|
Kontsentratorlar toʻgʻrisida tushincha
|
bet | 2/10 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 418,7 Kb. | | #112522 |
Bog'liq Kontsentratorlar to g risida tushinchaTarmoq adapterlari
Tarmoq adapterlarini turli adabiyotlarda turlicha kontroller, karta, plata, interfeyslar, NIC - Network Interface Card nomlar bilan nomlanadi. Bu qurilmalar mahalliytarmoqning asosiy qismi, ularsiz tarmoq hosil qilish mumkinemas. Tarmoq adapterlarining vazifasi - kompyuterni (yoki boshqa abonentni) tarmoqqa ulash, qabul qilinganqoidalarga rioya qilgan holda kompyuter bilan aloqa kanalioʻrtasidagi axborot almashinuvini ta’minlashdir. Aynan shuqurilmalar OSI modelining quyi bosqichlari bajarishi kerakboʻlgan vazifalarni amalga oshiradilar. Odatda tarmoq adapterlari plata koʻrinishida ishlab chiqariladi va kompyuterni sistemamagistrallarini kengaytirish uchun qoldirilgan razyomga oʻrnatiladi (odatda ISA yoki PCI). Tarmoq adapter platasidaham odatda bitta yoki bir nechta tashqi raz’yomlar boʻlib, ularga tarmoq kabellari ulanadi (4.18-rasm).
Tarmoq adapterlari vazifasiga koʻra ikkiga boʻlinadi. Magistral va tarmoq. Magistral vazifalari adapter bilan kompyuterning sistema shinasi oʻrtasidagi almashinuvni amalgaoshirish (ya’ni oʻzining magistral manzilini tanish, kompyutergaaxborot uzatish va kompyuterdan ham axborot olish, kompyuteruchun uzilish signalini hosil qilish va hokazolar) kiradi. Tarmoq vazifalari esa adapterlarni tarmoq bilan muloqotini ta’minlashdir.
4.18-rasm. Tarmoq adapter platasi
Kompyuter tarkibida adapter platasini ravon ishlashi uchun uning asosiy koʻrsatkichlarini toʻgʻri oʻrnatish zarur:
kiritish-chiqarishportining asos manzilini (ya’ni manzil maydonining boshlanish manzilini, u orqali kompyuteradapter bilan muloqot qiladi);
foydalaniladigan uzilish nomeri (ya’ni taqiqlash yoʻlining nomeri, u orqali kompyuterga adapter oʻzi bilan axborotalmashinuvi zarurligi haqida xabar beradi);
bufer va yuklanuvchi xotiralarning asosiy manzili (ya’ni adapter tarkibiga kiruvchi kompyuter aynan shu xotira bilan muloqot qilishi uchun).
Bu koʻrsatkichlarni foydalanuvchi tomonidan adapter platasidagi ulash moslamasi (jamper) yordamida tanlab oʻrnatishmumkin, lekin plata bilan beriladigan maxsus adapterni initsializatsiyalovchi dastur yordamida ham oʻrnatish mumkin.
Hamma koʻrsatkichlarni (manzil va uzilish nomeri) tanlashda e’tibor berish kerakki, ular kompyuterning boshqa qurilmalarida oʻrnatilib band boʻlgan koʻrsatkichlaridan farq qilishi kerak.
Hozirgi zamon tarmoq adapterlarida koʻpincha Plug-and-Play tartibi qoʻllaniladi, ya’ni koʻrsatkichlarni foydalanuvchitomonidan oʻrnatilishining (sozlashning) hojati yoʻq, ulardasozlash kompyuter elektr manbayiga ulanganda avtomatikravishda amalga oshiriladi.
Adapterning asosiy tarmoq vazifalariga quyidagilar kiradi:
kompyuter va mahalliy tarmoq kabelini galvanik ajratish (buning uchun odatda signalni impuls transformatori orqali uzatiladi);
mantiqiy signallarni tarmoq signallariga va aksiga oʻzgartirish;
tarmoq signallarini kodlash va dekoderlash;
qabul qilinayotgan paketlardan aynan shu abonentga manzillashtirilgan paketlarni tanlab qabul qilish;
parallel kodni ketma-ket kodga axborot uzatilishda oʻzgartirish va axborot qabul qilishda aksiga oʻzgartirish;
adapterning bufer xotirasiga uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlarni yozish;
qabul qilingan axborot almashinuvini boshqarish usulida tarmoqqa ega boʻlishni tashkil qilish;
axborotlarni qabul qilish va uzatishda paketlarning nazorat bitlari yigʻindisini hisoblash.
Odatda hamma tarmoq vazifalari maxsus katta integral sxemalar yordamida amalga oshirilganligi uchun adapter platasining oʻlchami kichik va narxi arzondir.
Agarda tarmoq adapteri bir necha turdagi kabellar bilan ishlay olsa, u holda yana bir sozlanish lozim boʻlgan koʻrsatkichqoʻshiladi (kabel turini tanlash). Masalan, adapter platasida uyoki bu turdagi kabelga ulash uchun moslama boʻlishi mumkin.
Adapterdan boshqa hamma mahalliy tarmoq qurilmalari yordamchi qurilmalar boʻlib, koʻpincha ularsiz ham ishni tashkil qilish mumkin.
|
| |