Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma




Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/401
Sana01.11.2023
Hajmi10.97 Mb.
#92569
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   401
Bog'liq
Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org, perehodi-mezhdu-tarifami-uz, Mustaqil ishlar royhati, zebra 19talik, BOT(S)-228q-Nutq madaniyati va notiqlik san’ati (1), c (1), 1, лаб2, 1-betlik mundarija, 04 G`ulomqodirov H Qidiruv algoritmlari va optim, psixometr
4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma 
paketlari va ularning ishlatilishi. 
Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy programma vositalarining 
qisqacha tavsifini keltiramiz: 
RuleMaster deb nomlanuvchi universal programma paketi ekspert sistemalarini qurish va 
tarqatishga mo`ljallangan. Uning xususiyatlari: 
1. bilimlar induktiv o`qitish metodi asosida to`planadi; 
2. sun’iy intellekt masalalarini programmalash maxsus ko`nikmalar talab 
qilinmaydi; 
3. programma paketi turli kompyuterlarda ham ishlay oladi. 
RuleMaster paketini yaratishdan maqsad kompyuter vositasini ilmiy-injenerlik sohasida inson 
fikrlashi kabi qaror qabul qilish jarayonida qo`llashdan iborat edi. Bunday sistemalardan biri 
TOGA ekspert sistemasi bo`lib, u katta transformatorlardagi nosozliklarni, transformator moyini 
gazoxromatografik tahlil ma’lumotlari asosida diagnostika qiladi. 
RuleMaster paketi ikki asosiy qismdan iborat: 
1. Radial – qaror qabul qilish qoidalarini ishlovchi blok-strukturali prtsedura tili; 
2. RuleMaker – fikrlar daraxtini ko`rishga mo`ljallangan bilimlarni to`plash sistemasi. 
RuleMaster paketi yordamida yaratilgan ekspert sistemalari Radial tilida yozilgan 
programmadan iborat. Mos predmet sohasida ekspert sistemasini qurish uchun modul struktura 
va modullarning tanasi ajratiladi. Struktura muammo yechimiga olib keluvchi fikrlash 
ierarxiyasini aniqlaydi. Har bir modul tanasi esa mos fikrlashning kechish usulini to`liq aks 
ettiradi. 
Real vaqt masshtabida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun ishlatiladigan 
ekspert sistemasini ko`ramiz. Bu LMI firmasida yaratilgan PICON programmasi bo`lib, u Lisp-
mashinada ishlashga mo`ljallangan. Bu sistema oddiy turdagi tarqoq boshqaruv sistemasiga 
bog`lanib ishlaydi. Uni loyihalashtirilayotganda u 20000 datchik va nazorat qurilmalariga xizmat 
ko`rsatishi nazarda tutilgan. Uni yaratishda LMI firmasining LAMBDA Lisp-mashinasi 
qo`llanilgan. 

Download 10.97 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   401




Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma

Download 10.97 Mb.
Pdf ko'rish