Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi




Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/401
Sana01.11.2023
Hajmi10.97 Mb.
#92569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   401
Bog'liq
Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org
 Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi 
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha umumdavlat va tarmoq-lararo boshqarish organlari, tarmoq va 
hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining axborot tizimlariga ajraladi. 
Tegishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog‘liq holda umumdavlat va 
tarmoqlararo axborot tizimlari nomla-nishda muayyan farqlarga ega. 
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotni qayta ishlash tizimlari, ma’lumotlar 
bazasi va banki, ekspert va axborot-izlash tizimlari kiradi, ular davlat xokimiyati organlari va 
boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini ta’minlaydi. 
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqti-sodni boshqarish organlarining 
(bank, moliya, statistika, ta’minot va boshqalar) ixtisoslashgan tizimidir. Ular o‘z tarkibida qudratli 
hisoblash komplekslari, tarmoqlararo ko‘p darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo‘lib, 
iqtisodiy va xo‘jalik bashoratlarini, davlat byudjetini ishlab chiqish, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari 
faoliya-ti natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi. 
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot tizimlarini 
tuzilmalarining bo‘g‘inliligidan kelib chiqib ajratish mumkin: vazirlik (idora, konsern, assotsiatsiya, 
xolding) axborot tizimlari – birlashma – korxona. 
Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo‘yicha amalga oshiruvchi organlar uchun zamonaviy axborot 
texnologiyalarini qo‘llash tarmoq axborot tizimlarini barpo etishga olib keladi, vazirliklar, banklar, idora-
lar, korporatsiya va hokazolarni ta’minlovchi axborot, ma’lumotlar banki va bazasini qayta ishlash 
tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu tizimlar SHK lokal hisoblash tarmoqlari bazasida yaratiladi. 
Tarmoq axborot tizimida axborotni to‘plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish amalga oshiriladi. 
Bu boshqarish apparatining qarorlarni qa-bul qilish va ularni idoralarga karashli korxona va 
birlashmalargacha yetkazishda majburiy ishtirokini ko‘zda tutadi. 
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot texnologiyalarini tadbiq etish korxonaning 
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratishga olib keladi, u avtonom holda ham, ishlab chiqarish 
birlashmasi axborot tizimi tarkibida ham, tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo‘ljallangan. 
Agar korxonaga ishlab chiqarish, sex, brigada kabilar majmuasini namoyon etuvchi tizim deb 
qaralsa, bu darajalarning har birida axborot texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Ularning har birida 
tegishlicha axborot tizimlari ham paydo bo‘ladi. Bu pog‘onada quyi, asosiy element asosiy ish joylarida 
axborot texnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu holda «avtomatlashgan ish joyi» (AIJ) 
tushunchasidan foydalaniladi. Yirik korxonalar uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash 
integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish yo‘li bilan, quyidagi komponentlar tarkibida 
amalga oshiriladi: 
• korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KBAAT); 


