|
Ozbekistonda pul-kredit siyosati harakteri va istiqbollari
|
bet | 6/7 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 67,88 Kb. | | #254522 |
2.2 Ozbekistonda pul-kredit siyosati harakteri va istiqbollari
Davlatning monetar siyosati, xususan uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan majburiy zahiralar siyosatini ishlab chiqish va uning vazifalarini amalga oshirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda respublikamiz Markaziy banki tomonidan yuritilayotgan majburiy zahiralar siyosati samaradorligini ta’minlash, uning taktik va strategik vazifalarini to‘liq bajarilishiga erishish masalasi bank tizimini isloh qilish va unga doir tajribalardan eng muhim va markaziy o‘rinni egallaydi.
Majburiy zahiralar siyosatini nazariy jixatlarini o‘rganish uning bevosita pul-kredit tizimi va uni shakllantirishning turli davrlariga xos islohotlarga asoslanishinikeltirib chiqaradi. Majburiy zahiralar siyosati pul-kredit siyosatining muhim bir vositalarining biri hisoblanib, u pul-kredit siyosatining boshqa boshqa vositalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘z mohiyati va ahamiyatini to‘la namayon etadi. Pul-kredit vositalarini dastlabki chuqur va keng tadqiq etish mazkur izlanishga katta asos bo‘luvchi XX asrda bir necha martalab dunyoning qator mamlakatlarida kuchli va ayrim vaqtlarda o‘zoq davom etgan beqarorlik vaziyatlarni, ya’ni ulardagi,kuchli budjet taqchilligi hamda pul_kredit siyosatidagi inflyatsiyani kuchayib ketishi kabi jiddiy holatlar bilan bogliq,bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushiga qadar yuz bergan keng qamrovli kuchli iqtisodiy inqirozga uchragan davlatlarning bunday yaratish goyasi yotadi. Keyns ilgari surgan "Kreditni tartibga solish" tamoyili bevosita ushbu nazariyaning asosiy sharti, ya’ni ishlab chiqarishning kreditga boglanganligidan kelib chiqadi va unga o‘zviy boglangan. Keyns iqtisodiyotning siklik rivojlanish sabablarini tovar miqdori va pul miqdori o‘rtasidagi nisbiy ta’sirida narxlarning o‘zgarishi bilan izohlaydigan miqdoriy nazariya vakillaridan farqli ravishda foiz me’yori orqali ko‘rib chiqar ekan, u ishlab chiqarishdagi talab asosiy o‘rin tutishidan kelib chiqqan holda kon’yukturaga ta’sir qiluvchi omillar: bandlik, quvvatlardan foydalanish, iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalariga talab, xulq-atvor psixologiyasini ta’riflab berdi. Ssuda sarmoyasi foizi yuqori bo‘lganda tadbirkorlarda "likvidlikni afzal ko‘rish", ya’ni o‘z sarmoyasining pul shaklida saqlash istagi yuzaga keladi. Tadbirkorlarning investitsiyalargaintilishini ragbatlantirish uchun ssuda foizini kamaytirish zarur.
Shuni e’tiborga olish muhimki, II jahon urushidan so‘ng samarali talabni rag‘batlantirishning birinchi, ya’ni foiz stavkasini kamaytirishga asoslangan yo‘li ko‘pincha rad etilgan. Chunki markaziy banklar restraksion pul-kredit siyosatini olib borishga, ya’ni inflyatsiyaga qarshi kurashib, foiz stavkasini oshirishga,majbur bo‘lishgan.Bunday tartibga solish 60 yillarda ko‘pgina garb
davlatlarida kuchsiz monopollashgan raqobatli bozorlar sharoitida yetarlicha samarali qo‘llanilgan. Biroq, bozorlar monopollashuvi jarayoni keskin kuchayib, muvozanatlovchi narx mexanizmi ta’siri yo‘qqa chiqishini va inflyatsiyaning yangicha ko‘rinishda (xarajatlar inflyatsiyasi) jadal o‘sishini,shuningdek
70yillardagi yuqori ishsizlik darajasini keynsiancha konsepsiya doirasida izohlash mumkin bo‘lmay qoldi. Bu pul-kreditni tartibga solishning yangi monetaristik konsepsiyasi tavsiyalaridan foydalanishning belgilab berdi.
