59
olishimiz mumkin? Bu muammolar juda xam muxim va balki Siz yangi original yechimlar taklif
qilarsiz deb o`ylaymiz.
Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: faktlar va evristikalar
haqidagi
bilimlar bazasi, xulosa va yechim mashinalari, insonning mashina bilan muloqotini
ta’minlovchi sistema.
Xulosa va yechim mashinasi sistemaning bir qismi bo`lib, bilimlar bazasidagi
ma’lumotlarga qoida va mantiqni tatbiq etish imkonini beradi. Masalan, qoidalar asosida
ko`rilgan ekspert sistemalarida “AGAR-U XOLDA” qoidasi ikki xil yo`lda
tahlil qilinishi
mumkin:
• to`g`ri yo`nalishda yoki ma’lumotlar asosida, ya’ni muammoni yechish uchun yangi
ma’lumotlar yoki shartlar qaraladi, hamda mos xulosa va oqibatlar tekshiriladi.
• teskari yo`nalishda yoki maqsad tomonidan, ya’ni muammoni yechish uchun nazariy oqibatlar
ishlab chiqiladi va uning xaqligini aniqlaydigan shartlar tekshiriladi.
Insonning mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema shunday bo`lishi kerakki,
unda
faqat ekspert emas, balki yangi xodimlar ham ishlay olsin. Bunda qulaylik yaratuvchi
“menyu”, piktogrammalar, sichqonchadan foydalanish yo`llari ishlatiladi.
Bilimlar bazasi bilimlarni belgilar shaklida saqlaydi. Aniqrok aytganda, unga sonlar
jadvali, kattaliklar qiymati diapazoni va hokazolar kirishi mumkin.
Lekin bilimlar bazasining
asosini faktlar va evristikalar tashkil etadi.
Bilimlar bazasidagi faktlar tarkibiga ob’ektlarning bayoni, ularning belgilari va ekspert
sistemasini ishlatish sohasiga mos keluvchi sonli qiymatlar kiradi. Masalan, texnologik
jarayonlarni boshqarish sistemasi uchun bilimlar bazasi tarkibiga konkret korxonaning yoki
uning bir qismining bayoni, aloxida komponentlar harakteristikalari,
datchiklardan olingan
qiymatlar, zaxiralar sostavi va x.k. kirishi mumkin.
Evristikalar yoki qoidalar konkret muammoni yechish uchun faktlar asosida xulosa
chiqarish yo`lini bildiradi. Bu bilimlar asosan oldingi tajribaga asoslanadi va undan ekspertlar
doim foydalanishadi. Lekin ko`pincha u sir tutiladi. Bilimlarni shunday jarayon sifatida tavsiflash
mumkinki, bu jarayonda ekspert sistema yaratuvchilari tomonidan informatsiya “qidirib topiladi
va boyitiladi”. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari uchun bu bilimlar bunday qoidalar
turkumini o`zida saqlashi mumkin: zavodni yoki biror podsistemani profilaktik remont qilish
kerak bo`lsa, joriy narxlarga ko`ra qancha zaxira hajmi saqlash mumkin,
yoki nosozliklarni
diagnostika qilish qoidasi va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar va x.k.
Ekspert sistemalarning laboratoriyalar yoki butun firmalar mutaxassislari uchun
ahamiyati bir qancha aspektlarda namoyon bo`ladi:
a) ekspert bilimlarni yig`ish, aniqlash, kodlashtirish va tarqatish;
b) inson imkoniyatlaridan yuqori bo`lgan muammolarni yechish;
v) bir inson qamrab olish mumkin bo`lmagan bilimlar
hajmini talab qiluvchi
muammolarni yechish;
g) bir necha sohalar bo`yicha ekspert bilimlar talab qilinadigan muammolarni yechish;
d) kollektivning eng nozik qadriyati - kollektiv xotirani saqlash;
ye) yangi texnologiyani qo`llash hisobiga yuqori rakobatbardoshlikni ta’minlash.
Kompleks bilimlar bazasini yaratish mashinaning xatosiz ishlashi va birnecha
ekspertlarning bilimi sintezi asosida keng imkoniyatlar ochadi. Agar bilimlar bazasi bir necha
soha informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig`indisi qo`shimcha qiymatga ega bo`ladi.
Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etilgan "kollektiv xotira"ni saqlash
nuqtai nazaridan ham
60
axamiyati katta. Ko`p korxonalar yuqori malakali mutaxassislarni yo`qotish muammosiga duch
keladilar. Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki o`limi,
yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi mumkin. Birqancha firmalar o`zlarining eng qimmatli
xodimlari ekspert tajribalarini saqlab qolish uchun ekspert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu
bilimlarni saqlab qolish va ishdan ketgan ekspert o`rnini yangisi bilan oson to`ldirish imkonini
beradi.
Iqtisodiy pozitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki,
u firmaning
raqobatbardoshligini oshiradi. Bu shuni bildiradiki, ekspert sistemani birinchi bo`lib qo`llagan
kompaniya uni qo`llamaganlardan albatta oldinga chiqib oladi.