• Masalan
  • Kompyuter virusi
  • Kompyuter virusi klassifikatsiyasi
  • Kompyuter virusi




    Download 20.85 Kb.
    bet2/9
    Sana16.10.2022
    Hajmi20.85 Kb.
    #27330
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Windows tizimi muhitida matnli axborotlarni yaratish va tahrirla-hozir.org
    Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov), NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 2 kurslarga, Fransuz tili 10-sinf testlari-2, O`simliklardan polimer olish, Axbarot almashinuvini tashkil qilish., Mir Alisher Navoiy

    Kompyuter virusi - internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yo'q qilib, ishlamay qolishiga sabab bo'ladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki ma’lumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida so’z boradi. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris (kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan. Bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert Moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.

    Kompyuter virusi - EHM ning xavfli "dasturi". Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga "joylashtiriladi" va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.

    Kompyuter virusi klassifikatsiyasi

    Ekspertlarning hisoblariga ko’ra, hozirgi kunda mavjud bo’lgan viruslar soni 10 000 000 dan ortib ketdi. Har kuni 8-10 ta yangi viruslar yaratilmoqda. Hozirgi kunda amalda harakatda bo’lgan viruslarning soni 300 ga yaqin deb hisoblanmoqda. Taniqli virusologlardan biri Yevgeniy Kasperskiy viruslarni belgilari bo’yicha quyidagicha tasniflashni taklif qiladi:


    • Virusning yashash muhiti bo‘yicha

    • Yashash muhitini zararlash usuli bo‘yicha

    • Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha

    • Virus algoritmining o‘zgachaligi bo‘yicha
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 20.85 Kb.