58
Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruxi yig`ildi: daryo
bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`lgan neft dog`lari
daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqizganini topish va ifloslanish sabab,
oqibatlarini bartaraf etishdir.
Eng avvalo, bunday masalani yechuvchi ekspert sistemasi
hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizilgan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish
vaqti, daryo oqimi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar
yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va
E2,
foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar evristik qoidalar deyiladi. Evristik
qoidalar oddiy qoidalar asosida emas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.
E1 qoida:
AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir
korxona joylashgan bo`lsa,
U XOLDA shu korxona neftni daryoga oqizgan .
E2 qoida:
AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida birnecha
korxona joylashgan bo`lsa,
U XOLDA eng ko`p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga okizgan.
Maqsadga erishish
uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash
samarasini oshiruvchi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar
asosida ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyiladi. Quyida
evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi
suvni ifloslantirgan eng
extimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilgari surilgan gipotezani tekshirish uchun
ekspert sistema boshqa qoidalar to`plamini ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri
sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin:
AGAR fabrika neft quvurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa,
U XOLDA 2 yoki 3-uchastkalarni tekshirish kerak.
Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin.
Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:
• tibbiy diagnostika va davolash;
•
kimyoviy analiz va sintez;
• molekulyar biologiya va gen injenerligi;
• sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• signallarni qayta ishlash;
• qurilmalar nosozligi
diagnostikasi;
• geologik razvedka;
• avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
• o`lchov sistemalari: ko`rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;
• texnologik jarayonlarni boshqarish.