|
Kompyuterlar arxitekturalarini, ularning ko‘psathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish. Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari
|
bet | 1/4 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 430,9 Kb. | | #115975 |
Bog'liq Qodirjonov Elbek
Tayyorladi: Qodirjonov Elbek
Tekshirdi: Mirzaakbarov Dilshodbek
Kompyuterlar arxitekturalarini, ularning ko‘psathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish. Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari. Arifmetik mantiqiy qurilma
Reja:
Kompyuterlar arxitekturalarini, ularning ko‘psathli tashkil qilinishi asosida o'rganish.
2. Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari.
3. Arifmetik mantiqiy qurilma.
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuterning tuzilish chizmasi keltirilgan.
1-rasm. Bitta protsessorli kompyuterning tuzilish chizmasi.
Ushbu chizmani, kompyuterda uncha ko‘p bo‘lmagan ish tajribasiga ega foydalanuvchilar ham qaysidir darajada tushuntirib bera oladilar. Ammo zamonaviy kompyuterning ichki tuzilishi, uning qanday ishlashi, uning qanday dasturlanishi va umuman uning qanday tashkil qilinganligiga, ya’ni kompyuterning arxitekturasiga taaluqli bo‘lgan tushunchalarni, shu sohaning mutaxassisi sifatida mukammal tushunish, hamda ulardan o‘zining kundalik faoliyatida samarali foydalana olish ancha murakkab masala hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
2-rasm. Olti sathli kompyuter.
Avval ushbu chizmadagi sathlarga qisqacha tushuntirishlar berib o‘tamiz, so‘ngra esa kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan, nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi deganda – nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni keltiramiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompyuterlar arxitekturalarini, ularning ko‘psathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish. Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari
|