41 
• avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT); 
• ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi (IChTTAT); 
Korxonaning integratsiyalashgan axborot tizimi korxona ichida ham, tashqi muhit bilan 
ham (axborot yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, banklar, birjalar va boshqalar) keng axborot 
almashuvini ta’minlaydi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va o‘rta tashkilot-lar, hududiy boshqarish 
organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun 
qo‘llash «elektron kontoralar» (ofislar), ya’ni alohida avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini 
birlashtiruvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasi va lokal hisoblash tarmoqdari negizida axborot 
tizimlarini amalga oshiradi. 
Axborot texnologiyalarini hududiy-ma’muriy boshqarish organlariga tadbiq etish hududiy 
axborot tizimlari (HAT) ga olib keladi. Ular mahalliy davlat organlari va boshqaruvning tahlil 
va boshqarish funksiyalarini ta’minlash uchun yaratiladi. 
Hududiy tizim faoliyati mintaqada boshqaruv ishini sifatli bajarishga, hisobotni 
shakllantirishga, davlat va mahalliy xo‘jalik organlariga tezkor ma’lumotlarni berishga 
qaratilgan. 
Boshqaruvning tuzilmaviy – hududiy organlariga muvofiq quyidagi tizimlar o‘zaro 
farqlanadi: 
• avtonom respublikalar, viloyatlarning axborot tizimlari; 
• shahar xo‘jaligini boshqarishning axborot tizimi; 
• ma’muriy rayonning axborot tizimi. 
Axborot tizimlarini integratsvyalashuv darajasi bo‘yicha sinflanishi 
Integratsvyalashuv darajasiga ko‘ra barcha axborot tizim-larini beshta sinfga ajratish 
mumkin: 
1-sinf – vazifali axborot tizimlaridan iborat bo‘lib, unda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan 
vazifalar avtomatlashtiriladi. Odatda bunday tizimlar o‘zaro na ish, na axborot jihatidan bog‘liq 
bo‘ladi. Har bir vazifa uchun ma’lumotlar tashkil etiladi va yig‘iladi. 
2-sinf – O‘zaro bog‘liq vazifalarni avtomatlashtirish bilan ajralib turadi. Ular ayrim 
tamoyillarga ko‘ra ajratilib kenja tizimlarda guruhlanadi. Kenja tizimlarning ish qobiliyatini 
ta’minlash uchun lokal ma’lumotlar bazasi yoki o‘zaro bog‘langan lokal fayllar tashkil etiladi. 
3-sinf – yagona ma’lumotlar banki asosida kenja tizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani amalga 
oshirgan tizimlardan iborat. Ayni paytda kenja tizimlar yanada yirikroq konstruksiyaga (masalan, 
«hisobot», «tahlil», «boshqarish», «rejalashtirish» bloklari va hokazo) birlashadi. Birlashuv 
nomigagina amalga oshirilmagan. Tizim ichidagi integratsiyalashuv funksional va model 
darajasida amalga oshiriladi. Ayni paytda axborot maqsadi, modeli, mezon va cheklovlar
axborotni tashkil etish, axborot texnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida o‘zaro bog‘liq 
bo‘ladi. 
4-sinf – bloklarni yagona axborot banki va yagona axborot texnologiyasi bilan yagona 
tizimga qo‘shib yuborish orqali amalga oshiriladigan axborot tizimlaridir. 
5-sinf – intefallashgan tizimlar. Ularga turli tip va maqsadli axborot tizimlari birlashib, 
ishlab chiqarish hamda boshqaruv kompleks tarzda avtomatlashtiriladi. 
Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
1. Axborot-qidiruv tizimi (AQT). EHMda yoki undan tashqarida sakdanishi mumkin bo‘lgan 
hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar), hujjatlar nomi yoki 
manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga oshiradi. EHMda u yoki bu hollarda qi-
diruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni bayon qilingan huj-jatlarning 
formallashgan bayoni saqlanadi. O‘ziga kerakli mavzu-dagi hujjatni topishni istagan 
axborot iste’molchilari tizimga so‘rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvir-anan 
hujjatlarning to‘liq matni yoki so‘ralgan harajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yetishmasligi, 
ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi. 


42 
2. Axborot-ma’lumotnoma tizimi (AMT) ko‘p jihatdan foydalanuvchilar so‘roviga binoan 
iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni berish, yig‘ish va saqlashga 
mo‘ljallangan. Aytish mumkinki, axborot-ma’lu-motnoma tizimi raqamli yoki matnli 
konkretlashtirilgan ma’lumotlar bilan ishlashga qaratilgan. So‘rov-ning turiga va shakliga 
ko‘ra natijani qanday taqdim etishni belgilaydi. So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma 
shaklida berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko‘ra uning so‘rovini qayta 
ishlash davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin. 
3. Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MQAT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, 
maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan. 
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) EHMdagi hisob-kitoblarning formallashgan 
algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga mo‘ljallan-gan. Mazkur tizim ijodiy 
jarayonlarni emas, eski jarayonlarni (hisob, hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari 
va hokazo) avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan. 
5. Maslaxat beruvchi axborot tizimi (MBAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHMda ma’lum bir 
holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. 
Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslaxat beruvchi 
(kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni ob’ektdagi yoki boshqaruv 
tizimidagi jarayonga o‘xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi. 
6. Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan 
qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi 
(texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi 
tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik 
ravishda amalga oshiradi. 
7. Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar 
bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib 
turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob’ektining miqdoriy formal 
tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, 
ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan 
harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi 
modellashtiriladigan ob’ektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja 
maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday 
tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb. 
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar tajribasi va 
bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi. 
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi 
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi (Office Information Systems – OIS) firma boshqaruvining 
barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash 
uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi 
jixatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi 
kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u 
bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab 
quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter 
va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy mahsulotlar ma’lum: matnli 
protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va 
telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. OIS ning 
funksional tuzilishi quyidagicha bo‘ladi: 


