Korrupsiyaga qarshi kurashning
zamonaviy mexanizmlari
O‘zbekiston-Finlyandiya
pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim 106-guruh
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirib borish
qonun ustuvorligini ta'minlash va
qonuniylikni mustahkamlashning
eng muhim shartlaridan biri
hisoblanadi. So'nggi yillarda milliy
huquq tizimini tubdan isloh qilish,
jamiyatda huquqiy madaniyatni
shakllantirish hamda malakali
yuridik kadrlarni tayyorlash
borasida sezilarli ishlar amalga
oshirildi.
Korrupsiyadan holi jamiyat va
davlatni yaratish mamlakat
taraqqiyotining mustaxkam
kafolati bo'ladi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev 2018 yil 7 dekabr kuni
Konstitutsiyamiz qabul
qilinganining 26 yilligiga
bag'ishlangan marosimdagi
ma'ruzasida "Korrupsiya bilan
hech qachon maqsadimizga erisha
olmaymiz" deb [1], ta'kidlagan edi.
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari
himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va
parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi kurash
ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi
"O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
poraxo'rlik, o'g'irliklar va boshqa suiiste'molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil
etish to'g'risida"gi; 1994 yil 11 maydagi "Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya,
reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko'rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy
chora-tadbirlari to'g'risida"gi; 1997 yil 28 maydagi "Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi
kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi
va ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya
qilinishi va ushbu konvensiyaga O'zbekiston Respublikasi qo'shilishi to'g'risida»gi Qonun
qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, so'nggi yillarda korrupsiyaga
qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona
kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik
to'g'risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi,
«Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida»gi, «Elektron hukumat to'g'risida»gi, «Ichki ishlar
organlari to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma'noda davlatimiz
tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog'liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining
huquqiy asoslari ko'proq O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o'z
ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi
kurash to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi
tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-
dekabrda ma'qullangan. Prezident
tomonidan 2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib,
4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34
moddadan iborat [2].
O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga
qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni
davlat organlari faoliyatining ochiqligini va
hisobdorligini ta'minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini
oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning o'z zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni bajarishi yuzasidan mas'uliyatini
kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid
huquqbuzarlik, manfaatlar to'qnashuvi kabi
iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan
mustahkamlab qo'yildi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi
qonunning mazmun mohiyatiga qisqacha
to'xtaladigan bo'lsak, unda korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni
to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari,
tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari
tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga
qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini
oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy
hayotning barcha sohalaridan to'liq bartaraf
etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda
korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat
qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me'yorlar
o'z aksini topganligini ko'rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi
kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu
boradagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlari,
vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o'zini o'zi
boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari va
fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki,
shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab
qo'yilgan [4].
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat
Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi
O'zbekiston Respublikasi Qonunining
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari
to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur
hujjatlar o'z mazmun mohiyati, maqsadi bilan
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi
kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi
«O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi
to'g'risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-
2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yilida amalga
oshirishga oid davlat dasturida ham
korrupsiyaga qarshi kurashishning
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi
kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha
tadbirlar belgilanganligi alohida qayd
etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko'rsatilgan Prezidentimiz qarori
bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat dasturi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda [5,6].
Qonundan ko'zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda "korrupsiya", "korrupsion huquqbuzarlik", va "manfaatlar
mojarosi" kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-
5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy
ta'lim sohasida "korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish belgilab qo'yilganligi mamlakatda
kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta'limga bog'liqligini
ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga
qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika
idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada
o'stirish, xalq farovonligini oshirish,
mamlakatda investisiya muhitini
yaxshilash borasidagi strategik
vazifalarni hal etish korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasida davlat
siyosatining samarali amalga
oshirilishini ta'minlash hamda
korrupsiya ko'rinishlarining sabab va
shart-sharoitlarini bartaraf etish
bo'yicha yangi tizimli choralar
ko'rilishini taqozo qilmoqda [9].
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha
respublika idoralararo komissiyasi
tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy
ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish va
«Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga
oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"
tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi-
tizimda olib borilayotgan islohotlarni
izchil davom ettirish, korrupsiyaning
har qanday ko'rinishiga barham
berishdan iboratdir.
Fan,falsafa va dinning o`zaro aloqadorligi
O‘zbekiston-Finlyandiya
pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim 106-guruh
Fan — inson va jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida kishilar
voqelikdagi narsa va
hodisalarning kelib chiqishi
, rivojlanishi haqida xolisona ma’lumotlar
to’playdilar, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratadilar.
