• 1. Fan dasturi 372 2. Ishchi fan dasturi 381 3. Interfaol ta’lim metodlari 401 4. Keyslar banki 433
  • 1 – M A V Z U:”IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI” FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA MAQSADI REJA : 1.Fannining predmet va vazifalari.
  • 5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar
  • Kredit iqtisod fakulteti




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/401
    Sana01.11.2023
    Hajmi10.97 Mb.
    #92569
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   401
    Bog'liq
    Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
    Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org
     
    I.O’QUV MATERIALLARI 5 
    1. Ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari
    2. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv materiallari 141 
    3.Laboratoriya mashg’ulotlar bo’yicha o’quv materiallari 172 
    II. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 272 
    III. GLOSSARIY 278 
    IV. ILOVALAR 371 
    1. Fan dasturi 372 
    2. Ishchi fan dasturi 381 
    3. Interfaol ta’lim metodlari 401 
    4. Keyslar banki 433 
    5. Testlar 437 
    6. Baholash mezoni bo’yicha uslubiy ko’rsatma 456 
    7. O’quv-uslubiy majmuaning elektron variant 459 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    I.O’QUV 
    MATERIALLARI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    1. MA’RUZA 
    BO’YICHA O’QUV 
    MATERIALLARI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1 – M A V Z U:”IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA
    TEXNOLOGIYALARI” FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA MAQSADI 
    REJA
    1.Fannining predmet va vazifalari. 
    2. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha.
    3.Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. 
    4. Axborot texnologiyalarining tasnifi. 
    5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining ahamiyati. 
    Tayanch so’z va iboralarinformatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional protsessor- 
    lar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik ashinalar.
    Qadim zamonlardan to hozirgacha murakkab hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va 
    avtomatlashtirishga bo`lgan talab hamda bu bilan bog`lik muammolar mavjud bo`lgan. Insoniyat 
    bu muammolarni xal qilish uchun xilma xil usullarni qo`llab kelgan. Har bir konkret soxada bu 
    muammoni yechishga urinish o`ziga xos yechim va muvaffaqiyatlarga olib kelgan. Lekin 
    hisoblash texnikasi va informatikaning paydo bo`lishi bilan insoniyat bir qancha qo`shimcha 
    imkoniyatlarga ega bo`lganki, bular jamiyatning katta tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Bu 
    imkoniyatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu imkoniyatlar informatsion texnologiya 
    programma-texnik vositalarining qaysi ko`rsatgich va xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan? 
    Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining 
    inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyoda tatbiq qilinishidir. Xalq xo`jaligining rivoji 
    o`z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali 
    boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab 
    chiqarishni ko`paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning 
    asosiy quroli bo`lib, o`zining algoritmik va programma ta’minotiga ega bo`lgan kompyuterlar
    Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan 
    bo`lsa, kompyuter va sun’iy intellekt vositalarning paydo bo`lishi inson aqliy faoliyatida xuddi 
    shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi 
    ko`pincha "kompyuter inqilobi" deb yuritiladi. 
    Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining tez rivoji o`ziga 
    xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda informatika faniga ma’lumotlarni 
    avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yangi ilmiy yo`nalish 
    sifatida qaralmoqda. 
    Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog`lash imkonining vujudga kelishi 
    informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog`ozsiz" informatikaning 
    imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha 
    sohalariga o`z amaliy ta’sirini o`tkazmoqda. 
    Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassis-
    operatorlar bu EHM-larda ishlagan bo`lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati 
    keng bo`lgan qurilma bo`lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumotlar va 
    bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta’minlaydi. 
    Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo`yicha kompyuterlarni samarali qo`llash 
    doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari 
    quyidagilardir: 
    -ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish; 
    -ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; 
    -tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash; 
    -maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarida o`qitish va kadrlar tayyorlashni
    kompyuterlashtirish; xizmat ko`rsatish, 
    sog`liqni saqlash va aholi turmush sohalariga 
    informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo`lishi informatikani tatbiq etish va 
    "kompyuter bo`yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo`ldi. 



    Hozirgi zamon kompyuterlariga bo`lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani 
    yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini 
    loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo`llanishi loyihalarni ishlab chiqishni 
    bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi 
    kompyuterlarda qo`llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez 
    yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid 
    qilishimiz mumkin. 
    Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o`rinlari (AIO’)- ning yangi 
    avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta’minotining asosiy 
    qismlaridan biri bo`lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi. 
    Funktsional protsessorlar turli xildagi ma’lumotlardan qulay holda foydalanish, 
    foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ta’minlash bilan birga katta hajmli 
    ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi. 
    Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini 
    bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi 
    xizmatchilar sonini kamaytirish, to`liq va aniq ma’lumotlarni istalgan vaqt oralig`i uchun olish 
    imkonini beradi. Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron 
    ma’lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo`lib, sun’iy yo`ldoshlar orqali 
    bog`langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq 
    ilmiy markazlarni bog`lovchi xalqaro kompyuter tarmog`i xizmat qilishi mumkin. 
    1976 yilda Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga kirishildi. Bu 
    tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo`lgan xonadan o`z xonadoniga 
    terminalni o`rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog`i orqali kerakli tashkilot 
    nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan bank 
    xizmatlarini ham olish mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o`rnatildi. 
    Shulardan bir qismi tekinga o`rnatildi. 
    Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko`rsatish turi mavjud bo`lib, shulardan 30 
    xili bank xizmatlari ko`rsatish uchun mo`ljallangan. 1986 yil boshida 150 ming iste’molchilar 
    uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning 
    taxminan 2% xonadon egalari o`z uylarida banklarning bo`limlariga ega bo`ldilar. 
    Bu yo`nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of 

    Download 10.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   401




    Download 10.97 Mb.
    Pdf ko'rish