Kompyuter tarmoq. P. Qalxanov




Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana18.08.2022
Hajmi1.32 Mb.
#25261
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari
GERMANIYA, informatika xonasiga logo rasmlar1, FDfjgXNP0dZqUhF2hggYhAFKG2zGTHOj0ORNgzxl, Metodbirlashma, N.Uluqberdiyev Elektron jadvallar mavzusini o\'qitish uslubiyoti, 0.5 Esanqulov U, Педагогик амалиётининг мақсад ва вазифалари, 1. konflikt tushunchasining mohiyati, induvidual loyixa fanidan KURS ISHI, 2-mustaqil ish. Muxamedjonova Q., 2-lob. Ishi linuqs server, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MATNLI MASALALARNI YECHISH METODIAKSI, suniy gullardan kompozitsiyalar 8, NAMUNA KURS ISHI 1a9084370c137fe0abf6145eb22d948d (1)
uchta tarkibiy kismdan tashkil topgandir: 
Texnik 
• Programmaviy 
• Informatsion 
Internetning texnik tarkibiy kismi xar xil turdagi va tipdagi komp`yuterlar, aloka kanallari 
(telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmok kanallari), xamda tarmok texnik 
vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi 
doimiy va vaktinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining 
vaktinchalik ishdan chikishi Internet tarmogi ning umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. 
Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmokka ulangan xilma-xil 
komp`yuterlar va tarmok vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) mulokot kilish, 
ma`lumotlarni ixtiyoriy aloka kanali yordamida uzatish darajasida kayta ishlash, axborotlarni 
kidirib topish va saklash, xamda tarmokda informatsion xavfsizlikni taominlash kabi muxim
vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. 
Internetning informatsion tarkibiy kismi Internet tarmogida mavjud bo`lgan turli elektron 
xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan 
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy kismning muxim xususiyatlaridan biri, u butun tarmok bo`ylab 
taksimlanishi 
mumkin. 
Masalan, 
shaxsiy 
komp`yuteringizda 
o`kiyotgan 
elektron 
darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va 
izoxlari esa uchinchi manbadan yirilishi
mumkin. Shunday kilib, tarmogdagi elektron xujjatni o`zaro 
moslashuvchan giper boglanishlar orkali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish 
mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro boglangan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil 
topgan informatsion muxit xosil bo`ladi. 
Internet 
informatsion 
muxitini 
tashkil 
etuvchi 
elektron 
xujjatlarning 
xar 
biri 
komp`yuterlarning əRadreslaridan boshka o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu 
adres URL (Uniform Resource Locator) adres deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi 
xukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis karorlari xakida ma`lumot beruvchi elektron saxifa 
adresi 
www.gov.uz
Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funktsiya bo`lsa, 
ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir. 
Internetning informatsion funktsiyasi birinchi navbatda tarmok foydalanuvchilariga talab 
etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan etkazib berish bo`lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng 
ommaga, jaxon mikyosida nixoyatda tez suroatda e`lon kilish (nashr kilish) imkoniyati 
mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yukori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot 
faoliyatida va nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida N`yu 


12 
Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng so`nggi xabarlarni Toshkentga etkazib berish, gazeta va o`kuv 
darsliklarni tayyorlash, nashr kilish, xamda ularni keng o`kuvchilar ommasiga tarkatish
Xozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon, tez va samaralirok bo`ladi. 
Ma`lumot uchun: Xozirgi kunda 240 saxifali tayyor o`kuv ko`llanmani tipografik usulda 
10000 nusxada chop etish va uni tarkatish 910 million so`m mablag talab kilsa, uning elektron 
nusxasini tayyorlash va internet saxifasiga joylashtirish uchun esa 78 yuz ming so`m mablag 
zarur bo`ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi bo`lmaydi. 
Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro 
mulokot kilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tarikasida internet 
elektron pochtasi, internet telefon va real vakt oraligidagi bevosita xabar almashish, Chat 
konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan mulokotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan 
tashkari internetning kommunikatsion funktsiyasi uning foydalanuvchilariga videomulokot 
kilish, videokonferentsiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar ko`chalarini 
(masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha kilish va muzeylariga tashrif buyurish, 
xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. 
Yukori da ko`rib chikkan internetning informatsion va kommunikatsion funktsiyalari 
umuman olganda odatdagi mavjud mulokot vositalari va ommaviy axborot tizimlari 
funktsiyalarini takrorlayotgandek tuyuladi. Aslida xam shunday, fakat endi u mutlako yangi 
imkoniyat doirasida: tez, kulay va sifatli, eng muxim i esa iktisodiy jixatdan arzon ko`rinishda 
amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning yana eng muxim xususiyatlaridan biri, bunda axborot 
manbalari, aloka kanallari va texnik vositalardan bir vaktning o`zida jamoa bo`lib foydalanish 
imkoniyatining mavjudligidir. Internetda mulokot kilish, axborotlarni yigish va e`lon (nashr) 
kilishning arzonligi sababi xam ana shundadir. Bunday imkoniyatlar moxiyatini chukurrok bilish 
uchun internetning o`zi kanday ishlashini, axborotlar kaysi printsiplar va usullar yordamida 
uzatilishi, kayta ishlanishini o`rganishimiz zarur bo`ladi. 
Buni kuyidagi misol yordamida tushuntirishga xarakat kilamiz. Nima uchun Amerika bilan 
telefon orkali gaplashishning xar dakikasi 34 $ turadiyu, xuddi shu mulokot internet orkali
amalga oshirilsa bir necha o`n barobar kam xarajat talab kiladi?
Internet bir - biriga boglangan komp`yuterlar yagona tarmogidir. Komp`yuterlar bir - biri 
bilan kanday borlanadi degan savol turilishi tabiiydir. Internetga boglanishning bir nechta usuli 
mavjud. Boglanish turlari o`zaro imkoniyatlari va ma`lumotlarni uzatish tezligi bilan farklanadi. 
Boglanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik oshishi 
bilan narx ko`tariladi. Boglanish turlarini narxi kamayishi tartibida keltiramiz: 
• Tugridan to`gri kirish (pryamoe podsoedinenie vkdelennaya liniya). 
• SLIR va RRR yordamida 
• Chakiruv yordamida boglanish (Dialur Access, Dialur) 
• UUCR yordamida. 
Chakiruv bo`yicha boglanishning sifatli usuli ISDN dir.

Download 1.32 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish