Alisher Navoiy nomidagi Toshkent




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#43264
1   2   3   4   5
Bog'liq
raxmonov-x.e.-sunatov-j.t.-ozbek-tili-kompyuter-lingvistikasi-yonalishida-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqotlar
Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
222 
lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va 
kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. 
Insonning kompyuterga nisbatan qaramlik holatining shakllanib borayotgani 
bugun jahon miqyosidagi muammo ekanligi sir emas. Bu dastyorning quliga aylanib 
qolish insonning ruhi va ruh ifodasi bo‘lgan tilida ham aks etayotganini ijtimoiy 
saytlarda ko‘rish mumkin. Hozirda biz kuzatayotgan kompyuter lingvistikasiga oid 
tadqiqotlarda bu narsa kompyuter lingvistikasi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar 
sirasiga kirmasada, yaqin kelajak psixolingvistika va kompyuter lingvistikasi 
yo‘nalishlarining kesishmasida turuvchi asosiy masala sifatida aynan shu 
muammoni qo‘yilishiga shubha yo‘q. Hozirda ham kompyuter lingvistikasi fani 
oldida jamiyatimizni yangi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga ko‘tarishda zarur bo‘lgan 
vazifalar anchagina. Kompyuter lingvistikasi yangi soha bo‘lishiga qaramay, ancha 
tez sur’atlarda rivojlanmoqda.[5] 
Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, 
u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter lingvistikasi 
1954-yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‘yicha dunyoda 
o‘tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo‘nalish sifatida shakllana boshladi, 1960-
yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha 
“computational linguistics” so‘zining nusxasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu 
fan turlicha nom lar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, 
kvantitativ lingvistika, injener lingvistikasi kabi[1]. 
Bu fanning asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechadigan kompyuter 
dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) o‘rtasidagi muloqotni 
optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasida 
tabiiy tilni qayta ishlash jarayoni tabiiy tillarning kompyuter analizi va sintezini o‘z 
ichiga oladi. Bunda analiz deb tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va 
semantik tahlil yordamida tushunilishiga aytiladi, sintez esa kompyuterda matnning 
grammatik shakllantirilishi va generatsiyasidir.[4] 



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish