• Tashkiliy tizimlar Tashkiliy tizim
  • Tizimlarning turkumlanishi




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/401
    Sana01.11.2023
    Hajmi10.97 Mb.
    #92569
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   401
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
    Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org, perehodi-mezhdu-tarifami-uz, Mustaqil ishlar royhati, zebra 19talik, BOT(S)-228q-Nutq madaniyati va notiqlik san’ati (1), c (1), 1, лаб2, 1-betlik mundarija, 04 G`ulomqodirov H Qidiruv algoritmlari va optim, psixometr
     
    Tizimlarning turkumlanishi 
    Tizimlar tasnifi.
    Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o’xshashlari va 
    farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
    Tasniflash – bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish 
    jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan 
    ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi 
    bo’yicha tasniflash qiziqtiradi. Tizimni mazkur belgiga ko’ra tasniflash 1.2-rasmda keltirilgan. 
    Sun’iy tizimlar – bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. 
    Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. 
    Aralash tizimlar ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi. 
     Ergonomik tizimlar – bu, «mashina – inson - operator» majmui. 
     Biotexnik tizimlar – tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.
     Tashkiliy tizimlar – bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil 
    topgan tizimlar sanaladi. 
    Tashkiliy tizimlar
    Tashkiliy tizim
    – boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish 
    samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan
    xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar 
    yig’indisidir. 
    Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining 
    ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat 
    hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o’ziga xosligini, xususan, boshqaruv 
    vositalarini hisobga olishi lozim.
    Tizimda boshqaruv ob’ekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni 
    olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, tsex, 
    ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob’ektining 
    faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog’idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga 
    bo’ysindirilgan.
    Boshqaruv organi ob’ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki 
    shaxslar guruhi sanaladi. 
    Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo’lishi mumkin. 
    Tashkiliy tizimlar bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o’ziga xosligi shuki, 


    56 
    tizimning asosiy elementi murakkab, faol tizim bo’lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi 
    jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modellarini tuzish juda murakkab, 
    ba’zan esa iloji yo’q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs 
    (QQQSh) hisoblanadi.
    Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o’ziga xosligi – ko’p maqsadli ishlash xususiyatidir. 
    Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va 
    elementlarini tashkil etuvchilariga ko’ra ko’plab miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy 
    ko’rsatkichlar bilan belgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko’pqirraligi ko’pgina o’zaro 
    bog’liq jihatlar bo’yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib keladi. Bunda tizimning 
    boshqa elementlari bilan moddiy va axborot jihatdan o’zaro ta’sirini tashkil etish talab etiladi. 
    Uchinchi o’ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o’z ichiga oladi, u 
    yangi ehtiyojlar paydo bo’lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o’zgarishlar 
    bilan bog’liq holda qondirish yo’llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, ob’ektlar 
    tarmoqlari doimiy o’zgaradi, uning elementlari o’rtasida yangi aloqalar paydo bo’ladi. 
    Shuningdek, ham alohida ob’ekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o’zgaradi.

    Download 10.97 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   401




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish