• «Kompyuter tarmoqlari» fanidan N U K U S -2014
  • ARPANET
  • Kompyuter tarmoq. P. Qalxanov




    Download 1.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/40
    Sana18.08.2022
    Hajmi1.32 Mb.
    #25261
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    kompyuter tarmoqlari
    GERMANIYA, informatika xonasiga logo rasmlar1, FDfjgXNP0dZqUhF2hggYhAFKG2zGTHOj0ORNgzxl, Metodbirlashma, N.Uluqberdiyev Elektron jadvallar mavzusini o\'qitish uslubiyoti, 0.5 Esanqulov U, Педагогик амалиётининг мақсад ва вазифалари, 1. konflikt tushunchasining mohiyati, induvidual loyixa fanidan KURS ISHI, 2-mustaqil ish. Muxamedjonova Q., 2-lob. Ishi linuqs server, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MATNLI MASALALARNI YECHISH METODIAKSI, suniy gullardan kompozitsiyalar 8, NAMUNA KURS ISHI 1a9084370c137fe0abf6145eb22d948d (1)


    O`ZBEKISTAN RESPUBLIKASI XALQ 
    TA’LIM VAZIRLIGI 
     
     
    AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
    PEDAGOGIK INSTITUTI 
     
    Fizika-matematika fakul`teti 
     
    Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi 
    5110700 – «Informatika o’qitish metodikasi» bakalavr 
    ta`lim yo’nalishi
    «Kompyuter tarmoqlari» 
    fanidan 
    N U K U S -2014 
     
     



     
    Ma`ruza-1 
    Mavzu: Kompyuter kommunikasiya texnologiyalari

     
    Reja: 
    1. Internet tarixi. 
    2. Komp`yuterlar haqida umumiy ma`lumot. 
    3. Komp`yuterlarning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari. 
    4. Kommunikasiya texnologiyalari 
    Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab 
    komp`yuter tarmoqlarining majmuidir. 
    Internet «sovuq urush» mahsuli bo`lib, uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman 
    zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa tizimi sifatida XX asrning 70-
    yillar boshlarida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ARPANET aloqa 
    tarmog`i asos bo`lgan. ARPANET – buzilgan aloqa bo`g`inlarini avtomatik ravishda aylanib 
    o`tishga va tarmoqdagi komp`yuterlarning ma`lumot almashinishiga imkon yaratuvchi 
    kommunikatsiyalar paketidir. ARPANET da ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi «aloqali-
    informatsion paketlar» deb nomlanadi. Bu texnologiyada yuborilayotgan ma`lumotlar bir nechta 
    paketlarga bo`linadi va har bir bo`lingan paket o`zining manziliga ega bo`ladi. Paketlar aloqa 
    tizimi orqali mustaqil joylashtiriladi. Ma`lumotlarni jo`natish uchun foydalanuvchi o`z manzili 
    orqali boshqa foydalanuvchilarni manzilini aniq ko`rsatishi kerak.Aloqa shunday yo`lga 
    qo`yilganki, foydalanuvchilar tomonidan konkret tizimdagi struktura haqida hech qanday 
    ma`lumot so`ralmasligi loyixalashtirilgan va dasturlashtirilgan. Barcha paketlar belgilangan 
    manzilga uzatilgach, raqamlanishga keladi va butun ma`lumot tiklanadi. Paketlar butunligi 
    tekshiriladi. Agar bu jarayon davomida axborot qismiga zarar etgan bo`lsa, qabul tizimi butun 
    tizimni emas, balki kerakli axborot qismlarini qayta yuborishni so`raydi. Axborot uzatishning bu 
    modeli paketlar kommutatsiyasi deyiladi. Telefon tarmoqlarini taqqoslash uchun kanallar 
    kommutatsiyasi deb ataluvchi model qo`llaniladi. Bu siz va sizning abonentingiz o`rtasidagi
    aloqa boshlangach doimiy aloqa o`rnatiladi va sizdan boshqa hech kim sizning muloqotingiz 
    davrida foydalana olmaydigan aloqa kanali o`rnatilishini va suxbat tugaguncha saqlanishini 
    anglatadi. Aynan shu TCP/IP deb nomlangan standartlar mavjud tarmoqlar yordamida global 
    komp`yuter tarmog`ini yaratish uchun asos bo`lgan. 
    AQSh da oliy ma`lumot uchun NSFALET deb ataluvchi infra strukturasining 
    yaratilishi(1985 - 1988) aloqaning tezkor magistral kanallari tarmog`ini yaratadi va universitet 
    o`z foydalanuvchilarining tarmog`i dasturini kodlash sharti bilan unga butun Amerika 
    universitetlarini uladi. Internetning chinakam rang - barangligi 1992 yilda «butunjaxon 
    o`rgimchak to`ri» deb nomlangan yangi xizmatlarni yuzaga kelishi bilan boshlanadi. World 
    Wide Web – har bir foydalanuvchiga internetga o`z axborotini kutilmagan holatda kiritish va uni 
    juda tez fursatda ommaga tarqatish imkonini beradi.
    Internetning asosiy resurslari. Internetning eng mashhur xizmati WWW sanalib, u o`zida 
    juda ko`plab mul`timediya xujjatlarini jamlagan. Internetning navbatdagi resursi FTP bo`lib, u 
    barcha fayllar ombori va tizimi sanaladi. Internetning eski resursi – mail dir. E – mail elektron 
    xatlar tizimidir. Tarmoqdagi munozaralarni ta`minlash borasida yangiliklar guruhi deb 
    nomlanuvchi global holda tarqalgan tizim belgilangan. Ana shu tizimlardan eng mashxuri Usenet
    yangiliklar guruhidir. Internet xizmati yiroqlashtirilgan komp`yuter tarmog`i bilan bog`lanish 
    hamda uning resurslaridan foydalanish imkonini beradigan tizim bu – Telnet dir. Nihoyat 
    internetda IRC (chat) tizimi bor. Bu tugmalar yordamida jonli muloqotga kirishish mumkin. IRC 
    – bu jonli muloqotda bo`lish va foydalanuvchiga klaviatura orqali Internet imkoniyatlaridan 
    foydalanish imkonini beradi.



