Ikkinchi tartibli hosila yordamida ekstremumga tekshirish




Download 173.5 Kb.
bet5/10
Sana02.06.2022
Hajmi173.5 Kb.
#22687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko\'p o\'zgaruvchili funksiyaning ekstremumlari.
Yuqori tartibli differensial tenglamalar
4. Ikkinchi tartibli hosila yordamida ekstremumga tekshirish.
Teorema. Faraz qilaylik f(x) funksiya x0 nuqtada birinchi va ikkinchi tartibli hosilalarga ega va f’(x0)=0 bo‘lsin. U holda agar f’’(x0)<0 bo‘lsa, u holda x0 nuqta f(x) funksiyaning maksimum nuqtasi, agar f’’(x0)>0 bo‘lsa, minimum nuqtasi bo‘ladi.
Isbot. f(x) funksiya x0 nuqtada birinchi va ikkinchi tartibli hosilalarga ega va f’(x0)=0, f’’(x0)<0 bo‘lsin. Demak, x0 kritik nuqtada f’(x) kamayuvchi, ya’ni xx0-;x0) lar uchun f’(x)>f’(x0)=0 va x(x0; x0 +) uchun 0=f’(x0)>f’(x) bo‘ladi. Bu esa x0 nuqtadan o‘tishda hosila o‘z ishorasini «+» dan «-» ga o‘zgartirishini, demak, x0 maksimum nuqta ekanligini bildiradi. 4-chizma


f’’(x0)>0 bo‘lgan holda x0 ning minimum nuqta bo‘lishi shunga o‘xshash isbotlanadi.
Isbotlangan teoremaga asoslanib, ikkinchi tartibli hosila yordamida funksiyani ga tekshirishning quyidagi qoidasini keltiramiz.
2-qoida. f(x) funksiyaning ga tekshirish uchun
1) f’(x)=0 tenglamaning barcha yechimlarini topamiz;
2) har bir statsionar nuqtada (ya’ni hosilani nolga aylantiradigan nuqtada) f’’(x0) ni hisoblaymiz. Agar f’’(x0)<0 bo‘lsa, x0 maksimum nuqtasi, f’’(x0)>0 bo‘lsa, x0 minimum nuqtasi bo‘ladi.
3) nuqtalar qiymatini y=f(x) qo‘yib, f(x) ning qiymatlarini topamiz.
Umuman aytganda, bu qoidaning qo‘llanish doirasi torroq masalan, u chekli birinchi tartibli hosila mavjud bo‘lmagan nuqtalarga qo‘llanila olmasligi o‘z-o‘zidan ravshan. Ikkinchi tartibli hosila nolga aylangan yoki mavjud bo‘lmagan nuqtada ham qoida aniq natija bermaydi.

Download 173.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 173.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchi tartibli hosila yordamida ekstremumga tekshirish

Download 173.5 Kb.