“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 19-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
173
SON TUSHUNCHASI. NATURAL SON VA NOL TUSHUNCHASINING VUJUDGA
KELISHI.
Usmonov Maxsud Tulqin o„g‟li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qarshi filiali 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Son va amallar biror kishi tomonidan o‗ylab topilmagan. Dalada ekin
ekish, maydonni sug‗orish, podadagi hayvonning uyga qaytib kelishini aniqlashda qadim-
qadimda odamlarga arifmetik bilimlar zarurati tug‗ilgan, qo‗rada qancha qo‗y borligini,
omborda necha qop bug‗doy borligini bilish zarur bo‘lgan.
Kalit so‟zlar: natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi, son tushunchasi,
hisoblash usuli, , ikki sonining nomlanishi.
Qadimda odamlar sanashni bilmaganlar, mana, necha ming yillardan keyin molboqar
loydan har bir qo‗yga mos jism tayyorlagan. Bir kunda qo‗yni yo‗qolmaganligini
bilish
maqsadida qo‗y qo‗raga kirayotganda tayyorlangan jismlar bir tomonga o‗tsa, cho'pon
bemalol uyquga ketgan. Bundan tash- qari, odamlarda qo‗ydan
tashqari sigir, echkilar
boigan. Shuning uchun tuproqdan boshqa figuralar yasashga to‗g‗ri kelgan. Yer egalari esa
loydan
yasalgan figuralar, mayda toshlar yordamida hosilning hisob-kitobini qilgan.
Omborda necha qop bug‗doy borligi, qaymoqdan kuydirib olingan yog‗ning miqdorini bil-
ganlar. Narsalarni qo‗shish va ayrish yordamida qo'shish va ayirishga doir sodda
masalalarni yechganlar.
Loydan yasalgan figuralarni va mayda toshlarni bir joydan ikkinchi bir joyga qo'yish
mumkin qadar yetarlicha mashg'ulot bo‗lgan. Ming yillar o‗tib odamlar predmetlarni qayta
sanashni o'rgandilar. Buning uchun ularga sonning nomini aytish haqida o‗ylash
zarurati
tug‗ilgan.
Turli xalq va elatlarning tillarini o‗rganish natijasida sonlar- ning nomi paydo bo‗lgan.
Masalan, odamlar uchun predmetning shakli katta rol o‗ynagan, hisoblashda «ikkita
tuxum», «ikkita tosh», «ikkita ko‗z» va hokazo. Awal faqat 1 va 2 sonlar nomlandi.
Son uchun «bir» so‗zi oddiy «quyosh» so‗zi bilan bog‗liq, ikki sonining nomlanishi
esa mavjud turli predmetlar bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni «quloq», «oyoq», «qo‗l» va hokazo.
Ba'zan «men» va «sen» olmoshi bilan bog‗liq bo'lgan. «Bir» deb «erkak», «ikki» «ayol»
deb e'tirof qiluvchi tillar boigan. «Bir» va «ikki» so'zidan keyin «ko‗p» so‗zi paydo boigan.
Keyinchalik boshqa sonlarning nomini aytish zarurati tugilgan. Bunda 1 va 2 sonidan
foydalanganlar. Masalan, Tinch okeanining Yangi Gvineya oro- lida yashovchi odamlar 3 ni
1 va 2, 4 ni 2 va 2 deb hisoblaganlar. 10 deb «ko‗p», 100 deb «yana ko‗p» so‗zlarini
qoilaganlar. Keyinroq ayrim odamlar 3 ni «bir, ikki, ko‗p» deb qabul qilgan- lar.
Hattoki
hozir ham choy damlagandan so‗ng uni «uch marta qaytar», o‗giidan xafa boigan ona «nima
men, bir narsani uch marta qaytarib aytishim kerakmi» degan so'zlar uchraydi.