Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi




Download 0.61 Mb.
bet1/26
Sana22.06.2022
Hajmi0.61 Mb.
#24190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЭКГ-5А таъмирлаш
bejik, 7 uzb 1-5 $lar, 10, Современный мир насыщен медиа контентом, Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org (1), 11111, Хужжатлар мазмуни, WORLD HISTORY 3 UZ (1), 2-amaliy mashgulot, 2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13, 8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik reja tavakkalchilik tushunchasi, Yangi yil, Хавфсиз махалла, 1-sinf jismoniy tarbiya

KIRISH
Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi. Buning uchun foydalanadigan quvvati yuqori chegaralarda o’zgaradigan, belgilangan kon-geologik, metereologik va iqlimiy sharoitlar uchun xos bo’lgan ko’p sonli turli xil jihozlardan foydalaniladi.
Konchilik korxonalarida ishlarni tashkil qilishda qo’llaniladigan mashinalar va mexanizmlar texnologik kompleksni, ya’ni qazish mashinalarining eng yuqori unumdorligini ta’minlovchi, qazishga tayyorlashdan boshlab foydali qazilmalarni qayta ishlashgacha yakunlaydigan ishlarni bajaruvchi kon mashinalari va transport vositalarining texnologik bog’langan majmuini hosil qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni foydali qazilmani qazib olish va qayta ishlash bo’yicha kishilar hamda ishlab chiqarish qurollari harakatidan iborat, binobarin, ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga faqat jihozlarni montaj qilish (yig’ish) va ulardan foydalanish emas, balki ularni soz holatda saqlash ishlari ham kiradi.
Kon mashinalari va jihozlaridan foydalanishda ularning ishonchli va uzoq ishlashini kafolatlovchi a’lo sifatli montaj qilish (yig’ish), texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sharoitlarida yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga erishish mumkin.
Hozirgi vaqtda konchilik sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri kon mashinalarining ko’p yeyilishi hisoblanadi. Jihozning haddan tashqari yeyilishi faqat kon ishlari samaradorligini pasaytirib qolmasdan, balki konchilik korxonalarida sanoat xavfsizligi pasayishining muhim omili sanaladi. Konchilik jihozlari mavjud xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanishda xavfsizlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Ishlab chiqarish xavfsizligini va jihozlarning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biri texnik xizmat ko’rsatishning yangi texnologiyalarini (tizimini) tadbiq qilishdir. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar va jihozlarni tadbiq qilish korxonaning raqobatbardoshlik ustunligini ta’minlaydi, shuning uchun zamonaviy tizim va mexanizmlardan foydalanish sanoatning turli sohalarida dolzarb vazifa sifatida shakllanmoqda.
Kon mashinalarining uzoq muddatli va ishonchli ishlashi faqat jihozlarning texnik xizmat ko’rsatishi va ta’mirlanishi bo’yicha muntazam ravishda sifatli tadbirlarni o’tkazish sharoitida mumkin bo’ladi. Sifat ko’rsatkichlarini ta’minlash uchun berilgan sharoitlarda mashinalarning texnik xizmat ko’rsatishi va ta’mirlanishi bo’yicha ishlarni tashkil qilishni va tartibini belgilovchi o’zaro bog’langan vaziyatlar va me’yorlarning texnik xizmat va ta’mirlash tizimi me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutiladi. Kon mashinalari texnik holatini saqlash uchun kon ishlab chiqarishida texnik xizmat ko’rsatishning (TX) turli tizimlari kerakli darajada amalga oshirilmoqda. Texnologik o’lchamlar nazorati uchun maxsus jihozni, shuningdek, ko’zda tutilgan foydalanish davrida hech qanday texnik xizmat ko’rsatishni talab qilmaydigan eng oddiyi, biroq eng ko’p sarf-xarajatlisi texnik xizmat ko’rsatishning reaktiv tizimi hisoblanadi, qaysiki ta’mirlash yoki jihozni almashtirish uning ishdan chiqib qolishida (odatdagidek, to’satdan) yoki resurslarni ishlab chiqishda amalga oshiriladi. Avariya fakti bo’yicha ta’mirlash narxi rejalashtirilgan ta’mirlashdan jiddiy ravishda (ba’zida 10 marta) qimmat bo’ladi. Xizmat ko’rsatishni boshqarishning eng yuqori darajasi, TXK bilan taqqoslaganda, rejaviy-ehtiyotdan qilingan ta’mirlash (RET) tizimi bilan ta’minlanadi, foydalanish xarajatlarining 30 % dan ko’proq pasayishi. RET mohiyati ma’lum ehtimolli oldingi o’rta statistik rad etilgan jihozlarni ta’mirlash va almashtirishdan iborat. RET hozirgi vaqtda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning asosiy turi hisoblanadi.



Download 0.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi

Download 0.61 Mb.