    Internet – bu Internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va qaydnomalari asosida tashkil 
    etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini 
    beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi 
    komp`yuter tarmog`idir. Internet boshqa komp`yuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. 
    Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma`lumotlar 
    bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom 
    bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi. Internetda esa bunday 
    noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma`lumotlarni bilishi shart 
    emas. Bundan tashqari, Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va 
    ma`lumotlar bazasini giper bog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muhit 
    qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet o`z-
    o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkb tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan 
    tashkil topgandir: 

    Texnik 

    Dasturiy 

    Informatsion
    Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi komp`yuterlar, aloqa kanallari(telefon, 
    sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari 
    majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va 
    vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan 
    chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir ko`rsatmaydi. 
    Internetning dasturiy ta`minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil komp`yuterlar va tarmoq 
    vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali 
    yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda 
    tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi 
    dasturlar majmuidan iboratdir. 
    Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron 
    xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan 
    tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo`ylab 
    taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy komp`yuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizni 
    matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izoxlari esa uchinchi 
    manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron xujjatni o`zaro moslashuvchan 
    giper bog`lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. 
    Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan 
    informatsion muhit xosil bo`ladi. Bir qarashda inernetning texnik tarkibiy qismi blan 
    informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkla xolda ham biz «birni ko`plikka» 
    usulda tashkil etilgan ob`ektlar borligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai 
    nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy komp`yuter ko`plab komp`yuterlar bilan 
    bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish «XARMSK»( Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai 
    nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron xujjat tarmoqdagi bir nechta xujjatlar bilan 
    o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu xoldagi informatsion bog`liqlik «to`r» (Web) nomini 
    olgan. Shunday qilib, «tarmoq»( Net) haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan komp`yuterlar 
    majmuasi tushunilsa, «to`r» (Web) haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni 
    tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik 
    bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi komp`yuterlar bilan virtual informatsion fazoni 
    tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi. 
    Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi 
    ma`lumotlarni uzatish qoidalari qaydnomalar deb ataladi. Internet tarmog`ining ishlash printsipi 
    TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol – ma`lumotlarni uzatish 
    qaydnomasi/Internet qaydnomasi) dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP qaydnomalari Internet 
    global tarmog`ida ham, shuningdek boshqa ko`pgina lokal tarmoqlarda ma`lumotlarni uzatish 
    uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech 



    qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy tavsifdagi, echilishi mumkin bo`lgan 
    muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash printsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar 
    tizimini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. Shuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning 
    boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog`langan. 
    Ko`pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta dastur deb o`ylashadi. Aksincha, u tarmoqning 
    bir vaqtning o`zida ma`lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o`zaro bog`langan 
    qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo`lib,
    TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma`lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni 
    yuborish, tizimga olis masofalardan kirishni ta`minlash, fayllarni manzillarga jo`natish, 
    xabarlarga yo`l ko`rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish.
    TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil 
    sinflarga bo`linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning vazifalari keltirilgan. 
    TCP (Transmission Control Protocol) – qabul qiluvchi va uzatuvchi komp`yuterlarning 
    mantiqiy bog`lanishiga asoslangan ma`lumotlarni uzatilishini qo`llab-quvvatlovchi qaydnoma. 
    UDP (User Datagram Protocol) – mantiqiy bog`lanishlar o`rnatilmasdan, ma`lumotlar 
    uzatilishini qo`llab-quvvatlaydi. Bu yuboruvchi va qabul qiluvchi komp`yuterlar o`rtasida 
    oldindan bog`lanish o`rnatilmasdan ma`lumotlarni yuborishni anglatadi. 
    IP (Internet Protocol) – ma`lumotlarni uzatishni ta`minlaydi. 
    RIP (Routing Information Protocol) – manzilga xabarlarni etkazuvchi eng yaxshi yo`llarni 
    tanlovchi qaydnomalardan biri. 
    OSPF (Open Shortes Path First) – yo`llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma. 
    ARP (Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi komp`yuterning sonli manzilini aniqlaydi. 
    DNS (Domain Name System) – tarmoqdagi komp`yuterlarni nomlari bo`yicha sonli 
    manzilini aniqlaydi. 
    RARP (Reverse Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi komp`yuterlarning manzilini 
    aniqlaydi, biroq ARP ga teskari holatda. 
    Amaliy servislar – bu shunday dasturlarki, ulardan foydalanuvchi yoki komp`yuter har xil 
    xizmatlar uchun ruxsat oladi. 
    BootP (Boot Protocol) – serverning boshlang`ich ma`lumotlarini o`qish bilan tarmoqdagi 
    komp`yuterlarni ishga tushiradi. 
    FTP (File Transfer Protocol) – komp`yuter o`rtasida fayllarni bir-biriga uzatadi. 
    TelNet (Telephone Network-telefon tarmog`i) – tizimga uzoqdagi terminal ruxsatini 
    ta`minlaydi, ya`ni bitta komp`yuterdan foydalanuvchi boshqa uzoqdagi komp`yuter bilan xuddi 
    qo`lidagi klaviaturada ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir. 
    Shlyuzli qaydnomalar – tarmoq bo`ylab uzatilayotgan xabarlar yo`llari haqida va 
    tarmoqdagi ma`lumotlar holati, shuningdek lokal tarmoqdagi ma`lumotlarni talqin qilishga 
    yordam beradi. 
    EGP (Exterior Gateway Protocol) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni tashqi tarmoqqa 
    uzatish uchun xizmat qiladi. 
    GGP (Gateway to Gateway Protoco) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni uzatish uchun 
    xizmat qiladi. 
    IGP (Interior Gateway Protocol) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni ichki tarmoqda 
    uzatishga xizmat qiladi. 
    Quyidagi qaydnomalar yuqoridagi kategoriyalarga tegishla emas, ammo tarmoqlarda 
    ahamiyati kattadir. 
    NFS (Network File System) – lokal komp`yuterlarda mavjud bo`lgan katalog va fayllardan 
    foydalanish imkonini beradi. 
    NIS (Network Information Service) – parollarni tekshiradi va tizimga kirishni 
    molellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta komp`yuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma`lumotlarni 
    ko`rsatadi. 
    RPC (Remote Procedure Call) – o`chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va 
    samarali holatda biriktiradi. 



    SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochtani komp`yuterlarga yuboruvchi 
    qaydnoma. 
    SNMP (Simple Networc Management Protocol) – ma`muriy qaydnoma - tarmoq holati va 
    unga ulangan boshqa qurilmalarga ma`lumotlarni uzatadi. 
    Shunday qilib, servisning barcha turlari majmui TCP/IP – kuchli va samarali qaydnomalar 
    majmuini tashkil qiladi. 
    Tekshiruv savollari: 
    1.
    Internet nima? Uning kelib chiqish tarixi. 
    2.
    Internetning asosiy tarkibiy qismlari. 
    3.
    Internetning asosiy resurslariga nimalar kiradi? 
    4.
    Internet qaydnomalari. TCP/IP qaydnomasi haqida tushuncha. 
    5.
    TCP/IP qaydnomasining guruhlari va ularning vazifalari. 

    Download 1.32 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1.32 Mb.
    Pdf ko'rish