43 
OIS ning quyi tizimlari quyidagicha bo‘ladi: 
Shunday kilib OIS – bu korxonani zamonaviy kompyuter tarmoklari, axborotlarni uzatish
va axborotlar bilan ishlash kommunikatsiya jarayonlarini ichki va tashqi muhitlar uchun 
tashkillashtirish va uni qo‘llab-quvvatlash tizimidir. 
Avvaldan ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi dastlab ishlab chiqarishda, sung ofisda 
paydo bo’lgan. Ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi, ananaviy texno-logiyani almashtirish 
emas, balki uni takomillashtirish bilan harakterlanadi. Ofisni avtomatlashtirish axborot 
texnologiyasi - bu kompyuter tarmoklari va boshka zamonaviy axborotlarni qayta ishlash va 
uzatish vositalari yordamida ichki va tashki muhit orasida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil 
etish texnologiyasidir 
Bu texnologiya asosan Boshqaruvchilar, mutaxassislar va kotiblar orasidagi alokani 
avtomatlashtirish va muammolarni uzaro xal etish uchun muljallangan. 


44 
6.1-rasm. Ofisni avtomatlashtirish axborot texnologiyalari asosiy komponentlari 
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi- axborot bilan ishlash va uni 
uzatishning kompyuterlar tarmoFi va boshka zamonaviy vositalari bazasida ham tashkilot 
ichida, ham undan tashkarida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish va saklab turishdan 
iborat. Ofisning avtomatlashtirilgan texnologiyalaridan Boshqaruvchilar, mutaxassislar
kotibalar va idora xizmatchilari foydalanadilar, ular ayniksa muammolarni gurux bulib xal 
qilishda juda kulaydir 
Avtomatlashtirilgan ish joyi 
Foydalanuvchi-iqtisodchi va Foydalanuvchi-boshqaruvchi alohida axborot tizim-lari bilan 
birga, ularning bir kompleksga birlashgan majmuini ham ishlatishlari mumkin. Qaror qabul 
qiluvchi shaxs bo‘lgan boshqaruv xodimining maqsadlarini amalga oshirilishiga yordam
beruvchi ta’minlovchi va funksional texnologiyalar kompleksi AIJ (avtomatlashtirilgan ish 
joyi)lar asosida amalga oshiriladi. AIJning maqsadi qaror qabul qiluvchi shaxsning oldiga 
quyilgan maqsadlarga erishish uchun kerakli qarorlarni tayyorlash va qabul qilinishini axborotiy 
ta’minlashdir. 
Shaxsiy EXMlar paydo bo‘lishi bilan birga, ularni bevosita xodimlarning ish joyiga
o‘rnatish va dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi instrumental 
vositalar bilan jihozlash imkoniyatlari yuzaga keldi. Avtomatlashtirilgan ish joyi – bu aniq 
predmet sohasidagi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, bevosita ish 
joyida o‘rnatilgan va axborotiy, dasturiy va texnikaviy zaxiralar bilan ta’minlangan personal 
kompyuterdir. AIJ butun funksional axborot texnologiyasini yoki uning bir qismini o‘z ichiga 
oladi. U yoki bu AIJga funksional axborot tizimining qaysi qismi mos kelishi ob’ektni
boshqaruv strukturasida maqsadlarni taqsimlash (dekompozitsiya) bo‘yicha belgilanadi.
AIJ dasturiy ta’minotini quyidagicha tasniflash mumkin: 
Tashqi muhitdan 
olinadigan 
ma’lumotlar 
Ma’lumotlar bazasi 
Kompyuter ofis 
texnologiyasi 
Matn protsessorlari 
Elektron pochta 
Audiopochta 
Jadval protsessorlari 
Elektron kalendar 
Kompyuter 
Telekonferensiya 
Tasvirlarni saqlash 
Videomatn 
Boshqarish dasturlari 
An’anaviy ofis 
texnologiyasi 
Konferensiya 
Audio 
Faks 
Kseroks 
Texnikaning boshqa 
vositalari 
Video 
Menejerlar uchun 
axborot 


45 
Nazorat savollari 
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday tasniflanadi? 
2. Qanday turdagi boshqaruv tizimlarini bilasiz? 
3. Axborot-qidiruv tizimlari qanday vazifalarni bajaradi? 
4. Axborot-ma’lumotnoma tizimining ta’rifini keltiring. 
5. Matnlarni qayta ishlash tizimlari qanday vazifalarni bajaradi? 
6. Ekspert tizimlari qanday masalalarni hal qiladi? 

Download 10.97 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   401




Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi

Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish