Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar reja




Download 213.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.06.2023
Hajmi213.65 Kb.
#72042
Bog'liq
Axmadjonova Mohiraxon
Kombinatorika, hojiyev a. hozirgi o\'zbek tili faol so\'zlarining izohli lug\'ati, kampyuter tashkillashtirish, Baxromov Saidmirza Operatsion kuchaytirgichlar asosida analog signal, Fottoeva Zeboxon, G\'ulomova Arofatxon, Tahlilning iqdisodiy fanlar tizimida tutgan o, 8-amaliyot, zakovat, Kirish savollari (05.01.05) 2023 , To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild, Ремонт редуктора заднего моста (1), Yol harakati qoidalari 12.04.2022, tor-tebranish-tenglamasi-uchun-koshi-masalasini-nuqtaga-nisbatan-simmetrik-ko-chirib-dalamber-usuli-orqali-yechish



KOMPYUTER LINGAFON SINFLARI UCHUN DASTURIY VOSITALAR  
Reja: 
1. Kompyuter lingafon sinflari haqida ma’lumot. 
2.
Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar. 
3. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash. 



Virtual 
laboratoriya 
mashg'ulotlarining 
imkoniyatlari. 
Virtual 
laboratoriyalarni yaratishning maqsadlaridan biri-o'rganish jarayonini har tomonlama 
to'liq vizuallashtirish, asosiy vazifalardan biri-o'quvchini jarayonining mazmun-
mohiyati to'liq idrok etish va tushunishdir. Virtual laboratoriyaningvazifalari: 
-ko'rgazmali illustratsiya va o'rganiladigan qonunlarning to'g'riligini isbotlash; 
-o'tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda 
Sinfda havoning tozaligini ta'minlash; 
-tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa ta'lim oluvchilar 
mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining 
rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi; 
-dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy 
mashg'ulotlar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etadi, bu o'qitish sifat va, 
samaradorligi o'quvchilarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko'maklashadi; 
-virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi tadqiqotchilik harakteridagi tadqiqotlarni 
o'tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi,ma'lum metodik jihatdan asoslangan 
vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo'shimcha sifatida foydalanish 
mumkin; 
-kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda o'quvchilarning 
subektiv tajribasini ta'minlaydi. 
-ta'lim muassasasi o'quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalarini joriy qilish; 
-seminar mashg'ulotlari doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish; 
-malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish. 
Virtual laboratoriyalarningimkoniyatlari: qimmat laboratoriya asboblarini sotib 
olishga ehtiyojning yo'qligi. 



Virtual jarayonni boshqarish kompyutеrning zimmasiga tushishini hisobga olib, 
kiritilayotgan paramеtrlarni o'zgartirib, tajribalar sеriyasini o'tkazish imkoniyati 
mavjudligi; o'tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning boshqa masshtablarida 
kuzatish mumkinligi. Bundan tashqari, virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi 
sharoitida o'quv modеllashtirish orqali bilimning yangi sohalarini o'rganishda 
o'quvchilarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil faolligi ortadi, 
hayotiy faoliyati davomida yuzaga kеladigan muammolarning yеchimi, variantlarini 
mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashgatayyorlik 
shakllanadi. 
Dеmak, o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga ko'maklashadigan virtual 
laboratoriyalardan foydalanish, elеktron ta'limiy kompyutеr mahsulotin ijoriy 
qilishda muvaffaqiyatning uzviy qismi sanaladi. Topshiriqlarning elеktron shaklda: 
audio, vidеo, animatsiyalarni qo'llagan holda bеrilishi talabalarda kuchli qiziqish 
uyg’otadi. Laboratoriya topshiriqlari natijalarining avtomatik tarzda jamlanishi, 
o'qituvchiga yеngillik yaratadi. Laboratoriya mashg’uloti
topshiriqlarining talabalar tomonidan qayta takroriy bajarilishi asosida ko'nikma va 
malakalarningtarkib topish jarayoni jadallashadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediya vositalarini mashg'ulotlarda qo'llash 
afzalliklari asosida bolalarga kompyuter texnalogiyasini o'rgatish, bolada
-har bir mavzu bo'yicha dinamik ko'rinishda aks etuvchi jarayonlarning 
animatsiyalarinitasavvur qilish. 
O'qituvchilar komp'yuter texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish 
bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo'llay olishi lozim: 
Yangi o'quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan 
foydalanish; 



-internet, o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahusulotlar asosida darslarni
tashkil etishi; 
-darsga 
metodik 
tayyorlanish, 
qo'shimcha 
axborotlarni 
izlash 
va 
tizimlashtirish,didaktik materiallarni tayyorlash; 
-kompyuter texnologiyalari asosida o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda 
foydalanish malakalari. Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko'rgazmali material 
sifatida foydalanish o'qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O'quv materialining 
elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o'tilayotgan materialning berilishi 
mavzuni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni 
oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish 
mumkin. Slaydlarga o'quvchilar o'zlarini munosabatini bildirishi,uni tahlil qilishi 
mumkin. 
Bu orqali o'quvchilar quyidagi malakalarga ega bo'ladilar: 
-grafika axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha; 
-muhokama etilayotgan mavzu bo'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish; 
-o'zining o'quv- biluv faoliyatini rejalashtirish; 
Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui-ma'lumotnomalar, 
entsiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar,
animatsiyalar,matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli 
obrazlar (yozilgan ovoz,musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin. 
Bugungi kun o'qituvchilariga qo'yilayotgan talab,dars jarayonida axborot 
texnologiyalarni qo'llay olishi,o'quvchilarni kompyuterdan erkin
foydalanishga,zamonaviybilimlarni puxta egallashga,ma'nan yetuk shaxs bo'lib 
yetishiga o'rgatishdan iborat. 



Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot 
texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot 
texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga 
ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga
yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan 
qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya 
bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. 
Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim
etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har 
qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni 
qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi. 
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi 
sifatida, 
yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim.
.Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning
kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy 
ko'nikmalarini 
namoyon 
qiladi.Internet 
texnologiyalarining 
kirib 
kelishi 
o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar 
samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va 
mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va 
metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. 



Kadrlar 
tayyorlash 
Milliy 
dasturining 
asosiy 
talablaridan 
biri 
axborot 
texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim 
olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. 
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga: 
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; 
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish; 
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. 
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga: 
- fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; 
- ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish; 
- mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini
tanlash; 
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va
unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. 
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki 
fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir 

Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: 
- fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; 
- o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; 
-o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; 
- bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish; 
- o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik 
yordam ko'rsatish. 
Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta
samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars



ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid 
axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va 
amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga 
taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa 
maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali 
balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal 
o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. 
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan
asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv
faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir. 
Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan 
ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z 
kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh 
avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak 
avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish 
bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TA`LIM JARAYONINI 
TASHKIL ETISH. 
“Ta`lim to'g'risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ belgilab bergan 
vazifalarni amalga oshirish borasida ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar
natijasida tashkil qilingan va qilinayotgan ta`lim muassasalari zimmasiga har 
tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan hissa qo'shish topshirilgan. 
Ta`lim tizimiga pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirish 



