Korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarida axborot xavsizligi muammolari




Download 15.33 Kb.
bet1/2
Sana16.10.2022
Hajmi15.33 Kb.
#27298
  1   2
Bog'liq
Maola Ro’ziyeva Maftuna
dilnoza, Ferangiz, O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far, loyihalash-va-konstruksiyalash-tushunchasi, Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti mavzusini o\'qitishda innovat, 5920336ecf748, O’zbekistonda madaniyat va sanat, Tilshunoslikka kirish fanining predmeti, masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas, 3kurs qarzdorlar 07.07.23, Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning -fayllar.org, 1, Fan nomi Elektronika va sxemalar 1 Fakultet-fayllar.org, KT Amaliyot 3-4 (1)

KORPORATIV AXBOROT-KUTUBXONA TARMOQLARIDA AXBOROT XAVSIZLIGI MUAMMOLARI


Ro’ziyeva Maftuna Baxri qizi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, TATU
1-bosqich magistranti)

Аxborotlashgan jamiyat yangi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va qayta ishlash bilan bogʼliq koʼpgina imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash, ularning yaxlitligini saqlash, ishonchliligini tekshirish, axborotni uzatishning samarali, maqsadli va xavfsiz usullarini tashkil etish kabi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.


Shuningdek, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi natijasida koʼplab soxalar singari kutubxona soxasini ham chetlab oʼtgani yoʼq. Buning natijasida kutubxona jarayonlarini ham avtomatlashtirilishiga oʼzining ijobiy taʼsirini koʼrsatib, natijada bir qancha qulay imkoniyatlarni taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari yaratildi. Аyniqsa, keyingi vaqtlarda elektron kutubxonalardan foydalanish borasida katta oʼsish kuzatildi. Biroq kompyuter tarmoqlarida aylanayotgan axborot oqimlarining keskin ortishi, undan foydalanuvchilar sonining doimiy oʼsib borishi hamda ilmiy-texnik va ta’limga oid resurslar aktivlik xususiyatining kuchayishi bu turdagi axborotlarning yaxlitligi va foydalana olishligini taʼminlash, foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash muammolarining ham paydo boʼlishiga olib keldi. Аxborot xavfsizligi (АX) aspektlarining bu kabi buzilishi tizimning noto’gʼri ishlashi yoki ishlamay qolishiga, foydalanuvchilar ishonchining susayishiga va hatto iqtisodiy yoʼqotishlarga ham sabab boʼladi.
Korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarida ilmiy-texnik va taʼlimga oid resurslarni himoyalashning mos usul va vositalarini tanlash muammolari quydagilarni oʼz ichiga oladi:
Dasturiy taʼminot xavfsizligi. Dasturiy taʼminotlarga kutubxona axborot tizimlari, OPAC 5 lar, Internet orqali kirish mumkin boʼlgan maʼlumotlar bazalari va resurslari kiradi. Dasturiy taʼminot xavfsizligi masalasi dasturiy taʼminot komponentlarini buzilishlardan himoya qilish muammosini oʼz ichiga oladi. Shu oʼrinda qayd etish kerakki, turli amaliy dasturlarni ishga tushiruvchi operatsion tizimlar muhim ahamiyatga ega boʼlib, boshqa tizimlarning umumiy xavfsizligini taʼminlashda bu operatsion tizimni tanlash va xavfsizligi asosiy rolga ega boʼladi.
Аpparat vositalari xavfsizligi. Аpparat vositalari telefon liniyalari, RFID 6 qurilmalar, modemlar, tarmoq kabellari, skanerlar, printerlar, maʼlumot tashuvchilar kabilarni oʼz ichiga olib, ular qurilmalar va kitoblarni oʼgʼirlashlar, taʼminotdagi uzilishlar, qurilmalarning oʼzaro mos kelmasligi, ehtiyotsizlik kabi tahdidlardan ishonchli himoyalanishni taʼminlaydi. Аpparat vositalardan samarali foydalanish uchun ularning fizik xavfsizligini taʼminlash zarur.
Ishchi stantsiyalar xavfsizligi. Kutubxonalar ishchi stantsiyalari Internet tarmogʼi va foydalanuvchilar tomonidan sodir etiluvchi viruslar, oʼgʼirliklar va ruxsat etilmagan kirishlarga eng koʼp duchor boʼladi. Ishchi stantsiyalar xavfsizligining buzilishi nafaqat konfidentsiallikka, balki axborotdan foydalana olishlikka ham taʼsir etishi mumkin. Kutubxona ishchi stantsiyalari xavfsizligi viruslar va bashqa zararli dasturiy kodlardan himoyalash tizimlari, elektron pochtani filtirlash tizimi, tarmoqlararo ekran va boshqa yechimlar bilan taʼminlanishi mumkin.
Tarmoq xavfsizligi. Tarmoq xavfsizligi qonuniy foydalanuvchilarga kirish ruxsatini toʼliq taʼminlashi bilan bir vaqtda ruxsat etilmagan foydalanuvchilar kirishini taqiqlay olishi kerak. KАKT xavfsizligi maʼlumotlarni maʼlumotlarni shifrlash, identifikatsiya va autentifikatsiya, foydalanishlarni cheklash kabi mexanizmlar va raqamli sertifikatlar, elektron raqamli imzo, tarmoqlararo ekran, dasturiy va apparat vositalarni qoʼllash orqali yechilishi mumkin. Kutubxona kompyuterlari uchun simli tarmoqlar asosan binolarda, simsiz tarmoqlar esa ajratilgan tashqi qurilmalar (misol uchun planshet, noutbuk) orqali foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishlari uchun ishlatiladi. Tarmoqning fizik xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalanuvchilarning ruxsat etilmagan qurilmalarini oʼrnatishga yoʼl qoʼymaslik, asosiy ulanish joylarida ishonchli autentifikatsiyalash tizimlaridan hamda aloqa usullari va ularni himoyalovchilardan foydalanish kerak.

Download 15.33 Kb.
  1   2




Download 15.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarida axborot xavsizligi muammolari

Download 15.33 Kb.