Monetarizm nazariyotchilari iqtisodiy agentlarda inflyatsiyaviy rivojlanishga ishonch uygotish hamda maksimal xatar bo‘lgani holda bir me’yordagi uchun shart sharoit yaratish maqsadida xo‘jalikni pul(kredit) bilan ta’minlash izchil barqarorlashtirilishi zaruriyatini o‘z konsepsiyalarida asoslab berdilar.
Taraqqiyotning tarixiy oqimi va vaqtning tabiiy tekshiruvidan o‘tish hukumron keynsianchilar konsepsiyasining qator kamchiliklarini ko‘rsatib berdi, bunda monetar lagerga mansub oqimga burilish davrida monetarizm g‘oyalarining eng maqbul va afzal ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Monetarizm dunyoning ko‘pgina mintaqalarini iqtisodiy amaliyotida eng bo‘lib, mamlakatlarni tanazzuldan olib chiqish loyihalarini ishlab chiqdilar. Monetarizm prinsiplarini qo‘llash natijasida qator rivojlanayotgan davlatlarda depressiyalar va tuzilmaviy qayta qurishlar yengib o‘tildi.
Pulkredit siyosatining asosiy vositasi sifatida qaysi pul agregatidan foydalanilganidan qat’iy nazar, pul massasini qat’iy nazorat qilishga asoslangan monetaristik tavsiyalari qo‘llanilgan ko‘p davlatlarda iqtisodiyotning pul asosi mustahkamlandi. Bu esa majburiy zahiralar siyosatini olib borish bo‘yicha berilgan tavsiyalarga asoslanganligini anglatadi. Bunda mazkur vosita orqali kredit emissiyasiga ta’sir ko‘rsatish, iqtisodiyotda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar olib borilishi,nazarda tutiladi.
Qayta moliyalash stavkasini belgilashda amalda shakllangan inflyatsiya darajasidan tashqari, kelgusida kutilayotgan inflyatsiya ham hisobga olinadi.
Inflyatsiya darajasining pasayishi, qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi va ijobiy foiz stavkalarining ta’minlanganligi o‘z navbatida banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarining ham pasayish tomoniga qarab yuz tutishiga olib keldi.
Bundan tashqari, qayta moliyalash stavkasi umuman iqtisodiyotda muayyan darajada foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tijorat banklari jalb qilingan depozitlar va berilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zlari mustaqil ravishda belgilashlari mumkinligiga qaramasdan qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi
XULOSA
Xulosa qilib aytganda monetar siyosati hamda hukumatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati tashqi savdo defitsitining o‘sishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, budjet xarajatlarini qisqartirish tashqi savdo defitsitining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tashqi savdo defitsiti muttasil oshib — eksport va import orasidagi farq tobora kengayib — bormoqda hamda bu tendensiya ko‘pchilikni, xususan, qaror qabul qiluvchilarni xavotirga sola boshlagani shubhasiz. Yaqin yillardagi trendga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tashqi savdo defitsitining nafaqat qiymati, balki tashqi savdo aylanmasidagi ulushi ham yil sayin o‘sib borayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Bu tendensiyani qisman yangi davr boshlanishi ortidan savdo to‘siqlarining biroz yumshatilishi, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi hamda pandemiya davrida ayrim tovarlar uchun import bojlarining vaqtincha bo‘lsa-da bekor qilinishi bilan izohlash mumkin. O‘zbekistonda pulkredit siyosati va uning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari masalalariga quyidagi xulosalarga kelish va takliflar ishlab chiqish imkonini berdi:
1.Pul-kredit siyosatining asosiy jihatlaridan biri bo‘lib - pul-kredit va valyuta siyosatining birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pul birligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotib olishi va sotishini bevosita bank tizimining likvidliligida namoyon bo‘lishva uning emissiya bilan bog‘liqligidir.
2.Markaziy banklarning bosh maqsadi bo‘lib - milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bank daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Markaziy bank banklar banki hisoblanadi.
3. Shu jihatdan, u banklarini barqaror faoliyat yuritishlari uchun faqatgina nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organ sifatida qatnashmaydi. Balki, shu bilan birga Markaziy bank tijorat banklari uchun oxirgi kreditor bo‘lib hisoblanadi.
4.2019-yillarda: inflyatsiyaning o‘rtacha darajasi 5,26 %ni tashkil qildi. Inflyatsiya jarayo pasaytirish Markaziy bankga 2020 yil 1 yanvardan qayta moliyalashtirish stavkasini 10 %dan 7%ga pasaytirish imkonini berdi. Bu iqtisodiyot sub’ektlari uchun moliyaviy resurslarni baho omili bo‘yicha olish imkonini oshirdi. Chunki ko‘pchilik kreditlash dasturlarining foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘liqdir.
5.Respublikada amalga oshirilgan pulkredit siyosati pul bozorida foiz stavkalarini pasaytirishga ko‘maklashdi. 2020 yil davomida banklararo pul bozori amaliyotlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavksi 1 p.p. tushib, 7.6 %ni tashkil qildi. Natijada real sektorga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4% dan 11%.ga pa-saydi.
6.Markaziy bankning pul sohasida amalga oshirilgan choralari natijasida monetizatsiya darajasi 2017 yildagi 13.4%dan 2020 yilga kelib 23,2%ga yetdi. Bunga asosan iqtisodiyotga kreditlar, xorijiy investitsiyalar va xorijdan pul o‘tkazmalari hajmining oshishi sabab bo‘lgan.
7. Dissertatsiyani tatqiq etish jarayonida Markaziy bankning kayta moliyalashtirish siyosatida foiz stavkasini belgilashning xalkaro andozasini, ya’ni xisob stavkasini va lombard stavkasini joriy kilish zarurligi namoyon bo‘ldi. Respublika bank tizimida depozitlar uchun berilayotgan foiz stavkalarini o‘rtacha tortilganini xisoblash uchun LIBOR kabi foiz stavkasini amaliyotda qo‘llash milliy valyutani barqarorligini ta’minlash uchun eksport saloxiyatini yanada oshishiga olib keladi. 8.Qayta moliyalashtirish operatsiyalarini kengaytirish orqali monetar siyosatning ushbu vositasining samaradorligini oshirish lozim. Iqtisodiyot sub’ektlarining investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun indikator sifatida qayta moliyalashtirish ahamiyatini oshirish lozim. Tijorat banklari kredit potensialini oshirish uchun majburiy zaxiralar me’yorini pasaytirish lozim. Banklar o‘rtasida teng imkoniyat yaratish maqsadida majburiy zaxiralar me’yorini hisoblash usulini takomillashtirish lozim.
10.Naqd pulsiz hisobkitob shakllarini rivojlantirish orqali muomaladagi pul massasining naqd pul (banknota)lar hajmini qisqartirishga erishish zarur; Naqd pullik va naqd pulsiz oborotlar o‘rtasidagi sun’iy farqlilikni yo‘qotish kerak.
11.Foiz stavkasi (rasmiy hisob stavkasi, stavkalar chegarasi, qayta moliyalashtirishdagi jarima stavkalari, rezerv talablari orqali) siyosati orqali yalpi pul massasini tartibga solish tizimini kiritish kerak.
12.Markaziy bankni faqat Oliy Majlisga hisob berishligini qonundan bilamiz, lekin, qonunchilikda Markaziy bank tomonidan davlatning kreditlash chegarasini aniq belgilab qo‘yish lozim. Aks holda pul-kredit sohasini tartibga solishda yetarli darajadagi samaraga erishib bo‘lmaydi;
13.Xukumat butun bank tizimini tartibga solish uchun o‘z ta’sirini kamaytirgan holda Markaziy bankka yetarli vakolatlardan va instrumentlardan foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishi kerak. Ya’ni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada jadallashtirish lozim.
|
| |