustun va qatorlardan iborat bo‘lib, har bir yacheykada ma’lumotlar saqlanadi. Har bir ustunda esa, bitta tipga tegishli ma’lumotlarni yoziladi. Masalan, butun sonlar (tip INT) yoki qatorli tipdan (tip VARCHAR)
    Uchinchi bosqichda biz Android studio dasturi muhiti bilan tanishamiz. Biz bu dasturni quyidagi manzil orqali kompyuterimiz uchun kerakli bo’lgan versiyasini yuklab olamiz: https://developer.android.com/studio/index.html
    Android studio dasturini kompyuter uchun quyidagi talablari mavjud:
    Microsoft Windows 7/8/10 (32-bit or 64-bit)
    3 GB RAM minimum, 8 GB RAM (tavsiya qilingan) (plus 1 GB Android Emulator uchun)
    2 GB hotiradan joy minimum, 4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun)
    1280 x 800 minimum ekran o’lchami4
    Android studio dasturini yuklab bo’lganingizdan so’ng sizda xuddi shu ekran ochilishi kerak. Android Studio Setup

    2.9-rasm. Android Studio Setup oynasi
    Next tugmasini bosgan holda keyingi oynaga o’tamiz, ya’ni Android Virtual Device paneliga (AVD).
    Men default bo’lgan sozlamalarni turganini ma’qul deb bildim. Yana Next tugmasini bosamiz va Configuration Settings bo’limiga o’tamiz. Bu yerda Android Studioni qayerga o’rnatish kerakligini belgilaysiz.
    Next tugmasini bosamiz, va Choose Start Menu Folder paneliga o’tamiz va Install tugmasini bosamiz
    Dastur o’rnagandan song Android Studio Setup Wizard dialogi oynasi chiqadi:

    2.10-rasm. Android Studio Setup Wizard dialogi oynasi
    Finish tugmasini bosgan holda Welcome Android Studio oynasiga o’tamiz.
    Start a new Android Studio project tugmasini bosgan so’ng u bizni shu oynaga olib keladi(2.11-rasm) bu oynada biz dasturimiz nomini hamda qayerga saqlash kerakligini ko’rastib o’tamiz.


    1 SQL(Structured Query Language) haqida - Texnoman.uz

    2 Борисенко В.В. Основы программирования [Электронный ресурс]/ Борисенко В.В.— Электрон. текстовые данные. — М.: Интернет-Университет Информационных Технологий (ИНТУИТ), 2016. — 323 c.

    3 http://localhost/phpmyadmin/

    4 https://developer.android.com/studio


    “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON

    2022-YIL 28-MAY




    Download 435.5 Kb.




    Download 435.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasi va web-dizayn

    Download 435.5 Kb.