Kopyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari




Download 40,52 Kb.
Sana22.12.2023
Hajmi40,52 Kb.
#126723
Bog'liq
BERDIYEV ELYOR 02.
fizika mustaqil ish shox, maruza matni, Тесты ортодонтия рус., O\'zbekcha test biologiya, Husnixat metodika, 1478011039 64026, E\'tiqod bilish va dunyoqarash ustanovkasi sifatida, 555, labaratorya usti, Презентация1, Sorovnoma-blankasi, daniyar statistika, ta\'lim tilida marketing, titul yangi

Kopyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari

Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.


Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha.


Kо'pincha ―mahalliy tarmoqla (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.


Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi.


Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki notо'g'ridir.


Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti


haqida gap yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar marshrutizatori) va kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas. 


Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan kompyuter


resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. 


Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga tо'g'ri kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin о'tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bо'lsa, hozirda esa о'rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa о'rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi. 


Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bо'lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.


Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak bо'ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.


Yana tarmoqning asosiy texnik kо'rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qо'llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bо'lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun kо'p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan sо'ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga tо'g'ri keladi.


Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bо'lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‘lum bо'lishi kerak. Rejalashtirilganidan kо'p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu sо'zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha о'nlab kompyuterlarni birlashtirgan bо'lishi lozim.


Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bо'ladi:



  • axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda о'tkazish imkoniyati mavjud bо'lishi;

  • uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bо'lgan xatolik ehtimoli 10-7 – 10-8 darajada bо'lishi;

  • axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bо'lishi;

  • tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bо'lishi kerak.



 


Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mо'ljallangan va sifatli bо'lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bо'yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Download 40,52 Kb.




Download 40,52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kopyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari va turlari

Download 40,52 Kb.