3-MAVZU. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA AXBOROT TA’MINOTI
RTJA:
1.Axborot komplekslarida axborot ta’minoti.
2.Axborot ta’minotining tuzilishi. Axborotlarni raqamli qayta ishlash
texnologiyalari.
23
3.Iqtisodiy sohalarda axborot ta’minotining o‘rni va ahamiyati.
4.Axborot komplekslarida axborot jarayonlari. Boshqaruv tizimida axborot
ta’minotini tashkil qilish jarayonlari.
Tayanch so’z va iboralar: axborot ta’minoti , mashinadan tashkaridagi axborot
ta’minoti., mashina ichidagi axborot ta’minoti, birlamchi xujjat.
Avtomatlashtirilgan boshkarish tizimining axborot ta’minoti ob’ektlarning faoliyatida
foydalaniladigan
ma’lumotlar yigindisidir. Axborot ta’minoti - normativ spravka
ma’lumotlardan, texnik iktisodiy axborot klassifikatorlardan, ma’lumotlar massividan,
umumlashtirilgan xujjatlardan iborat.
Axborot ta’minotining asosiy vazifasi moddiy ob’ektlarni boshkarishda samarali karorlar
kabul kilish uchun tizimni anik ma’lumotlar bilan taminlashdan iborat. Shu sababli axborot
ta’minoti kuyidagi shartlarga javob berishi kerak:
1. Funktsional masalalarni echish uchun anik va etarli, tulik va asosli ma’lumotlarni uz
vaktida etkazib berish.
2. Masalalarning uzaro alokadorligini ta’minlash.
3. Ma’lumotlarni saklash va kidirishni samarali tashkil kilish.
4. Elektron xisoblash mashinasi va undan foydalanuvchilar urtasidagi ishlashning
tartibini tashkil kilish.
Axborot ta’minotini yaratishda turli masalalar xal kilinadi. Ulardan bir kismi
ma’lumotlarni EXM yordamida ishlashga tayyorlash bulsa, ikkinchi kismi ma’lumotlarni
EXMda saklash, kidirish va kayta ishlash bilan boglikdir. Shu sababli axborot bilan ta’minlashni
ikki guruxga ajratish mumkin:
1. Mashinadan tashkaridagi axborot ta’minoti.
2. Mashina ichidagi axborot ta’minoti.
Mashina tashkarisidagi axborot ta’minoti kuyidagi tizimlarni uz ichiga oladi.
1. Xujjatlar tizimi.
2. Ma’lumotlarni ixchamlashtirish tizimi.
3. Ma’lumotlarni ifodalash tizimi.
Boshkarish funktsiyalarini ifodalovchi birlamchi xujjatlarning turli - tumanligi xisobot
ishlarini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Bir xil bulgan ma’lumotlar birlamchi xujjatlarda
turlicha aks ettiriladi. Bu esa, uz navbatida ma’lumotlarni kayta ishlashning avtomatlashtirilgan
tizimlarini yaratishga sezilarli ta’sir kursatadi. Yukoridagi kamchiliklarni bartaraf etish
maksadida xujjatlarning yagona umumlashtirilgan tizimlarini xosil kilish zarurati tugiladi.
Xujjat kabul kilingan andozada tuzilgan va iktisodiy masalalarni echishda ishlatiladigan,
kogozda ma’lum bir koida asosida birlashtirilgan ma’lumotlar yigindisidir.
Xar kanday xujjat uch kismdan tashkil topgan:
1. Sarlavxa kismi.
2. Asosiy kism.
3. Tasdiklovchi kism.
Sarlavxa kismida xujjat uchun doimiy bulgan rekvizitlar joylashadi.
Masalan: xujjat shakli,
xujjatning nomi,
tartib rakami, xujjat shaklining shifri,
korxona tashkilotning nomi va manzilgoxi, xisob rakami va boshkalar.
Asosiy kismda xujjat uchun shartli doimiy va uzgaruvchan bulgan rekvizitlar joylashadi.
Ular guruxlovchi, normativ, mikdor va kiymatli turlarga ajraladi. Masalan,
tovarning
nomi,
shifri, ulchov birligi, baxosi, mikdori, kiymati va boshkalar.
Tasdiklovchi kismda xujjat uchun yuridik xukuk beruvchi ma’lumotlar joylashadi.
Masalan: moddiy javobgar shaxsning ismi-sharifi, imzosi, raxbarning ismi - sharifi, imzosi,
korxona, tashkilotining muxri.
Xujjatlarda ifodalangan ma’lumotlarning joylanishiga kura, ularni kuyidagi turlarga
ajratish mumkin:
24
1) chizikli;
2) anketali;
3) jadvalli;
4) aralash.
1. Chizikli xujjatlarda rekvizitlar birin-ketin joylashadi. Bunday xujjatlarga: tilxat, ariza,
ruxsatnoma, tushuntirish xati va boshkalar kiradi.
2. Anketali xujjatlarda rekvizitlar savol-javob tarikasida joylashadi. Ularga: ovoz berish
byulletenlari, talabnomalar, testlar, tovarning xususiyatini urganish anketalari va
boshkalar kiradi.
3. Jadvalli xujjatlarda rekvizitlar ustun va kator buylab joylashadi. Ularga: dars
jadvallari, kalendarlar, ish vaktini xisobga olish tabellari va boshka jadvalli xujjatlar
kiradi.
4. Aralash usulli xujjatlarda rekvizitlar chizikli, anketali, jadvalli xolda joylanishi
mumkin. Masalan, shaxsiy xisob varakasi, tovar transport nakladnoyi va boshkalar.
Xujjatlar asosiy kismga karab, bir katorli va kup katorli xujjatlarga bulinadi.
Bir katorli xujjatlarga, ruxsatnoma, ariza, tilxat va boshkalar kiradi.
Kup katorli xujjatlarda bir necha ma’lumotlar ifodalanadi va ularni tugridan-tugri
EXMning xotirasiga joylashtirish kiyin, chunki xar bir ma’lumot EXM xotirasining ma’lum bir
kismini egallaydi. EXM xotirasiga kuprok ma’lumotlarni joylashtirish maksadida tizimlar
yaratilgan.
Berilgan ma’lumotlarni uzgartirish jarayoni ixchamlashtirish (shifrlash), xosil bulgan
belgi esa, shifr deb ataladi. Xar bir shifr berilgan ma’lumotlar asosida aniklanib, uning razryadi,
ya’ni shifr kattaligi topiladi.
Axborotni ixchamlashtirishda kuyidagi tizimlardan foydalaniladi:
1) tartibli tizim;
2) tartibli seriyali tizim;
3) unlik tizim;
4) takrorlanuvchi tizim;
5) jadvalli tizim;
6) aralash tizim.
Ma’lumotning identifikatori aniklangandan sung, uning xarakterini ifodalashda kuyidagi
belgilardan foydalaniladi:
S - belgili ma’lumotlarni ifodalash uchun yoki masalani natijasiga ta’sir etmaydigan
ma’lumotlarni belgilashda ishlatiladi.
N - rakamli yoki masalaning natijasini olish imkonini beruvchi ma’lumotlarni belgilashda
ishlatiladi.
D - sonlarni ifodalashda ishlatiladi.
T - matnli ma’lumotlarni ifodalashda ishlatiladi.
L - kursatkichli (logik) ma’lumotlarni ifodalashda ishlatiladi. Ma’lumotlarning xarakteri
aniklangandan sung, xar bir ma’lumot kabul kilishi mumkin bulgan maksimal razryadi
kursatiladi. Bunda xarfli ma’lumotlar (A) soni, kavs ichida esa egallashi mumkin bulgan joyning
mikdori kursatiladi. Rakamli ma’lumotlar esa 9 rakami bilan belgilanadi.
Masalan: tovar shifri 9 (12), tovar nomi A(20)
Mashina ichidagi axborot ta’minoti asosan 2 kismdan iborat:
1. Ma’lumotlar bazasi.
2. Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimidan tashkil topadi.
Ma’lumotlar bazasi mashinadan tashkaridagi axborot ta’minotining tizimlari yordamida
xosil kilinadi.
Ma’lumot bazasi deganda, sof axborot ishlari uchun, ya’ni uzaro boglangan katta
xajmdagi axborotni saklash, uzgartirish va ishlatish uchun muljallangan, maxsus tizim
tushuniladi.
25
Masalan: korxonaning ma’lumotlar bazasida ishchi va xizmatchilarning shtat jadvali,
moddiy boyliklar, keltirilgan xom-ashyo va butlash kismlari, omborlardagi extiyot kismlar,
tayyor maxsulot, direktsiyaning buyruk xamda farmoyishlar va boshkalar xakidagi barcha
axborot saklanadi. Kandaydir bitta axborotning juda kichik uzgarishi turli joylarda muxim
uzgarishlar bulishiga olib kelishi mumkin.
Xozirgi kunda ma’lumotlar bazasining daraxtsimon, tarmokli va jadvalli turlari mavjud.
Daraxtsimon turdagi ma’lumotlar bazasi 1- va 2-avlod EXMlari yordamida tashkil kilingan.
Bunday ma’lumotlar bazasidan tegishli axborotni olish uchun, avvalom-bor, yukori xususiyatga
murojaat kilinadi. Va, shu tarika, yukoridan pastga xarakat kilish orkali tegishli ma’lumotlarni
olish mumkin. Bu usulning kamchiligi ma’lumotlarni saklash uchun katta xajm talab kiladi.
Tegishli ma’lumotlarni olish vaktini uzaytiradi. Yukoridagi kamchiliklarni tugatish maksadida
tarmokli turdagi ma’lumotlar bazasi xosil kilingan. Bunday ma’lumotlar bazasi 3-avlod
EXMlarida ish yuritadi. Bugun tegishli ma’lumotlar olish uchun istalgan yunalish buylab borish
mumkin. Tarmokli turdagi ma’lumotlar bazasi zamonaviy xisoblash texnikalarida ish yurita
olmaydi. Shuning uchun xam jadval turdagi ma’lumotlar bazasi tashkil kilingan. Jadval turdagi
ma’lumotlar bazasida ustun nomlari ma’lumotning identifikatoridan tashkil topadi. Jadvalning
katorlari esa, birlamchi ma’lumotlardan iborat bulib, yozuvlar deyiladi. Xar bir yozuv uzining
tartib rakamiga ega. Gaplarning xar biri bitta yozuvni tashkil etadi. Xar bir yozuv maydon deb
ataladigan bulaklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning, imkoni boricha kiska
tuplamidan iborat bulishi lozim. Xar bir maydon uzi ifodalaydigan ma’lumotlarga kura, biror
nomga ega buladi.
Masalan:
Familiyasi
Ismi:
1.Axmedov.
Alixuja.
2.Dadaboev.
Akbar.
3
3.Komilov
Aziz.
4.Sobirov.
Akmal
Bu misolda 5 ta yozuv bulib, ularning xar biri oltita maydondan iborat. Maydonlar nomi:
«familiya», «ismi». Yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritilgan axborotlar xajmiga boglik.
Shu sababli, yukoridagi misolga yana boshka, masalan, «Ol-5 baxolar soni», «koldirgan darslar
soni» kabi maydonlarni kiritish mumkin.
Faylga kiritilgan yozuvlar birlamchi xisoblanadi. Ixtiyoriy boshka ma’lumotni shu
yozuvlar yordamida aniklash mumkin. Masalan: maktabdagi 10-sinf ukuvchilar soni, axborotlar
texnologiyasi faniga kizikadigan ukuvchilar soni.
Bu ma’lumotlarni olish amaliy dasturlar va fayllar yordamida xal kilinadi.
Insoniyat tomonidan katta mikdordagi bilimning tuplanishi, turli xil axborotlarni saklash
masalasini xal kilishni talab etadi. Bunda axborotlarni saklash yagona maksad xisoblanmaydi,
balki u kerakli ma’lumotlardan kerakli vaktda foydalana olish, turli xujjatlarni kayta ishlashga
muljallangan.
Xozirgi kunda bir kancha ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimi yaratilgan:
REBUS, KARAT, SUBD+, DBASE, FOXBASE, FOXRRO, ACCESS va boshkalar.
Bu tizimlar kuyidagi vazifalarni bajaradi:
1) Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlarni kurish.
2) Ma’lumotlar bazasiga yangi yozuvlarni kiritish.
3) Ma’lumotlar bazasining yozuvlarini taxrirlash.
4) Ma’lumotlar bazasidan tegishli xisobotlarni olish.
5) Ma’lumotlar bazasining yozuvlaridan nusxa olish va boshkalar.
Xar bir tizim bir-biridan buyrukning bajarilish tezligi va mikdori bilan farklanadi.
Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari bir vaktning uzida tukkiz xil turdagi fayllar bilan ish
yuritadi. Xotirada saklanayotgan xar bir fayl universal nomga ega bulib, fayl nomi va fayl
turidan tashkil topadi. Fayl nomi foydalanuvchi tomonidan kiritilsa, faylning turi
26
foydalanayotgan buyrukka kura tizim tomonidan avtomatik ravishda urnatilgan. Ma’lumotlar
bazasi fayllari kuyidagi turlarga ega:
dbt
- ma’lumotlar bazasining xotira fayli;
dbf
- ma’lumotlar bazasining faol fayli;
ndx
- ma’lumotlar bazasining tartiblashgan fayli;
mem - xotira faylining ishchi fayli;
rrg
- ma’lumotlar bazasining buyrukli fayli;
fmt
- ma’lumotlar bazasining formatlashgan fayli;
ebe
- ma’lumotlar bazasining kursatkichli fayli;
frm
- ma’lumotlar bazasining xisobot fayli;
txt
- ma’lumotlar bazasining matnli fayli;
Ma’lumotlar bazasining aktiv fayli foydalanuvchi tomonidan kiritilgan barcha
axborotlarni uzida saklaydi. Xar bir fayllar bir milliarddan ortik yozuvni saklashi, bir yozuvda
128 ta ustunni ifodalash mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan ish yuritishda xotira kismini 15 ta
soxaga ajratish va maxsus buyruklar yordamida xar bir soxaga aloxida faylni chakirib maxsus
ishlarni bajarish mumkin. Ya’ni, yangi ma’lumotlarni kiritish, ortikcha ma’lumotlarni uchirish,
nusxa olish, xisobot ishlarini amalga oshirish va boshkalar. Bundan tashkari oblastlarga
chakirilgan fayllarni uzaro boglash, ya’ni biriktirish mumkin. Fayllarni biriktirishda fakat ikkita
soxa katnashadi. Yukoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun ma’lumotlar bazasini boshkarish
tizimlari tegishli buyruklar bilan ta’minlanadi. Xar bir ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimi
buyruklarining mikdori va bajarilish tartibi bilan bir-biridan fark kiladi. Masalan:
REBUS tizimida - 72 ta
KARAT tizimida - 128 ta
SUBD tizimida - 176 ta buyruklar mavjud.
Bundan tashkari, buyruklar menyu tizimida yoki oddiy tizimda ishlashi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Avtomatlashtirilgan boshkarish tizimining axborot ta’minoti nimani anglatadi?
2.Axborot bilan ta’minlanganlik guruxlari.
3.Mashina tashkarisidagi axborot ta’minoti tizimlari.
4.Xujjatning asosiy kismlari xakida ma’lumot bering.
5.Chizikli, anketali va jadvalli xujjatlar bir-biridan nimasi bilan fark kiladi?
6.Ma’lumotlarning identifikatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
7.Mashina ichidagi axborot ta’minotining asosiy kismlari?
8.Ma’lumotlar bazasi nima?
9.Maydon tushunchasi nimani anglatadi?
10.Zamonaviy MMBTlarga misollar keltiring.
11.Ma’lumotlar bazasining asosiy turlari.
|