• Tuzuvchilar: Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi dotsenti: A.A. Xamzayev
  • Taqrizchilar
  • Konchilik ele k tr mexanikasi




    Download 0.76 Mb.
    bet1/3
    Sana25.03.2024
    Hajmi0.76 Mb.
    #176967
      1   2   3
    Bog'liq
    Эл маш ва ЭЮ курс иши
    atrabotka maruza matematika, Mavzu Xavsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag rikenglikni, 2-qism amaliy mashg\'ulot , o\'tkinchi jarayonlar sxemalar, 88 (16), 88 (9), 27, 88 (14), 88 (40), 88 (2), 88 (10), 88 (8), 2024 FieldOfStudy, 88 (25), 88 (230)

    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    KONCHILIK FAKULTETI
    KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI ”
    KAFEDRASI




    ELEKTR MASHINALAR VA ELEKTR YURITMA ASOSLARI
    fanidan kurs ishini bajarish uchun

    USLUBIY KO’RSATMA

    Navoiy – 2024

    Tuzuvchilar:

    Konchilik elektr mexanikasi


    kafedrasi dotsenti: A.A. Xamzayev

    Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi


    katta oʻqituvchisi: L.N. Xudoyberdiyev

    “Elektr mashinalar va elektr yuritma asoslari” fanidan kurs ishini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma 60721900 – Konchilik elektr mexanikasi hamda 60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar (Konchilik) bakalavriat taʻlim yoʻnalishi uchun. A.A.Xamzayev, L.N. Xudoyberdiyev


    Uslubiy koʻrsatma talabalarga kurs ishi boʻyicha topshiriqlarni bajarish tartibi, bajarish uslublari toʻgʻrisida tushuncha beradi.
    Uslubiy koʻrsatma “Elektr mashinalar va elektr yuritma asoslari” fanining namunaviy va ishchi dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

    Uslubiy koʻrsatma «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasining yigʻilishida muhokama qilingan va foydalanishga ruxsat etilgan.


    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti oʻquv – uslubiy Kengashining «___»_________ 2023 yil ruxsati bilan chop etilgan.



    Taqrizchilar:
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati,
    bosh oʻrinbosari: A.N.Boboqulov

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


    “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi v.b. dotsenti: Zoxidov O.U.

    KIRISH
    Konchilik korxonalaridan barcha mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida ishlatiladi.
    Elektr yuritma deb elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartirish va mashina-mexanizmlarning ishchi organlarini xaraktlantirish uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga aytiladi.
    Mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish liniyalarini texnologik ko’rsatkichlari asosan ularda qo’llaniladigan elektr yuritmalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi. Ma’lumki, elektr yuritma har qanday sanoat qurilmasining asosiy elementidir. SHuning uchun turli mashinalar yaratish ulardagi elektr jihozlari, shu jumladan elektr yuritmalarni hisoblash va loyixalashtirish bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
    Elektr yuritma boshqa turdagi yuritmalardan – yuqori boshqaruvchanli xususiyati, alohida mashina va mexanizmlarga bir yoki bir necha yuritgichlarni o’rnatish mumkinligi, ish mashinalarning kinematikasini soddalashtirish, yuqori FIK, ixchamliligi, katta ishga tushirish momenti, konstruktsiyasining soddaliligi, ishchanliligi, tezligini keng rostlash qobiliyati, hamda boshqarishni masofadan yoki avtomatik ravshda bajarishi mumkinligi bilan ajralib turadi.
    Har bir bo’lajak elektr mexanikasi sohasidagi muxandis ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini va qurilmalarni yaxshi bilishlari, ulardagi elektr yuritmalarni xarakteristikalarini qurish, quvvatini hisoblash va tanlash, asosiy parametrlarini aniqlash, tezligini rostlash va ularni avtomat ravishda boshqarish kabi masalalarni yaxshi bilishlari kerak.
    Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar elektr yuritmalarning dvigatel va generator rejimlaridagi elektromexanik xususiyatlarini, boshqarish usullarini tahlil va tadqiqot qilish bo’yicha amaliy ko’nikma va malaka hosil qiladilar.
    Uslubiy ko’rsatmada elektr yuritma asoslari bo’yicha elektr motorlarni ishga tushirish sxemalarini yig’adi va ular haqida ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Elektr motorlarni ishga tushirishda avzallik va kamchiliklari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.


    Download 0.76 Mb.
      1   2   3




    Download 0.76 Mb.