• 3. Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari. 4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma
  • Tayanch so’ va iboralar
  • -MAVZU. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA QAROR QABUL QILISH VA




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/401
    Sana01.11.2023
    Hajmi10.97 Mb.
    #92569
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   401
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
    Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org, perehodi-mezhdu-tarifami-uz, Mustaqil ishlar royhati, zebra 19talik, BOT(S)-228q-Nutq madaniyati va notiqlik san’ati (1), c (1), 1, лаб2, 1-betlik mundarija, 04 G`ulomqodirov H Qidiruv algoritmlari va optim, psixometr
     
    8-MAVZU. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA QAROR QABUL QILISH VA 
    EKSPERT TIZIMLARI. 
     
    REJA: 
    1. Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha. 
    2. Ekspert sistemalarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari. 
    3. Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari. 
    4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma 
    paketlari va ularning ishlatilishi. 
    5.Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul 
    qilishdagi roli va axamiyati. 
     
    Tayanch so’ va iboralar: sun’iy intellect, ekspert sistemalarbilimlar bazasi, kompleks 
    bilimlar. 
    1. Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha. 
    Qanday qilib insonning ko`p yillik tajribasini va bilimlarini kompyuterga kiritish va 
    undan unumli ravishda foydalanish mumkin? Umuman bu ishni xal qilib bo`ladimi yoki yo`qmi? 
    Bilimlarni ifodalashning qanday usullarini taklif qila olasiz? Sun’iy intellekt deganda nimani 
    tushunasiz? Nima qilsa kompyuter xam insonlarga o`xshab fikrlashi va ma’lum bir xolatlarda 
    bizga yordam berishi mumkin? Ushbu muammoli savollarga javob berishga harakat qiling va 
    ularni guruxdoshlaringiz hamda ustozingiz bilan o`rtoqlashing. 
    Sun’iy intellekt-bu dasturiy sistema bo`lib, kompyuterda inson kabi fikrlashni amalga 
    oshiradi. Bunday sistemani yaratish uchun ma’lum bir masalalarni yechib, ma’lum sohada qaror 
    qabul qiluvchi insonning fikrlashi jarayonini o`rganish zarur. Undan so`ng bu jarayonning asosiy 
    bosqichlarini ajratib, ularni kompyuterda amalga oshiruvchi programma vositalarini yaratish 
    mumkin. Demak, sun’iy intellekt metodlari qaror qabul qilish bo`yicha murakkab dasturiy 
    sistemalar yaratish usullaridan biridir. 
    Kompyuter programmalari aniq qo`yilgan masalalarni yechishga mo`ljallangan. Bu 
    programmalarni yangi masalalarni yechishga moslashtirish uchun unga o`zgartishlar kiritish 
    kerak. Buning uchun programmani boshdan oyoq qayta ko`rib chiqish kerak. Bunday qayta 
    ko`rib chiqish juda ko`p vaqt talab etadi va qo`shimcha o`zgartishlar yana yangi xatolarga olib 


    57 
    kelishi mumkin. 
    Sun’iy intellekt o`z nomi bilan kompyuterning ong belgilarini egallashini nazarda 
    tutadi. Sun’iy intellekt metodlari programmalarni birlashtirishni soddalashtiradi va sun’iy 
    intellekt sistemasiga mustaqil o`rganish va yangi foydali ma’lumotlarni yig`ish qobiliyatini 
    nazarda tutadi. Inson o`z bilimlarini oshirgani sari o`z fikrlash usullarini o`zgartirmasligi va 
    o`ziga ma’lum ma’lumotlarni esdan chiqarmasligi mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi 
    shunday ishlashi kerak. 
    Sun’iy intellekt metodlari programmalar qismlarining yuqori darajadagi mustaqilligini 
    nazarda tutadi. Programma qismlari bir yoki bir necha masalalarning ma’lum bosqichini amalga 
    oshiradi. Programmaning mustaqil qismlarini inson miyasidagi ma’lumotlarning alohida blokiga 
    qiyoslash mumkin. Kerakli ma’lumotni tanlashda inson miyasi miyadagi barcha bilimlarni qarab 
    chiqmay, avtomatik tarzda faqat shu ishga ta’lluqli ma’lumotlarni ajratadi. 
    Bir masalani yechish uchun an’anaviy usullardan va sun’iy intellekt usullaridan 
    foydalanib, programma tuzish mumkin. Sun’iy intellekt usullaridan foydalanish programma 
    yaratishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Ikkala turdagi programmalarda ham uning alohida 
    qismlari qat’iy belgilangan amallarni bajaradi. Lekin sun’iy intellekt programmalari maxsus, 
    inson intellektiga xos xususiyatlarga o`xshash xususiyatga ega bo`lib, ma’lumotlarning 
    istalgancha o`zgarishi programmaning butun tuzilishiga jiddiy ta’sir etmaydi. Bunday xususiyat 
    programmalashtirish jarayoniga katta samaradorlik baxsh etib, “tushunuvchi”, ya’ni ong 
    xossalariga ega bo`lgan programmalar yaratish imkonini beradi. 
    Sun’iy intellekt metodlari asosida yaratilgan sistemalar intellektual sistemalar deb 
    yuritiladi. Ular turli sohalarda ishlatiladi. Ma’lum maqsadlarga erishish uchun intellektual 
    sistemalar ma’lum qoida, faktlar, xulosa chiqarish mexanizmi va soddalashtirishlardan 
    foydalanadi. Intellektual sistemalar qo`llanadigan inson faoliyatining ma’lum sohalari predmet 
    sohasi deb ataladi. Predmet sohasiga misol bo`lib o`qitish samaradorligini baholash va avtobus 
    marshrutini tanlash kabilar xizmat qilishi mumkin. Bir qarashda barcha predmet sohalarni 
    qamrab oluvchi intellektual sistema yaratish mumkinday tuyuladi. Lekin bu mumkin emas. 
    Chunki, barcha predmet sohalarda tug`ilishi mumkin bo`lgan barcha masalalarni yechish uchun 
    cheksiz ma’lumotlar va qoidalar zarur. Agar shunday sistema yaratilganida uni bilimlar bilan 
    to`lg`azishga juda ko`p vaqt talab etilardi. Shuning uchun hozircha ma’lum predmet sohasi bilan 
    cheklanish maqsadga muvofiqdir. 
    Intellektual sistemalar ishlashi uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar va qaror qabul qilishda 
    ishlatiladigan qoidalar kompyuterda yig`iladi va u bilimlar bazasi deb yuritiladi. 

    Download 10.97 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   401




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA QAROR QABUL QILISH VA

    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish