54
Xisobot deganda reja bajarilishining yoki uning ma’lum bir
bosqichi bajarilishining
yakuniy xisoboti, boshqarish natijalarini baholash tushuniladi.
Tizimning xususiyatlari
Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga
qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir.
Axborot texnologiyasida tizimni roli
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida 1-jadvalda turli
elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida
keltirilgan.
1 - jadval
Tizimlar namunasi
Tizim
Tizim
elementlari
Tizimning
asosiy maqsadi
Tashkilot
Odamlar, jihozlar,
materiallar, bino va
xakozo
Tovar ishlab
chiqarish
Kompyuter
Elektron
va elektromexanik
elementlar, aloqa tarmoqlari va
hokazo
Ma’lumotlarni
qayta ishlash
Telekommunikatsi
ya tizimi
Kompyuterlar,
modellar, kabel,
tarmoq dasturiy ta’minot va hokazo
Axborot uzatish
Axborot
tizimi
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari,
axborot va dasturiy ta’minot, odamlar.
Kasbiy axborot
ishlab chiqarish
Tashkiliy murakkablik.
Tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar
o’rtasidagi o’zaro aloqalar (o’zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi. Elementlar o’rtasidagi
chatishib, qo’shilib ketgan o’zaro aloqalar shunday tuzilganki, u birorta
parametr aloqasining
o’zgarishiga olib keladi.
Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori bo’lmagan,
yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflar aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil
etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega bo’libgina qolmay,
balki uning barcha
qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek elementlar ega bo’lmagan boshqa vazifalarni
ham bajarish xususiyatiga ega.
Tizim butunligining o’ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo
bo’lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» - yuzaga keluvchi, paydo bo’luvchi) deb
ataladi.
Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o’zi tarkib topadigan elementlarga bo’lganda bunday
vazifalar yoki tavsiflar o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.