|
Alisher Navoiy nomidagi ToshkentBog'liq raxmonov-x.e.-sunatov-j.t.-ozbek-tili-kompyuter-lingvistikasi-yonalishida-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqotlar Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMTAlisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
223
Hozirgi vaqtda kompyuter lingvistikasi ham nazariy, ham amaliy fan sifatida
rivojlanib bormoqda. Uning nazariy fan ekanligi nutqiy jarayonni, matnni
o‘rganishning turli xil model (gipoteza) larini yaratishning nazariy asoslarini ishlab
chiqishda ko‘rinadi. Uning amaliy xususiyati tarjima mashinalarini yaratish va uning
ishlash jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. Buning uchun kompyuter
lingvistikasi fani quyidagi uch usul va metodlardan keng foydalanadi:
a) mantiqiy-matematik usullar: masalan, inkor amali, konyuksiya, dizyuksiya
amallari kabilar;
b) nazariy-informatsion usullar;
c) ehtimollik-statistik usullar.
Yildan-yilga o‘zbek kompyuter lingvistikasi shakllanib bormoqda. Bu
yo‘nalishda bir qancha olimlar faoliyat olib bormoqda. Ularga A.Po‘latov,
N.Jo‘rayev, Saodat Muhamedova va A.Rahimovlarni ko‘rsatishimiz mumkin.
O‘zbek tili materiallari bo‘yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib
borgan olimlar sifatida S.Rizayev va S.Muhamedovalarni alohida ko‘rsatish
mumkin. Olimlar asosan statistik tahlil yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlarni amalga
oshirganlar. O‘zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasining boshqa
yo‘nalishlari esa o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko‘ra bugungi kunda
o‘zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog‘liq holda hal etilishi lozim bo‘lgan
quyidagi vazifalarni ta’kidlab ko‘rsatish mumkin [2] :
-O‘zbek tilining kompyuter uslubini yaratish;
-Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab chiqish;
-Kompyuterning izohli va tarjima lug‘atlarini yaratish;
-O‘zbek tili milliy korpusini ishlab chiqish;
-Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish;
-Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
Mazkur dolzarb vazifalarni hal qilish, ya’ni o‘zbek kompyuter lingvistikasini
shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy Universiteti
|
| |