53
boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo’linmalari kiradi
(direktor, bo’lim boshliqlari, ularning bo’linmalari va xokazo). Boshqariluvchi ob’ektga esa
korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar boshqaruvchi sub’ektdan
ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga borsa, bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona
miqyosida bunga reja va turli xil ko’rsatmalar misol bo’lishi mumkin.
Agar aksincha,
ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga borsa, «teskari aloqa» deyiladi.
Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va hakozo misol bo’la oladi.
1-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish
soxasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi uchun
zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
1.
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.
2.
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi.
3.
Boshqarish tizimi mustaqil xarakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega
bo’lishi.
4.
Boshqaruvchi ob’ektning boshqariluvchi ob’ekt xaqida mufassal ma’lumotlarga
ega bo’lishi.
Boshqarish deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga
erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi.
Tizimni boshqarish maqsadiga ma’lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi.
Bunday funktsiyalarga:
rejalashtirish;
taxlil etish;
nazorat;
xisobot;
qaror qabul qilish funktsiyalari kiradi.
Rejalashtirish deb boshqarishning maqsadi va unga erishish yo’llarini
aniqlash, xarakat
rejasini tuzish va uning istiqbolini aniqlashga aytiladi.
Taxlil etish deganda boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish, tizim unsurlari
o’rtasidagi munosabatni va bog’liqlikni aniqlash tushuniladi.
Nazorat deb ishlab chiqarish jarayonini kuzatish va xaqiqatda bajarilg’an ishning reja
bo’yicha belgilanganligi to’g’riligini tekshirishga aytiladi.