|
Kompyuterlarning bir-biriga bog’lanishi
|
Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 14,03 Kb. | | #152407 |
Bog'liq 12 tarqatma
Kompyuterlarning bir-biriga bog’lanishi
Internet 1969 yilda AQSH mudofaa departamenti tomonidan ishga tushirilgan, keyinchalik u mudofaga ko’maklashuvchi ilmiy markaz (DARPA)ga berildi. DARPA birinchi internet programmani ishlab chiqdi. DARPA 4 ta kompyuter o’rtasidagi taqmoqqa asos soldi va uni ARPANet deb atadi. Undagi dasturning vazifasi DARPA tomonida tuzilgan ma’lumot hujjatlarni bir biriga uzatishdan iborat edi.
Kompyuterlar o’rtasidagi tarmoq yaratsih g’oyasi tezda ommalashdi. Bir qancha universitet va tadqiqot markazlari o’zlarining kompyuter tarmoqlarini yaratishdi. Ular o’zlarining tarmoqlarini ARPANetga ulashdi. ARPAnet tarmoqlar orasida asosiysiga aylandi. Bu kompyuterlar tarmog’i ineternet deb ataldi.
Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
- Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o’z ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
- Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o’z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin;
- Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
- Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Topshiriqlar.
Kabel orqali bog’lanish?
Kabel turlari?
Kompyuterlarni bir-biriga ulashda ruxsatlar?
Simsiz aloqa orqali kompyuterlar orasida tarmoq tashkil etish.
|
| |