• Ekran imkoniyati
  • Tasvirning haqiqiy o`lchami
  • Kompyuter grafikasining elementlari




    Download 29 Kb.
    Sana03.02.2023
    Hajmi29 Kb.
    #40938
    Bog'liq
    15-mavzu
    Сотамент, TO\'GARAK 9 синф, 9-mavzu, Kt0eGUEmCw3pEL92K4wMEqLRfKFJWDL0OCw7JLZN, Akmal english slayd



    15-mavzu:Kompyuter grafikasining elementlari.
    Zamonaviy kompyuterlar juda katta imkoniyatlariga ega. Skaner, raqamli foto va video qurilmalari yordamida olingan tasvirlarini kompyuterga o`tkazib, qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda kinofilmlarni suratga olishda kompyuter grafikasidan foydalanish odatiy hol bo`lib qoldi. Ammo har doim ham shunday bo`lmagan. Dastlabki yaratilgan kompyuterlar faqat matn bilan ishlash imkoniyatiga ega edi. Keyinchalik grafik imkoniyatili kompyuterlar ishlab chiqarildi. Dastlabki grafik imkoniyatli kompyuterlarda faqat ikki xil- oq va qora ranglar bo`lib, ekranning imkoniyatlari juda sodda rasmlar bilan ishlashni taqazo etar edi. Bu kompyuterlarni zamonaviy kompyuterlar bilan taqqoslab bo`lmaydi, albatta. Lekin u kompyuter grafikasi tomon qo`yilgan birinchi qadam bo`ldi.Kompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmui sifatida aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi piksel deb ataladi. Ekrandagi tasvirning biror qismini kattalashtirilsa, piksel rangli to`g`ri to`rtburchak shakliga egaligini ko`rish mumkin. Pikselning ekranda joylashishini shaxmat doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli o`xshatish mumkin.
    Demak, piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi jadval matritsani tashkil etar ekan.Monitor turiga qarab matritsa o’lchamlari piksellarda 640x480, 800x600, 1024x768,1600x1200…kabi bo’lishi mumkin. Matritsa o’lchami ekran o’lchamiga bog’liq bo’lmaydi. Bir xil o’lchamli ekranda matritsa o’lchami qancha katta bo’lsa, uni tashkil etuvchi nuqtalarning o’lchami shuncha kichik bo’ladi. Ya’ni, ekrandagi tasvirning sifati ham yaxchi bo’ladi.
    Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati tushunchalari bir-biridan farqlash lozim.
    Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog’liq bo’lib, piksellarda o’lchanadi va ekranda to’lig’icha joylashadigan tasvir o’lchamini aniqlaydi.
    Tasvir imkoniyati- bu tasvirning xususiyati bo`lib, bir dyum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
    Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimetr, satimetr, dyum ) da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayl bilan birga saqlanadi. Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi. Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik o`lchov birligida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
    Download 29 Kb.




    Download 29 Kb.