• KIRISH Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB)
  • Kompyuter modellashtirish




    Download 27.31 Kb.
    bet1/4
    Sana20.04.2023
    Hajmi27.31 Kb.
    #52974
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Kompyuter modellashtirish
    5-синф математика 1-қисм, kimyo barcha3, 5-Mavzu. Uch fazali tok zanjirlari Reja, matlab-dasturida-xususiy-hosilali-differensial-tenglamalarni-yechish, 1 (1), Steril dori vositalarining sifatini nazorat qilish (1), jasurbek moddiy nuqta, jasurbek inovation, shukurillo bulutlar, 13-ma\'ruza, e0da500e7a414329813072696e12a1acf6e66e49, 1 laboratoriya ishi, DNSH KNSH, Tindirish va cho`ktirish uchun mo`ljallangan qurilmalar ishlash

    TATU KIF 212-16 guruh talabasi: Mamasaidov Mirzabek
    Mustaqil ish
    Mavzu: “Kompyuter modellashtirish” da ma’lumotlar bazasi tizimi
    Reja:

    Kirish


    1. Ma‘lumotlar bazasi 

    2. Boshqaruvning informatsion tizimi 

    3. Avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar banklaridan foydalanish 

    4. Ma‘lumotlarni bankining vazifalari 

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH
    Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rolь o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. 
    Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. 
    Shuni qayd qilish lozimkiMBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: 
    Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. 
    Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilibma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.

    Download 27.31 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27.31 Kb.