bugungi kunning muhim masalalari sirasiga kiradi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga
axborot kommunikativ texnologiyalarni joriy etish orqali bir qancha qulayliklar 
yaratiladi. 
An`anaviy 
o'qitish 
texnologiyalarining 
kamchiliklari 
to'g'risida 
pedagogika
sohasidagi ko'pgina adabiyotlarda ba`zi fikrlar mavjud. Jumladan, V.I.Oneshinko va
M.N.Gendillarning fikricha, hozirgi vaqtda ma`ruza - bu umumlashtiruvchi 
jarayonni bildirib, bir tomondan o'qituvchining ma`lumotlarini jamlab berishini 
ta`minlasa, ikkinchi tomondan, talabalarning tushunish va fikrlash jarayonini 
ifodalaydi. Ma`ruza o'qishda o'qituvchi berilayotgan materialni har xil ko'rinishda 
(nutqning darajasi, past yoki baland, takrorlash, qo'shimcha namoyish qilish) 
bayon qilishi mumkin. Boshqa tomondan, o'qituvchi talabalarga bunga qachon
ehtiyoj tug'ilayotganligini aniq bilmasligi mumkin. Ko'rgazmali qurollardan 
foydalanib
dars berish ta`limning ko'rgazmali metodlari qatoriga kiradi. Ko'rgazmali 
qurollarning xarakteri o'quv materiallarini tushunishga muhim ta`sir ko'rsatadi, 
talaba fikrining mazmuni va tuzilishini belgilaydi. Ta`lim jarayonining pedagogik-
psixologik qonuniyatlari shu narsani ko'rsatadiki,o'qish - o'qitishdagi ko'rgazmalar, 
nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv (ko'z bilan kuzatiladigan) vazifani 
bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligi oshadi. Aynan shuning uchun 
kognitiv grafika- su`niy intellect nazariyasiga asosan murakkab ob`yektlar 
kompyuter suratchalari ko'rinishida tasvirlanadi. Bunda o'quv materialining tarkibiy 
tuzilmasi sifatida 
rangli ko'rinishdagi kognitiv - grafik o'quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi.
Shuning uchun rasmlar o'quv materialining asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa, 
o'z navbatida birinchidan talabaning ko'rish va fazoviy fikrlash qobilyatini 
rivojlantiradi, chunki bunda o'rganish jarayoniga miyaning o'ng yarim shari boy 



imkoniyatlari qo'shiladi, ikkinchidan, o'quv materiali mazmunini o'zida zich 
joylashtirib, uni ravshan ifoda etuvchi surat (rasm) talabada tizimli bilim 
shakllanishiga
,yordam beradi. Uchinchidan, kompyuter ekranidagi rangli suratlar, o'quv - axborot 
materialini talaba tomonidan qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda
talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. 
Axborot texnologiyalari vositasida talabaning bilim olishi, fikrlashida, xuddi ikkita 
mexanizmdan foydalangandek bo'ladi: ularning biri belgili (simvolli) bo'lsa, 
ikkinchisi 
geometric (algebrik)bo'ladi.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish 
jarayonini faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik mexanizmlarini o'z 
ichiga olgan, bilim berish-uyg'unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik 
axborot miyaning o'ng yarimsharlari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma`lumotli 
mutaxassis uchun zarur bo'lgan tasviriy fikrlash qobilyatini, intuitsiyani 
rivojlantiradi. Intuitsiyaning eng katta boylik ekanligi ta`kidlanib, A.Eynshteyn 
shunday degan edi: ”Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan belgilar 
orqali,shu bilan birga biz anglamasdan kechadi”. Shuning bilan birga ko'rgazmali 
axborotning o'g'zakidan ko'ra ahamiyatliroq va samaraliroq ekanligini ta`kidlash 
lozim. Odam fiziologiyasi fanining ma`lumotlariga ko'ra, ko'rish analizatorining 
axborotni o'tkazish qobilyati, eshitish analizatoriga nisbatan juda yuqoridir. Bu esa, 
o'z navbatida, ko'rish tizimiga inson qabul qiladigan axborotning qariyib 90 foizini 
yetkazish imkoniyatini beradi. Shu bois ham o'quv 
materiali (axborot) qabul qilish va eslashga og'zaki axborotni qabul qilish hamda
eslashga nisbatan kam vaqt sarf qilinadi. 
Ta`lim jarayonida ko'rgazmali axborot ishlatilganda talabalarda taassurot hosil


10 
bo'lishi uni og'zaki bayon qilishga nisbatan o'rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Talabaning ko'rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, hayratlanishi og'zaki yetkazilgan 
axborotga nisbatan ancha yuqori bo'lishini ta`kidlash joizdir. Ta`lim- tarbiya 
jarayonini tashkil etishda, o'quv materialini yetkazishning og'zaki usuliga qayta - 
qayta takrorlash osonligini va uning aniqligini hisobga olish zarurligini ta`kidlash 
lozim. Kompyuter texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonini rejalashtirishda o'quv 
materialini talabaga ko'gazmali tarzda uzatishda uning yana bir muhim afzalligini, 
ya`ni ko'rgazmali axborotda, uning talaba tomonidan qabul qilinishi va eslash 
samarasi, mazkur axborot ko'rsatilgandan keyin o'tgan muddatning uzoqligiga 
bog'liq emasligini yodda tutish lozim. Ayni paytda, buni og'zaki axborotni 
o'zlashtirish uchun aytib bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ko'rgazmali metodlarni 
og'zaki metodlardan ajratib bo'lmaydi, chunki har bir ko'rgazmali qo'llanma 
tushuntiriladi, tahlil qilinadi, o'rganilayotgan 
masalani yorituvchi qo'shimcha yoki asosiy axborot manbai hisoblanadi. Shuning
uchun ta`limning ko'rgazmali metodlari suhbatni ham, ta`rif- u tavsifni ham, 
hikoyani ham, tushuntirishni ham, mustaqil o'rganishni ham o'z ichiga oladi. 
Ko'rgazmali
qo'llanmalardan foydalanishda talabaning hissiy obrazlariga, sezgi va idrokiga 
ko'proq tayanib ish tutish, uning bilish faoliyatiga o'ziga xos struktura baxsh etadi. 
Talaba obrazli, konkret fikr yuritadi, bu holalarni tushuntirishga o'rganish uchun 
yaxshi negiz bo'ladi. O'qituvchi avvalo, talabaning ma`lum bir o'quv materialini 
o'zlashtirishi jarayonida hissiy obraz qanday o'rin egallashini va qanday ahamiyatga 
molik bo'lishini bilishi kerak. Nazariya qanchalik chuqurlashsa, hissiy idrokdan 
bilimlar shuncha ko'proq abstraktlashadi. 
Talabalarning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalari yordamida ko'rgazmali 


11 
tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim. Birinchi vazifa - ko'rgazmali 
qurol
asosida o'rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish; 
Ikkinchidan,
ko'rgazmali qurolning o'zi talabalarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil 
etish; uchunchidan, vazifa - nazariy bog'liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni 
hosil qilish yoki o'quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona 
foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir. Bundan 
ko'rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv materiallarini obrazlar 
yordamida o'quv materiallarini obrazlar ko'rinishida ifodalash orqali ta`lim 
metodlaridagi: og'zaki tushuntirish, ko'rgazmali va amaliy metodlarga xos 
xususiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish mumkin ekan. Ta`lim 
metodlarining birgalikda bajarilishi talabalarning o'quv materialini o'zlashtirishni 
oshirish, tushunchalar ko'rinishida fikr mulohaza yuritishi va aqliy o'sishiga zamin 
yaratadi. 
Kompyuter taqdimotini tayyorlashda o'qituvchi mavzuni aniq, qisqa va lo'nda tarzda 
berishi, tezislardan foydalanishi, ko'proq uning multimedia xususiyatlari, ya`ni
ranglar, ovoz va suratlardan fodalanishi zarur. Birdaniga, juda ham ko'p mavzuga oid 
raqamlar va faktlarning berilishi o'quvchilarni charchatish bilan birga, ularni 
zeriktirishi ham mumkin. O'tilgan mavzuni qaytarish va uyga vazifa berishda ham 
o'qituvchi slaydlar orqali namuna sifatida yechilgan misollarni ko'rsatishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa
hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo'lmaydi. Shunday ekan, axborot
texnologiyalari ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni yechish imkonini beradi: 
didaktik-kompyuter dasturlaridan ko'rgazmali qurol sifatida foydalanish, uslubiy-


12 
mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish 
usullarini belgilash, tashkiliy-ta`lim jarayonini qisqa vaqt ichida samarali 
tashkillashtirish, ta`limiy -o'quvchilarda o'tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda 
axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Darsda 
kompyuterdan 
foydalanish nafaqat ta`lim vaqtini tejaydi, shu bilan birgalikda ta`lim jarayonining 
samaradorligini oshiradi. 

Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Olingan
axborotlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifodalanadi. Belgili ko`rinishdagi 
axborot asosan harflar,raqamlar, belgilar ko`rinishidan iborat bo`ladi. Undan turli 
hodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi.. 
Jahonda juda ko`plab kitoblar, jurnallar, gazetalar matnli ko`rinishda chop 
etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali 
ko`rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi,fotografiya, 
chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi. 
XX asrning 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy 
kompyuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga
keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun 
yangi texnologiyalar,uslublar, kompyuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog`liq 
axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan 
telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy 
qismlaridan biridir. 
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi 
sifat


13 
axboroti olish uchun ma'lumotlar yozish, ishlov berish va uzatishning vosita va 
uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. 
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon 
olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni
odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
sohalarda axborotni qayta ishlashni axborotlashtirishning yuqori darajasini 
ta`minlashga imkon beradi.
Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, 
balki axborot ishlab chiqarish bo'lmog'i lozim. 
Axborotlashtirilgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik a`zolari axborot, ayniqsa 
uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va 
amalga
oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga konpyuter va 
telekommmunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash 
sanoati yuzaga keladi. 
Zamonaviy axborot texnologiyasi komyuter texnikasi va aloqa vositalari 
sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot 
texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga 
qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik 
ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, 
ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo`ladilar. Axborot jamiyatida 
kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, 
ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy 
sohalarda 
axborotga 
ishlov 
berishni 
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda
nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. 
Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo`naltirilgan sanoat 


14 
jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va 
iste'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir 
insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki,natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj 
yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter 
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya 
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish 
jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi. 
Axborot zahiralari - alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya'ni kutubxona, arxiv, fond, 
ma'lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir. 
Ta`limni axborotlashtirish esa quyidagilarga imkon beradi: 
ta`lim tizimini avtomatlashtirilgan ma`lumotlar bazalari yordamida boshqarish,
axborot vositalari va texnologiyalari bilan ta`minlash; 
ta`lim va tarbiyaning mazmuni, metodlari va mazmuniy shakllarini tanlash
metodologiyasinitakominlashtirish; 
ta`lim oluvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularda mustaqil axborot izlash,
tajribalar o'tkazish, tadqiqotlar olib borish qobilyatini shakllantirishga yo`naltirilgan 
metodikalarni yaratish; 
ta`lim oluvchilarning bilim darajasini obyektiv, tizimli va tezkor nazorat qilish va 
baholashga imkon beruvchi testlar va diagnostik metodikalarni ishlab chiqish; 
ta`lim oluvchilarning salohiyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash,
axborotlarniqayta ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'qitish 
tizimlarini yaratish. 
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida 
axborotning an'anaviy va original turlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga 


15 
yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko`rinishidir. Multimedia hozirda juda 
tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo`lib, u quyidagilarni 
o`z ichiga oladi: an'anaviy axborot turlari, ya'ni matn, jadval, turli xil bezaklar va 
original axborot turlari, ya'ni nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, 
animatsiya (ob'ektlarning fazodagi harakati) ko`rinishidagi axborot turlarini bir 
dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi; 
video va audio axborotlarini kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uning 
markaziy 
protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyati,
operativ va video-xotira, katta hajmli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish
kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 
“Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi.
Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni 
oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon 
beradi. 
Ta'lim 
jarayonida 
multimedia 
vositalari 
yordamida 
darslarning 
samaradorligini
oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda
o`qitishning bu usulini ta'lim sohasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq
qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari 
yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barobar samarali bo`lmoqda. Mazkur vosita 
yordamida o`qitishda an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o`rtacha 30%gacha vaqtni 
tejash mumkin hamda olingan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib 
qoladi. Ma'lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo`lsa, 
o`quvchilarga beriladigan materialning video (ko`rish) orqali amalga oshirsak, 
axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30%gacha 
ortadi. Shuningdek,mazkur o`quv materiallari audio, video, grafika ko`rinishida 


