• ISA, EISA va PCI shinalar asosida qurilgan shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi. Reja: 1. Lokal shinalar. 2. Periferiya shinalari.
  • Kompyuter injiniringi




    Download 45.18 Kb.
    bet1/3
    Sana16.11.2022
    Hajmi45.18 Kb.
    #30504
      1   2   3
    Bog'liq
    2 - mustaqil ish
    2 5271885103855835317, 1576-Article Text-3306-1-10-20210629, 15-дарс, JavaScript , bGTyD8Ncci3CxjHH19uRJ6rckdpQuX4K, ORTIKMATOVA compressed, use strick, Essay №8, Writing Mock Test №4, O’qitishning interfaol usullari, Topologiya, moliya 5.5, 9-ma`ruza suyuqlikning tekis va notekis xarakatlari. Reja-hozir.org, Гигиена-тест

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali “Kompyuter injiniringi”


    Fakulteti kompyuter injiniringi yo’nalishi sirtqi bo’limi 3-bosqish talabasi To’lqinov Ulug’bekning Kompyuterni tashkil etilishi fanidan “ISA, EISA va PCI shinalar asosida qurilgan shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi” mavzusida tayyorlagan
    Mustaqil ishi.


    ISA, EISA va PCI shinalar asosida qurilgan shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.

    Reja:

    1. Lokal shinalar.
    2. Periferiya shinalari.
    3. Shinaning kamchiliklari.
    4. Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari.

    Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:

    • mikroprotsessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq еkranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi bilan;
    • ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab еtuvchi (masalan, Windows da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.
    Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning qulay ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib qoladigan» bo’lib qoldi.
    Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida еmas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi.

    Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.

    • VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi (VESA — Video Equipment Standards
    Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA shinasi deb atashadi.
    VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. SHina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi — 80 Mbayt/s (nazariy еrishiladigani — 132 Mbayt/s).

    Shinaning kamchiliklari:

    • 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium, Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan;
    • MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq bir chastotaga mo’ljallangan);
    • ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma ulanishi mumkin;
    • shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin.
    • PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
    CI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power PC va b.; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni boshqarish vositalariga еga. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.
    PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor, nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda еsa — 263 Mbayt/s (2 marta pastroq).
    PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo’lganda bevosita MP ga еmas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).

    Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda ishlatish mumkin.

    Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali (VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning kiyosiy texnik tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.



    Download 45.18 Kb.
      1   2   3




    Download 45.18 Kb.