Ayon bo’lmagan adreslash usuli




Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/123
Sana09.02.2024
Hajmi2,97 Mb.
#153799
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
Bog'liq
AMV majmua

Ayon bo’lmagan adreslash usuli. Ayon bo’lmagan adreslash usuli bir baytli 
buyruqdan tashkil topgan bo’lib 2 - mikrosiklda bajariladi. Birinchi mikrosiklda 
amallar kodi tanlanadi, ikkinchi mikrosiklda esa u bajariladi. 
Ayon bo’lmagan 
adreslash usuli asosan akkumulyatordagi qiymat ustida amalga oshiriladi. 
Ayon bo’lmagan adreslash usuliga misollar: 
SMA 
– Akkumulyatorning qiymatini teskarisiga aylantirish, ya’ni (A) < (A). 
KAK, KAX 
– Akkumulyatorning qiymatini o’ng va chap tamonlarga bitta 
qadamga surish. 
Bevosita adreslash usuli. Bu adreslash usulida buyruq amallar kodining (AMK) 
birinchi baytiga bevosita joylashtirladi. Amallar kodidan keyin esa darhol bitta yoki 
ikkita 
baytga ega bo’lgan qiymatlar yoziladi (joylashtiriladi). Bu qiymatlar 
xotiradan olinmaydi, ularning buyruqlarini mashinaga programmistning o’zi 
kiritadi. Bunday buyruqni registrni bevosita yuklash deyiladi. Albatta, bu joyda 
AMK va qiymatlar ikkilik kodi 
bo’yicha ma’lumotga ega bo’ladilar. Bevosita 
adreslash usulining tuzilishi quyidagicha (6.2-rasm): 
Amallar 
kodi 
1 bayt 
Qiymatlar 
2 yoki 3 
bayt 
6.2-rasm. Bevosita adreslash 
buyrug’ining tuzilishi. 
Bevosita adreslash usuliga misollar: 
LXI N , qiymatlar NL registirlari qiymatlar bilan yuklan sin. (L) <- (2 bayt); 
(N)<- (3 bayt). Bu yerda, L registriga amallar kodining (AMK) ikkinchi baytida 


turgan qiymat yuklanadi. N 
– registriga esa AMK ning uchinchi baytidagi qiymati 
yuklanadi (qiymatni operatorning o’zi kiritadi). 
MVI A, qiymatlar akkumulyator (A) AMK ning ikkinchi baytida turgan qiymat 
bilan yuklansin (A) <- (2 bayt). 
LXI SR, qiymatlar SP registri qiymatlar bilan yuklansin (SR) <- (2 bayt+3 
bayt). 
ANI, qiymat akkumulyatorni qiymati va AMK ning ikkinchi baytida turgan 
qiymat ustida razryad bo’yicha mantiqiy I amali bajarilsin (A) <-(A)*(2 qiymat). 
Mikroprotsessorda bevosita adreslash ikkita mikrosiklda amalga oshiriladi. 
Birinchi mikrosikl davomida buyruqni tanlash o’tkaziladi, ikkinchi mikrosiklda esa 
buyruq bajariladi. 

Download 2,97 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish