Monitor, klaviatura va sichqoncha ularning vazifalari




Download 292.5 Kb.
bet3/7
Sana01.08.2021
Hajmi292.5 Kb.
#16474
1   2   3   4   5   6   7
Monitor, klaviatura va sichqoncha ularning vazifalari.

Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o‘rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo‘linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.

Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan tugmalar (klavishalar) to‘plamidan iborat bo‘lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Texnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo‘llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Tugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko‘paytirishga imkon beradi.

Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo‘lib, biror tekislik bo‘ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko‘rsatkich (kursor) mos yo‘nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.





Download 292.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 292.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Monitor, klaviatura va sichqoncha ularning vazifalari

Download 292.5 Kb.