Mavjud fanlar o’zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Shularning ichida eng qadimiysi
falsafadir. “Falsafa” atamasi ikkita yunoncha so’zdan (“fileo” — sevaman va “sofia” —
donolik) olingan bo’lib, “donolikni sevaman”, degan ma’noni anglatadi. Mazkur fanga
bunday nom tasodifan berilgan emas. Falsafa paydo bo’lishi bilan kishilar fikrini band etgan
turli-tuman savollarga javob qidirishga harakat qilgan. Xususan, bizni qurshab turgan dunyo
qanday paydo bo’lgan, u qanday rivojlanadi? Inson ongi, ruhiyatinint materiyaga, tabiatga
munosabati qanday? Inson dunyoni bilishga qodirmi yoki yo’qmi? Jamiyat qanday paydo
bo’lgan va uning harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? kabi savollar shular
jumlasidandir. Falsafaning e’tibor markazidagi savollarning xilma-xilligi va rang-barangligini
e’tiborga olib, yunonlar uni “donolik fani” yoki “donishmandlik” deb ataganlar.
Falsafa mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish
qonuniyatlarini, ularning tub mohiyatini bilishga qaratilgan fandir. Bu haqda Forobiyning
quyidagi so’zlari alohida e’tiborga sazovordir: “Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu
haqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi
tushunilsa, ishonchli dalil, hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va
tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...”
1
.
Shuni alohida eslatib o’tish joizki, voqelikning eng umumiy tomonlari, aloqalarini aks
ettiruvchi qarashlar falsafiy darajaga ko’tarilishi uchun ular inson tomonidan mavhum
tafakkurlash yo’li bilan qayta ishlab, umumlashtirilib, sistemalashtirilgan nazariy g’oyalar
tizimini tashkil etishi lozim. Shundagina ular falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi.
Falsafaning paydo bo’lishi qadimgi
Yunonistonda eramizdan avvalgi VI asrga
to’g’ri keladi, chunki fanning taraqqiyoti
uchun zarur bo’lgan
ijtimoiy-iqtisodiy
,
ma’naviy zaminlar aynan ana shu davrda
vujudga kelgandi.
Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli
sifatida shu davr ijtimoiy taraqqiyoti
ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun
insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli
falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga
mos ravishda uning predmeti va vazifalari
ham o’zgarib borgan.
Dastavval, aniq fanlar mustaqil taraqqiy
etmagan paytda, falsafa barcha bilimlarni
umumlashtiruvchi, fanlarning fani, “umumiy
tizim” vazifasini bajarib kelgan edi. Shu
davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit,
Arastu, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino,
Ulug’bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat
fanlarining ham asoschilari bo’lganlar.
Shuning uchun dastlabki kezlarda falsafa bir
butun ta’limot ko’rinishida mavjud bo’lgan
edi.
1.Borliq va uning rivojlanish muammolari. Borliq — mavjudotni ifodalovchi tushunchadir. U
murakkab va ko’p qirralidir. Moddiy borliq, ideal borliq, inson borlig’i va boshqalar shular
jumlasidandir.
Borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy mushohada qilish insonni doimo
qiziqtirib kelgan va hozirda ham qiziqtirib kelmoqda.
Borliqni ilmiy izohlash
, anglashga qaratilgan
xilma-xil falsafiy yo’nalishlar va fikrlar mavjuddir. Ularni atroflicha va batafsil o’rganib chiqish
insonning falsafiy dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
2.alsafa fani borliq muammosi bilan bir qatorda voqelikning eng umumiy
aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish
to’g’risidagi ta’limotidir. Narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va
ularning doimiy rivojlanib turishi falsafa fanida uning asosiy qonun va
kategoriyalari sistemasida o’z aksini topadi. Demak, falsafa fani borliqdagi narsa
va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishini aks ettirish uchun
qonun va kategoriya tizimini yaratadi va uning yordami bilan inson atrofini
qurshab turgan voqelikni aks ettiradi. Inson tafakkurining shakli bo’lgan falsafiy
qonun va kategoriyalar yordamida borliqni o’rganish katta falsafiy muammodir.
Falsafa — nazariy fikrlarning shakli va qonuniyatlarini ham o’rganuvchi ta’limot
bo’lib hisoblanadi. Tafakkur shakllari va qonunlari formal mantiq va falsafa
fanlarida o’rganiladi.
Formal mantiq narsa va hodisalarni harakatsiz, barqaror, ziddiyatsizlikda tahlil
etishni talab etadi. Unga muvofiq, bir faktda, bir jihatdan olingan ikkita
qaramaqarshi fikrlar haqiqat bo’lishi mumkin emas. Bundan farqli o’laroq, falsafiy
tafakkurlash narsa va hodisalarni harakatda, hamma tomonlarini, ziddiyatlar
birligida tahlil etishni talab etadi. Ziddiyatlarni hisobga olgan tafakkurlash
mazmun va shakl, mohiyat va hodisa, ziddiyat va tasodif va boshqa kategoriyalar
(tushunchalar) hamda falsafiy qonunlar yordamida tahlil etilayotgan narsaning
barcha tomonlarini chuqur va atroflicha bilib olish imkoniyatini yaratadi.
Empirik bilish formal mantiq qonun-qoidalari asosida
fikrlash bilan kifoyalansa
,
nazariy bilish falsafiy (dialektik) fikrlashni talab etadi.
3.Voqelikni bilish nazariyasi. Borliqni inson ongida aks ettirish — murakkab dialektik
jarayondir. Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani — in’ikos nazariyasini ishlab
chiqdi. Falsafaning in’ikos nazariyasi bilish jarayonida sub’ekt bilan ob’ektning aloqadorligi,
bilishning asosiy bosqichlari va shakllari, haqiqatga erishish dialektikasi va shunga o’xshash
ko’pgina murakkab masalalarni atroflicha anglab olishga yordam beradi. Ilmiy bilish va inson
amaliyoti uchun bu katta ahamiyat kasb etadi.
4.
Yuqorida ko’rsatilgan muammolar falsafaning barcha tarixiy tiplari va yo’nalishlari markazida
turgan muammolardir. Antik davr, o’rta asr, yangi davr va hozirgi zamon faylasuflarining
barchasi o’z asarlarida borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risida,
insonning borliqqa munosabati, voqeliknint rivojlanish manbalari, uni bilish qoidalari va shu
kabi murakkab falsafiy masalalar to’g’risida turlicha fikrlar aytganlar va aytib kelmoqdalar.
Bu esa, falsafaning fundamental muammolari davomiyligi va ularning umuminsoniy
qadriyatlar ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Insonning dunyoqarashini, uning ongini falsafa qoidalariga muvofiqlashtirib shakllantirishda
jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishi qonuniyatlarini anglab olish katta ahamiyatga ega.
Jamiyatda ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalar,
ularning kelib
chiqishi
, rivojlanish yo’nalishlarini falsafiy anglash mazkur jarayonlarni atroflicha va chuqur
mushohada etish bilan bir qatorda, insonning ularga qanday munosabatda bo’lishini aniqlab
olish imkoniyatini tug’diradi. Shuning uchun bu masalalar ham falsafiy tahlil qilishni taqozo
etadigan muammolar qatoriga kiradi.
Hozirgi davrda inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi, insonning istiqboli, fan va
texnika yutuqlaridan barcha insoniyat manfaati yo’lida oqilona foydalanish har qanday
urushning oldini olish, tabiatni muhofaza etish, ocharchilikning oldini olish, insoniyatni, uning
madaniyatini saqlab qolish, jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish va shu kabi masalalar
ham falsafaning dolzarb muammolari hisoblanadi.
Falsafa doirasidagi masalalar hayotdan
ajralgan mavhum masalalar emas
, balki ular inson va
uning hayotidan kelib chiqadigan dolzarb, umuminsoniy xususiyatga ega muammolardir. Gegel
ta’biri bilan aytganda, falsafa — inson tafakkurida aks etgan davrdir. Falsafa fani vujudga
kelgandan boshlab to hozirgi kungacha ham hayot yuzaga keltirgan turli-tuman masalalar,
insonni avvaldan qiziqtirib kelayotgan muammolar doimo uning diqqat markazidadir.
Yuqorida aytilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, falsafa fanining predmeti, muammolari doimo
o’zgarib, yangilanib turadi.
Falsafaning vazifasi xilma-xil bo’lib, uning
eng muhim xususiyati — kishilarda olam
haqida bir butun dunyoqarashni
shakllantirishga qaratilgandir. Shuningdek,
falsafa aniq fanlar vakillarini ilmiy bilishning
asosiy shakllari, uslublari va tamoyillari bilan
qurollantiradi.
Falsafa gnoseologik vazifani ham bajaradi,
ya’ni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni
bilishning qonuniyatlarini, bilish jarayonida
ob’ekt va sub’ekt dialektikasini atroflicha
ochib beradi.
Falsafa shaxsning ijtimoiy-siyosiy
dunyoqarashini shakllantiradi. Shfu bilan
birga u shaxsda jamiyat oldidagi ijtimoiy
ma’suliyat hissini uyg’otadi.
Ma’naviy qadriyatlarning ajralmas
qismini
tashkil etuvchi falsafa fani
, o’z
navbatida madaniyat, qadriyatlarining
mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat
taraqqiyotidagi o’rni, shuningdek, ma’naviy
yetuk komil insonlarni tarbiyalashdagi
ahamiyatini atroflicha asoslab beradi. Bu
uning tarbiyaviy vazifasini yanada
kuchaytiradi.
|