|
Kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 21,39 Kb. | | #240063 |
Bog'liq Shaxsiy kompyuter arxitekturasi
Kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish.
Reja:
Kompyuterlar va noutboklarning sinflari.
Kompyuterlar va noutboklarning texnik qismlari bilan tanishish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalaring ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga, va o’qitish jarayonlarga tatbiqi tobora kengaymoqda. Har bir inson o’z faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo’lib qoldi . Men quyida zamonoviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’taman.
Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
Arifmetik- mantiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amallarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmayman.Shunday imkoniyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir.
Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, XR, MS Word, MS Excel va boshka amaliy dasturlarni yaratgan, hamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.Turli sohalarda qo’llanilish uchun kompyuterlar albatta zamonaviy va kuchli bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun men kompyuter sinflarini ham keltirib o’taman, mavzuimning dolzarbligi ham aynan shunda.
Zamonaviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari
Katta kompyuterlar sinfi
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo’lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga ko’ra quydagi avlodlarga bo’linadi:
1-avlod:1950-yil: Elektron vakum lampalarda ishlovchi EHM;
2-avlod:1960-yil:Yarim o’tkazgachli asboblarda(tranzistorlarda) ishlovchi EHM;
3-avlod: 1970 -yil: Kichik va o‘ta yuqori darajali integratsiyasi bo’lgan yarim o‘tkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM;
4-avlod:1980-yil: Katta va o‘ta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM;
5-avlod:1990-yil: Bilimlarni kayta ishlaning samarali tizimlarini ko‘rishga imkon beruvchi, bir qancha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan EHM; bir paytda o‘nlab izchil buyruqlarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi bo’lgan o‘ta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM;
6- va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bulmagan mikroprotsessorlar ko‘p-ko‘p sonli taksimlash tarmogi bo’lgan optoelektronli EHMlardir.
EHMlarning xar bir avlodi oldingisiga karaganda juda kup muhim xususyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutuvchi moslamalar sig‘imi odatda ortiq bo‘ladi.
Vazifasiga ko‘ra EHMlar uch guruhga bulinadi: universal, muammoli-yunaltirilgan va ixtisoslashgan EHM.
Universal EHMlar turli muxandislik-texnik vazifalar: iqtisodiy, matematik, axborot va boshqa, algoritmlar murakkabligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash hajimlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni xal etish mo‘ljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshka qudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi.
|
| |