Kompyuterdan foydalanishda uning asosiy boshqaruv qurilmasi bu klaviatura hisoblanadi. Undan unumli va tezkor foydalanish sizga kompyuterda ishlayotganingizda juda qo'l keladi




Download 16.07 Kb.
Sana23.12.2023
Hajmi16.07 Kb.
#127676
Bog'liq
tezkor tugmalar
568568, 888

Kompyuterdan foydalanishda uning asosiy boshqaruv qurilmasi bu klaviatura hisoblanadi. Undan unumli va tezkor foydalanish sizga kompyuterda ishlayotganingizda juda qo'l keladi. Biz siz uchun kompyuterdan foydalanish vaqtida turli dasturlarda kerak bo'ladigan vaqtingizni tejashga yordam beradigan qisqa tugmalarni to'pladik. 
Umumiy tezkor tugmalar


Quyidagi kombinatsiyalar ko‘plab ommabop dasturlar, jumladan, Microsoft Office dasturlarida birdek ishlaydi.


Ctrl+A-Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi (barchasini belgilaydi).


Ctrl+C / Ctrl+Insert-Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.


Ctrl+X-Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.


Ctrl+B-Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.


Ctrl+F-Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.


Ctrl+S-Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.


Ctrl+P-Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.


Ctrl+N-Yangi oyna ochadi.


Ctrl+W-Joriy oynani yopadi.


Microsoft Word uchun tezkor kombinatsiyalar


Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Microsoft Word dasturida tezkor amallarni bajarish mumkin.


Ctrl+B-Matnni to‘q qora rangga bo‘yaydi.


Ctrl+U-Matnning ostiga chizadi.


Ctrl+I-Matnni og‘ma shaklga o‘tkazadi.


Ctrl+L-Paragrafni chap tomonga suradi.


Ctrl+R-Paragrafni o‘ng tomongga suradi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish paragrafni chap tomonga suradi.


Ctrl+J-Paragrafni tekislaydi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish pragrafni chap tomonga suradi.


Ctrl+K-Giperhavola (ssilka) yaratadi.


F7 Key-Imloni tekshirishni boshlaydi.


Shift +F7 Key-Tezarusni ochadi.


Microsoft Excel uchun tezkor kombinatsiyalar


Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Microsoft Excel dasturida tezkor amallarni bajarish mumkin.


F2-Faol katakchani tahrirlaydi.


Alt+Enter-Katakchani tahrirlash payti ayni katak ichida qatorni bo‘ladi.


Ctrl+Space-Butun ustunni sariq rangga bo‘yaydi.


Shift+Space-Butun qatorni sariq rangga bo‘yaydi.


Ctrl+D-Eng yuqoridagi katakcha kontenti va formatini quyi tomonda belgilab qo‘yilgan barcha katakchalar ko‘chiradi.


Alt+Enter-Katakchani tahrirlash payti ayni katak ichida qatorni bo‘ladi.


Ctrl+Space-Butun ustunni sariq rangga bo‘yaydi.


Shift+Space-Butun qatorni sariq rangga bo‘yaydi.


Ctrl+D-Eng yuqoridagi katakcha kontenti va formatini quyi tomonda belgilab qo‘yilgan barcha katakchalar ko‘chiradi.


Brauzer uchun tezkor kombinatsiyalar


Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Chrome, Firefox va Edge dasturlarida tezkor amallarni bajarish mumkin.


F5-Joriy sahifani yangilaydi.


Ctrl+(+ yoki -)-Sahifani kattalashtiradi/kichiklashtiradi.


Ctrl+Tab-Ochilgan brauzer yorliqlarining biridan ikkinchisiga o‘tadi


Ctrl+Shift +T-Oxirgi yopilgan yorliqni ochadi.


Ctrl+D-Joriy sahifani xatcho‘pga qo‘shadi.


Windows uchun tezkor kombinatsiyalar


Alohida dasturlar bilan bir qatorda Windows'ning ham alohida tezkor kombinatsiyalari mavjud.


Win + B – Sichqoncha kursorini treyga o’tkazish


Win + D – Ish stoliga (рабочий стол) o’tish


Win + Е – Mening kompyterim (мой компьютер) oynasini ochish


Win + F – Qidiruv oynasini ochish


Win + L – Kompyuterni bloklash


Win + M – Barcha oynalarni masalalar paneliga tushirish


Win + P – Proektor bilan ishlash oynasini ochish


Win + R – “Bajarish” (выполнить) oynasini chaqirish


Win + U – “Maxsus imkoniyatlar” oynasini ochish
Download 16.07 Kb.




Download 16.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterdan foydalanishda uning asosiy boshqaruv qurilmasi bu klaviatura hisoblanadi. Undan unumli va tezkor foydalanish sizga kompyuterda ishlayotganingizda juda qo'l keladi

Download 16.07 Kb.