16 
mujassamlashtirilgan holatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab 
qolish 75%ga ortishi kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida multimedia vositalari yordamida 
o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: ta'lim jarayonida berilayotgan 
materiallarni 
chuqurroq 
va 
mukammalroq 
o`zlashtirish 
imkoniyatining 
mavjudligi;ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati; dars jarayonida bilim olish 
vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishuvi; olingan bilimlar 
kishi 
xotirasida 
uzoq 
muddat 
saqlanib, 
kerak 
bo`lganda 
amaliyotda 
qo`llashimkoniyatiga erishuvi. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta'lim vositasi talab darajasida ishlab
chiqilib,o`z o`rnida va samarali foydalanilsa, ta'lim jarayonida mazmunni 
o`zlashtirishga katta yordam beradi. Ta'lim jarayonidagi eng muhim vositalar 
yuqorida ta'rif berilgan kompyuter vositalari hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini 
ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini yengillashtirishga va 
ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta 
gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol 
bo`la oladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi 
didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning 
mohiyati, 
ta'lim oluvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda 
shakllantirishdan iboratdir. 
. Bu qobiliyatlar kеrakligicha yuqori darajada ro'yobga chiqishi uchun pеdagogning 
axborot tеxnalogiya soxasidagi bilimdonligi zarur. Pеdagoglarda bu bilimdonlikni 
rivojlantirishni oliy o'quv yurtlaridagi o'qish davomida boshlash kеrak. Axborot 
tеxnologiya soqasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo'ladi: zamonaviy 
axborot muqitida tajribani baholash va faoliyatda qo'llash qobiliyati: shaxsiy 
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ 


17 
madaniyatining, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy 
bilimlarning mavjudligi axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish, 
taqdim etish, uzatish va qo'llash madaniyatini o'zlashtirish zarur. Ta'lim tarbiyaning 
asosiy maqsadlardan biri yosh avlodni ezgu fazilatlariga oshno qilib kamolga 
еtkazishdir. Yosh avlodni insonparvar, vatanparvar qilib tarbiyalashda estеtika 
fanlarining o'rni bеqiyos. Bu jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Bolalarni estеtik 
ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimiz, odob-axloq 
normalariga amal qilish, estеtik did va go'zal odatlarni tarbiyalash, insonparvarlik 
asosini tashkil etuvchi saxovat, saxiylik va oliyjanoblik xislatlarini ochib bеrish juda 
muqim. Estеtika fanlari haqida gap kеtganda birinchi navbatda ko'z oldimizga
musiqa,mеhnat ta'limi, tasviriy san'at kabi fanlar kеladi.Ayniqsa umumta'lim 
maktablarida musiqa fanini o'qititlishi va amalga oshiriladigan ishlar haqida gap 
kеtganda,o'qitishning nazariy va amaliy jihatlarinibir-biridan ayro qilmagan holda 
komplеks olib borish zarurligini esdan chiqarmagan ma’qul. Chunki har bir fanning 
zamonaviy ta’lim bo'yicha yangicha uslubda pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil 
etish, o'quvchilarni mavzuni yaxshi o'zlashtirishi, erkin va mustaqil fikrlashiga 
imkon yaratadi. O'tilayotgan mavzuni o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilishi, 
albatta pеdagogik mahoratga boqliq. Pеdagog o'z fanini ilmiy va mеtodik jihatdan
chuqur bilsa, qo'llaniladigan mеtodlar, turli innovatsiyalar, ko'rgazmali va tеxnik 
vostitalardan unumli foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etsa dars samaradorligi
yuqori bo'lishi muqarar. Mеtod tanlash nafaqat o'quv maqsadini balki mazuni va 
murakkabligiga ham bog’liq. 
Ma'lumki musiqa darslari ham nazariy, ham amaliy olib borilishiga ko'ra 
quyidagi to'rt bosqich amalga oshiriladi: 
1. Musiqa tinglash 
2. Kuylash 


18 
3. Musiqiy savodxonlik 
4. Ijodkorlik 
Musiqa darslarida fan o'qituvchisi mohirlik va tеzkorlik bilan vaqtni to'g’ri 
taqsimlay olmog’i lozim. Aks holda o'z oldiga qo'ygan maqsadga aniq erisha 
olmaydi. Musiqa dars jarayonida tanlangan musiqani tinglash, kuylash va o'tiladigan 
mavzu bo'yicha musiqiy savodini chiqarishda aloqida mavzuga mos mеtodlarni 
tanlash zarur. Har bir mеtodni qo'llash vaqtida o'quvchilarni faolligini oshiruvchi , 
baxs-munozaraga 
va 
erkin 
fikrlashga 
undovchi 
mеtodlarni 
qo'llagan 
ma'qul.Zamonaviy dars o'tish tеxnologiyalari o'quvchilar dunyoqarashini , bilim 
doirasini, fanga bo'lgan qiziqishi, intilishini oshiribgina qolmay, tasavvurni boyitadi, 
mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Hozirgi vaqtda o'quvchi yoshlarni e'tiborini jalb 
qiladigan vosita bu tеlеvidеniya bo'lib, unda bеriladigan qo'shiqlar, ma'lumotlar kеng 
jamoatchilikka erkin va ochiqnamoyish etilmoqda. Jumladan “Navo shou”, “Oltin 
mikrafon”, “Kaura uf”, “Yulduzcha”,“Do-mi-sol” va boshqa san'at haqidagi turli 
ko'rsatuvlar, kontsеrtlar, tеlе-shoular va tanlovlar har bir tomoshabinni bеe'tibor 
qoldirmasligi bilan birga musiqani his qilish, sеzish, eshitish va tinglash qobiliyatini 
kuchaytiradi, fikrlashga undaydi. 
Axborot asri dеya ta'riflanayotgan XXI asrda o'quvchilarni oddiy 
ma'lumotlar,kundalik xabarlardan iborat darslar bilan qiziqtirish juda mushkul. Bu
esa har bir o'qituvchi oldiga aniq, maqsadli ta'lim-tarbiyani yеtkazishdеk ulug’vor
vazifani qo'yadi. Bu borada o'qituvchiga zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarga 
asoslangan noan'anaviy darslar va turli mеtodlar ko'makchi vazifasini o'taydi. 
Quyida musiqa va ashula darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan ayrim mеtodlarni 
tavsiya etmoqchimiz: 
“Ovozidan top” o'yini 


19 
Bu o'yinda tеxnik vosita yordamida mikrafon orqali cholg’u sozida kuy eshittiriladi .
Slayd orqali “ Bu qaysi soz” dеgan savol qo’yiladi. Bolalar ovozidan topadilar. 
To'g’ri topgan bolaga rag’bat kartochka bеriladi. Shu tariqa bir nеcha sozlarning 
ovozlari eshittiriladi va bolalar cholg’usozlarining nomlarini topadilar. 
“ 
Xulosa o'rinda shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida ilg’or pеdagogik va 
axborot tеxnalogiyalaridan foydalanib o'tilgan dars qiziqarli va samaradorligi yuqori 
bo'lishi bilan kafolatlanadi. 
Mamlakatimiz rivojlanishining muqim sharti zamonaviy iqtisodiy, fan, madaniyat, 
tеxnika tеxnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan
tiziminingamal qilishga erishishdir. Hozirgi kunda ta'lim samaradorini oshirish 
uchun 
bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni 
va 
intеrfaol usullarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil 
etishda foydalanish qoidalarni biladigan o'qituvchilar kеrak. Hozirgi kunda ta'lim 
muassasalarda faoliyat ko'rsatadigan yosh iqtidorli pеdagog va ilmiy kadrlarda 
malaka 
va ko'nikmalarni hosil qilish maqsadida turli trеyninglar, sеminarlar, pеdagogik 
tеxnologiyalar maxsus kursi yo'lga qo'yildi. “Pеdagogik tеxnologiya”ning ta'limdagi 
amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiyimkoniyatlardan foydalanishga yo'naltirilgan, 
uning aniq vositalar yordamida hayotga tatbiq etilishi jahon pеdagogiklarining unga 
bo'lgan e'tiborini kuchaytirmoqda.Tеxnologik yo'nalishga nisbatan turlicha qarashlar 
mavjud. Ba'zi pеdagoglar pеdagogiktеxnologiya” tushunchasi mazmunida ta'limni 
diffеrеnsiallash vositasini ko'rayotgan bo'lsalar, boshqalar undagi mеhnat sarflab 
yuqori natijalarga erishish imkoniyatlar ihamda barcha ta'lim oluvchilarni oldindan 


20 
bеlgilangan bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga yetkazish mumkinligi bilan 
qiziqmoqdalar. Ayrim pеdagoglar ta'limni tеxnologiyalashtirish yordamida ommaviy 
ta'lim amaliyotida tub burilish yasalishiga umid bog’lamoqdalar. 
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim muassasalarining o'quv tarbiyaviy 
jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari intеrfaol uslublar pеdagogik 
tеxnologiyalarning o'rni va ahamiyati bеqiyosdir.

Download 213.65 Kb.




Download 213.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar reja

Download 213.65 Kb.
Pdf ko'rish