Kompyuter tizimlarida viruslarni paydo bo'lishi va ularning tahlili




Download 9.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.02.2024
Hajmi9.89 Mb.
#163512
Bog'liq
Kompyuter tizimlarida viruslarni paydo bolishi va ularning tahlili
Горячие клавиши в любом профессиональном инструменте, Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat q


Kompyuter tizimlarida viruslarni paydo bo'lishi va
ularning tahlili
TAYYORLADI: IX 81-GURUH TALABASI
MUZAFFAROV AMIRBEK


Reja:
1.Kompyuter virusi tushunchasi
2.Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar
3.Antivirus dasturlarining turlari


Kompyuter virusi o‘lchami bo‘yicha katta bo‘lmagan
maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini
boshqa dasturlarga «yozib qo‘yilishi», shuningdek,
kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi
mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda
dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa
dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek,
qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl
yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor
xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o‘ziga
tegishli amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng
boshqaruvni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus
joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi.
Tashqaridan dasturning «kasallanganligi»
bilinmaydi.


Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga
tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan
dasturlarni kasallaydi.Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi
kasallangan bo‘lsa, virus borligi umuman bilinmaydi.Lekin aniq vaqt
o‘tgandan so‘ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo‘la boshlaydi. Masalan,
ba’zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto‘g‘ri ishlaydi, ekranga begona
ma’umotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli
darajada pasayadi, ba’zi fayllar buzilib qoladi va hokazo.


Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina
dasturlar, ba’zi boshqa turdagi fayllar ishdan
chiqadi. Bunday tashqari, virus disk yoki lokal
tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o‘tishi ham
mumkin.
Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki
yuqishining oldi olinmasa, juda katta
noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan,
1989-yil amerikalik student Morris yozgan virus
bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH
mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan
va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy
ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar
jarima solingan.


Virus dasturi ko‘rinmaydigan bo‘lishi uchun u juda kichik bo‘lishi kerak.
Shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi assembler tilida yoziladi.
Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va
ma’lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarur
ko‘radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday
muassasa kompyuterlarida ma’lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz
bo‘lganligi uchun viruslarning qurboni bo‘linadi va katta moddiy talafot
ko‘riladi. Shu bois kompyuter ishini nazarotga olish muhimdir.


Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushiniladi? Unga
quyidagilar kiradi:
litsenziyasiz dasturiy ta’minotdan foydalanmaslik;
tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;
tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.


Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib
bormoqda.
Virus asosan 4 ta fazaga ega:
1. Uxlash turg’unlik fazasi.
2. Ko’payish fazasi.
3. Ishga kirish fazasi.
4. Vayron qilish fazasi.


Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari;
bajariladigan fayllar–com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi fayl viruslari;
diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan yuklanish fayli
viruslari;
stels (stelth) - ko‘rinmas viruslar;


Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan
ma’lumotli fayllarni yozuvchi – makrobuyruq
viruslari.
Kompyuter viruslaridan himoyalanish, ularni yo’q
qilish vaaniqlash uchun bir necha maxsus dasturlar
yaratilgan. Bunday dasturlar antiviruslar deb
ataladi. Antivirus dasturlari turlarga bo’linadi:
- detektorlar dasturlar;
- doktor-dasturlar;
- revizor dasturlar;
- filtrlovchi dasturlar;
- vaksina yoki immunitet dasturlar.


Detektor-dasturlar - aniq virusning xarakterli
holatini qidiradi. Operativ xotira yoki fayldagi
kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday
antiviruslarning kamchiligi shundaki, ular
o’zlariga ma’lum bo’lgan
virusniginaaniqlaydi.
Doktor-dasturlar hamdavaksina-dasturlar
nafaqat viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi,
fayldagi virus tanasini o’chiradi, faylni asl
holaticha saqlab qoladi. Doktor dasturlar
ko’p mikdordagi viruslarni aniqlash va yo’q
qilish imkoniyatiga ega. Bunday dasturlarga:
AVP, Aidstest Scan, Norton Antivirus, Doctor
Web kiradi.


Revizor dasturlar - viruslardan ishonchli
himoya vositasi hisoblanadi. Revizorlar
dasturlarni, kataloglar va diskning
sistema bo’limi .holatini kompyuter
virusdan zararlanmasdan avval eslab
koladi. SHundan keyin,
foydalanuvchining hohishiga binoan
oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi.
O’zgargan holatlarni ekranga chiqaradi.
Fayllarni holatini solishtirishda uning
uzunligi, modifikasiya vaqti va sanasi,
hamda boshqa parametrini solishtiradi.


Filtr-dasturlar yoki «tozalovchi»o’zida ko’p
bo’lmagan rezident dasturlarni
mujassamlashtiradi. Biror bir dasturning ishlash
davomida «tozalovchi» ishning ruxsat etilishi yoki
mumkin emasligi hakida ma’lumot beradi. Filtr-
dasturlar foydali hisoblanadi, u virusni ko’payib
ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi.
Faqat ular disk va fayllarni olmaydi.
Vaksina yoki immunitet dasturlar zararlangan
fayllarni davolaydi. Vaksinalar doktor-
dasturlardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat
mashhur viruslarni aniqlaydi, bunda virus
vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay olmay
qoladi. Hozirda vaksinalar kam qo’llaniladi.


E’tiboringiz uchun raxmat!

Download 9.89 Mb.




Download 9.89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tizimlarida viruslarni paydo bo'lishi va ularning tahlili

Download 9.89 Mb.
Pdf ko'rish