37
chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi
vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlangach axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq
avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish
ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar).
Avtomatlashtirilmagan ATida axborotlar texnika vositasisiz xodimlar tomonidan
bajariladi.
Avtomatik ATida barcha axborot jarayonlari xodimlarsiz amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu ma’lumotlar jamlanmasi,
iqtisodiy-
matematik usullar va modellar, texnikaviy, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar bo‘lib
ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
AATning tasnifi quyidagicha qabul qilingan:
1.6 - j a d v a l.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi
Tasnif variantlari
Tasnif belgilari
Avtomatlashtirish
darajasi bo‘yicha
Avtomalashtirilgan
Avtomatik
An’anaviy (avtomatlashtirilmagan)
Boshqaruv jarayoni
turlari bo‘yicha
Texnik (texnologik) jarayonlar ABT
Tashkiliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan
tizimlari
Qo‘llanilish sohasi
bo‘yicha
Ishlab chiqarishning AAT
Ijtimoiy soha AAT
Boshqaruvning AAT
Faoliyat ko‘rsatish
Sanoat
38
sohasi bo‘yicha
Kishlok xo‘jaligi
Transport va boshqalar
Qo‘llanilish doirasi
bo‘yicha
Ilmiy tadqiqotlarning AAT
Loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimlari
Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari
Tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning axborot tizimlari
Boshqaruv tizimi
darajasi bo‘yicha
Umumdavlat boshqaruvining axborot tizimlari
Tarmoqlararo boshqaruvning axborot tizimlari
Hududiy boshqaruvning axborot tizimlari
Korxona tashkilotlarning axborot tizimlari
Mujassamlanish
darajasi bo‘yicha
Masalalararo axborot tizimlari
O‘zaro bir-biri bilan bog‘lik, masalalarni avtomatlashtirish (kenja tizim)
O‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kenja tizimlarni avtomatlashtirish (bloklar)
Mujassamlashgan
tizimlar
Kompleks tizimlar
Sifat darajasi bo‘yicha
Axborot-qidiruv tizimi
Axborot-ma’lumot
beruvchi tizim
Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi
Axborot-maslahat beruvchi tizim
Ekspert tizimi
Qarorlar qabul qiluvchi tizim
Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi
Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik
boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda
boshqarish-ga (raketa, stanok va hokazolarni boshqa-rish), ikkinchisi – ijtimoiy va iqtisodiy
xususiyatga ega ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi
boshqarish
ob’ektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa,
ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida.
Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik,
mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli –
hujjatdir.
So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalash-gan boshqarish
tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shi-lishda tizimda aylanuvchi
axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu
bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar ma’lum darajada yo‘qoladi.