Kondensatorlarni ketma ket va parallel ulash




Download 0.54 Mb.
Sana17.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#38480
Bog'liq
Paralel
Kvota Sirtqi Bakalavriat-2023 Lot., Ma\'lumot, 3.Avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni

"Kondensatorlarni ketma ket va parallel ulash"
Jamolova Mushtariybegim
Kondensatorlar
Elektrotexnikada zarur bo'lgan sig'imlar bilan ta’minlash uchun alohida tuzilmalardan foydalaniladi, ya’ni kondensatorlardan. Ikki temir plastinka orasiga izolyatsiya jism (ya'ni, dielektrik) o 'm atilg an qoMlanma — asbob kondensator deb ataladi. Plastinkalarni kondensatorning qoplamasi deyiladi.
Agarda plastikalar har xil qutbli elektr toki manbaiga ulansa, u holda kondensatorda har xil belgili elektr zaryadlari hosil bo’lib, ular bir-biriga tortiladi. Zaryadlar uzoq vaqt qoplamalarda saqlanib qoladi. Bu zaryadlar manbadan o‘chirilgan holda ham uzoq saqlanishi mumkin. Shunday qilib, kondensatorlar elektr energiyasini saqlovchi hisoblanadi. Kondensatorning yuzasi qancha katta bo'lsa, uning sig‘imi shuncha katta bo‘ladi. Kondensator dielektrigining qalinligi kam bo‘lganda ham, uning sig‘imi katta bo'lishi mumkin. Uning sig‘imining ko‘p yoki kam bo'lishi qoplamalar orasidagi izolyatsiya jismga bogMiq.
Izolyatsiya jismlaming kondensator sig'imiga ta'siri jismlaming dielektrik singishiga bogMiq. Elektrotexnikada havoning dielektrik singish miqdori birga teng deb qabul qilingan. Agarda qoplamalar orasiga havoning o'rniga boshqa dielektrik joylashtirilsa, u holda dielektrik singishi kondensatorning sig’imi bir necha marta oshganini bildiradi. Dielektrik singishni yunoncha e (epsilon) bilan belgilash qabul qilingan. Elektrotexnikada doimo qoMlanadigan izolyatsiya jismlarning dielektrik singishi.
Ko‘p jismlarning dielektrik sig'imi namlik va haroratga qarab o'zgarishi mumkin. Kondensatoming qoplamasida yig‘ilgan elektr zaryadlar orasida elektr maydoni hosil bo'ladi. Bu maydon miqdor bilan ifodalanib, uni elektr maydonning kuchlanmog'i deb aytiladi. Agar elektr m aydonida elektr bilan zaryadlangan jism joylashgan bo'lsa, u holda maydon kuch bilan shu jismga ta’sir etishi jismning elektr zaryadi va jismning joylashgan nuqtasidagi maydon kuchlanmog'ining miqdoriga proporsional. Shuning uchun elektr maydoni kuchlanmog'i zaryadga ta'sir qiladigan kuch shu zaryadning nisbatiga tengdir.
Bu formuladagi elektr maydon kuchlanmog‘ini joul, kulon va metr orqali ifodalanadi:
Agarda maydonning kuchlanmog'ini £bilan, kondensator qobiqlari (plastinkalari) oralig'ini / (sm) desak, u holda kuchlanmoq:
Kondensalorning elektr maydoni.
Shunday qilib, kondensator plastinkalarida kuchlanish ortib borishi bilan uning dielektrigidakuchlanmoq ortib boradi. Kondensatorlarda kuchlanmoqni ma’lum miqdorgacha ko'paytirish mumkin. Agarda
kuchlanmoq belgilangan miqdordan oshib ketsa, bir qobiqdagi elektr zaryad ikkinchi qobiqga izolyatsiyadan o ‘tib ketishi mumkin. Bunday holda kondensator teshiladi. K ondensatorlar har xil konstruksiyali bo'ladi.
Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash
Har xil konstruksiyali kondensatorlarda havoli, qattiq va suyuq dielektriklar ishlatiladi. Havoli kondensatorlardan radiotexnikada foydalaniladi. Konderisatorlar o'zgaruvchan va o'zgarmas sig'imli bo‘lishi mumkin. Kondensatorlami elektr zanjirlarda ketma-ket va parallel ulash mumkin. Kondensatorlami parallel ulaganda, umumiy sig'imi ko‘payadi
Kondensatorlarni parallel ulash.
Kondensatorlar ketm a-ket ulanganda, ularning sig’imi kamayadi.
Kondensatorlarni ketma-ket ulash.
Misol. Ketma-ket ulangan uchta kondensator:
Paralel ulash
Ketma-ket ulash
Ketma-ket ulash rozetkalarni va boshqa asboblarni ulash uchun ham yaroqsizdir. Elektr asboblarni zanjirga alohida ulash va uzish kerak bo’lgan hamma hollarda parallel ulashdan foydalaniladi. 57- a rasmda lampa, changyutkich va isitkichning parallel ulanishi, 57- b rasmda esa shunday ulashning sxemasi ko’rsatilgan. Unda 1-isitgich, 2-lampa va 3-changyutgich.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Toshkent Shahar Shayxontohur tumani
132-o’rta ta’lim maktabining fizika fani o’qituvchisi Jamolova Mushtariybegimning
8-A sinfda o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi
Download 0.54 Mb.




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kondensatorlarni ketma ket va parallel ulash

Download 0.54 Mb.