Kontaktsiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari




Download 0,73 Mb.
bet1/14
Sana20.02.2024
Hajmi0,73 Mb.
#159601
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-Maruza (1)


3-ma'ruza. Zamonaviy kompakt generatorlar. Generator kuchlanishini rostlash.
Kontaktsiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari



Kontakt halqalari va cho‘tkalari bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok generatorlari boshqa turdagi generatorlardan o‘zining ishonchlilik va chidamlilik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu turkumdagi generatorlarning xizmat muddati faqat podshipniklar yeyilishi va chulg‘amlar izolyatsiyasi eskirishi bilan cheklanadi. Kontaksiz generatorlar og‘ir sharoitda, ya’ni chang - to‘zon ko‘p bo‘ladigan karerlarda, yo‘lsizlik sharoitida ishlaydigan avtomobillar uchun ayniqsa zarur.
Kontaktsiz generatorlarning induktorli va qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli shakllari mavjud. Bu turkumdagi generatorlarning umumiy tomoni shundan iboratki, ularda uyg‘otish chulg‘ami qo‘z- g‘almas bo‘ladi, farqi esa, uyg‘otish chulg‘ami o‘rnatilgan joy bilan bog‘liq. Masalan, induktorli generatorlarda (1.19-rasm) uyg‘otish chulg‘ami rotorning yon tomonida, qopqoqqa mahkamlangan vtulkaga o‘rnatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorda (1.20-rasm), maxsus moslamalar yordamida, rotorning ikkita yarim o‘zagining o‘rtasiga joylashtiriladi.
Induktorli generatorlar quyidagicha ishlaydi. Uyg‘otish chulg‘ami 1 dan o‘zgarmas tok o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan magnit oqimi rotor aylanganda kattaligini ham, yo‘nalishini ham o‘zgartirmaydi. Bu oqim vtulka 2 va val 3 orasidagi havoli tirqish, tishchalari yulduzcha ko‘rinishida ishlangan rotor 4, rotor va stator orasidagi havoli tirqish, stator o‘zagi 5, qopqoq 6 orqali yana vtulka 2 ga tutashadi. Rotor aylanganda undagi tishchalarning stator tishchalariga nisbatan holati o‘zgaradi va stator tishchalaridan o‘tayotgan magnit oqimi maksimal qiymatdan (rotor va stator tishchalarining o‘qlari mos kelganda) minimal qiymatgacha (stator tishchalari bilan rotor ariqchalarining o‘qi mos kelganda) o‘zgaradi. Stator tishchalaridagi magnit oqimining o‘zgarishi uning chulg‘amlarida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanishiga olib keladi.
Qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorlarda (1.20-rasm) uyg‘otish chulg‘ami 4 rotorning ikkita yarim o‘zagi 2, 3 orasidagi tirqishdan tushirilgan qo‘zgalmas nomagnit disk 1 ga o‘rnatilgan. Uyg‘otish chulg‘amidan tok o‘tganda, uning atro-fida hosil bo‘lgan magnit maydoni ta’sirida rotorning tumshuqsimon qutbli yarim o‘zaklari magnitlanadi. Rotor aylanganda uning atrofidagi magnit maydonining kuch chiziqlari (magnit oqimi) stator chulg‘amlarini kesib o‘tadi va ularda o‘zgaruvchan EYUK induksiyalaydi. Bu generatorlar sodda to‘zilishi bilan ajralib turadi. O‘lchamlari nisbatan kattaligi va uyg‘otish chulg‘amini bikr mahkamlash qiyinligi bu turdagi generatorlarning kamchiligi hisoblanadi.
AQSH ning Delko-Remi firmasi tomonidan qisqartirilgan qutbli tumshiqsimon kontaktsiz generatorlarning boshqacha turi ishlab chiqilgan (1.21-rasm). Bu generatorlarda rotor qo‘ng‘iroqsimon shaklga ega bo‘lib, po‘lat qutbning birinchi yarmi oddiy cho‘tkali generatorlardagi singari rotor valiga presslab mahkamlangan. Qutbning ikkinchi yarmi esa qisqartirilgan ko‘rinishda nomagnit halqa orqali qutbning birinchi yarmiga kavsharlangan. Uyg‘atish chulg‘ami generator qopqog‘iga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan magnit o‘tkazgichga joylashtirilgan. Rotor vali harakatga kelganda bir-biriga kavsharlangan tumshuqsimon po‘lat qutblar aylanadi, uyg‘atish chulg‘ami esa qo‘zg‘almas holda bo‘ladi.

Download 0,73 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kontaktsiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari

Download 0,73 Mb.