Kurs loyihasini bajarish uchun topshiriq va dastlabki ma'lumotlar




Download 1,41 Mb.
bet2/15
Sana15.05.2024
Hajmi1,41 Mb.
#235861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10 variant elektrlashtirish Begzod

1.Kurs loyihasini bajarish uchun topshiriq va dastlabki ma'lumotlar.



1.rasm. Ochiq kon korxonasi elektr ta'minotining tuzilish sxemasi

Ochiq kon korxonasining elektr ta'minoti sxemasi va topshiriq jadvallaridagi qisqartmalar


XL - Xavo liniyalari, T - Kuch transformatorlari
KL - Kabel liniyalari, SN - Suriluvchi nimstansiyalar
U1 - Birlamchi kuchlanish miqdor, U2 - Ikkilamchi kuchlanish miqdori
BPN - Bosh pasaytiruvchi nimstansiya
YUKU - Yuqori kuchlanishli elektr uskunalar
KTQ - Komplekt taqsimlovchi qurilma, UP - Ulovchi punktlar
E- Ekskavatorlar , B – Burg’ulash mashinalari
Sk - Elektr ta'minoti tizimining qisqa tutashuv quvvati
k - k11 - qisqa tutashuv to’klarini hisoblash nuqtalari
2.Elektr yuklamalarni hisoblash uchun kuch transformatorini tanlash.
Ma'lumki to‘liq elektr quvvat aktiv va reaktiv tashkil etuvchilardan iboratdir. Konchilik korxonalari iste'molchilari aktiv va reaktiv elektr quvvat bilan ta'minlanadi. Aktiv quvvat foydali ishni bajarish shuningdek aktiv va reaktiv energiyalarni uzatishdagi va o‘zgartirishdagi yo‘qotishlarni qoplash uchun sarflanadi. Reaktiv quvvat asosan asinxron dvigatellarda va transformatorlarda magnit maydonlarni hosil qilish va to‘g‘rilovchilar tomonidan iste'mol qilinadigan reaktiv energiyani qoplash uchun sarflanadi. Bu iste'mol qilinadigan elektr quvvatlar elektr yuklama hisoblanadi.
Elektr ta'minoti tizimining barcha tashkil etuvchi elementlari elektr yuklamaga bog‘liq bo‘ladi va bunga muvofiq tanlanadi.
Aktiv va reaktiv elektr yuklamalarni to‘g‘ri hisoblash nimstansiyalarning sonini, joylashtirilishini, kuch transformatorlarini sonini va quvvatini, elektr tarmoqlarning kuchlanishi va turini, ximoya vositalarini hamda reaktiv quvvatni o‘rnini to‘ldiruvchi qurilmalarni tanlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Loyihalashtirilayotgan elektr yuklamalar qiymatini orttirib hisoblansa elektr uskunalar, elektr tarmoqlar va elektr energiyaning isrof qilinishiga olib keladi, shuningdek kamaytirib hisoblansa elektr uskunalar, elektr tarmoqlarning zo‘riqib ishlashiga, elektr energiya yo‘qotilishining oshishiga, sifatining pasayishiga, ishonchlilikning kamayishiga olib keladi.
Elektr yuklamalarni hisoblash uchun bir necha usullarni jumladan elektr energiyaning solishtirma sarfi, talab koeffitsiyenti, o‘rtacha quvvat va maksimum koeffitsiyenti (tartiblashtirilgan diagrammalar) usullarini qo‘llash mumkin.
Elektr energiyaning solishtirma sarfi usulida iste'molchilarning unumdorligi va bir birlik mahsulotning ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan elektr energiya miqdori ma'lum bo‘lishi kerak. Aktiv (Rx) va reaktiv (Qx) quvvatlar hisoblanadi va bularning natijasida to‘liq quvvat aniqlanadi. Bu usul yuklamalari kam o‘zgaradigan yoki o‘zgarmaydigan iste'molchilar uchun qo‘llash qulay bo‘ladi.
Talab koeffitsiyenti usulida iste'molchilarning o‘rnatilgan quvvatlari aniqlanib talab va quvvat koeffitsiyentlari orqali aktiv va reaktiv quvvatlar hisoblanadi va bularning natijasida to‘liq quvvat aniqlanadi. Ushbu uslubda hisoblashlar murakkab bo‘lmaydi, lekin taxminiy hisoblanadi.
O‘rtacha quvvat va maksimum koeffitsiyenti usulida ehtimollar nazariyasining asosiy qoidalari qo‘llanadi va turli toifadagi har bir elektr iste'molchilarning yuklama grafiklarini bilish talab qilinadi. Iste'molchilar ko‘p sonli bo‘lganda hisoblashlar murakkablashadi.
Konchilik korxonalari elektr yuklamalarini hisoblash uchun talab koeffitsiyenti usuli qo‘llaniladi.
Elektr yuklamalarni hisoblash talab koeffitsiyenti usulida bajariladi. Buning uchun yuklamalar jadvali tuziladi va quyida keltirilgan formulalarga asosan hisoblarni bajarib jadval to’ldiriladi.
Davriy-Uzluksiz Texnologiyasi Podstansiyasidan taminlanadigan qismi uchun Yuklamalar jadvali
1.Jadval




Iste'molchilarning nomi va turi

kvt

n


Download 1,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs loyihasini bajarish uchun topshiriq va dastlabki ma'lumotlar

Download 1,41 Mb.