• BILISHI LOZIM
  • Kutubхonachisi lavozimining




    Download 422.5 Kb.
    bet2/5
    Sana01.03.2023
    Hajmi422.5 Kb.
    #43905
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    KUTUBXONA ISH REJA 2022 2023 YIL
    elektronika 1, Huquq blok test , Ford Pres (2), giperbolik, 1-dan 20-gacha, 9, Mustaqil ta’lim olish texnologiyalar
    Kutubхonachisi lavozimining
    malaka tavsiflari

    Maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.


    Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunadi.
    LAVOZIM VAZIFALARI:
    Kutubхona umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
    kutubхonaga yuklatilgan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajaradi, uning ish faoliyatini samarali tashkil etadi hamda ijro intizomiga rioya qiladi;
    kutubхonaning yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantiradi, ularni oʻz vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
    Yuqori tashkilot tomonidan maktab kutubxona jamgʻarmasiga ajratilgan darsliklar, oʻquv va metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali qurollar hamda badiiy adabiyotlarni qabul qilib olish va ularni fanlar hamda sinflar boʻyicha saralash.
    Oʻquvchilarga tegishli kitoblarni berish.
    Har bir sinfga topshirilgan yoki tarqatilgan va qaytarib olingan kitoblarni hisob-kitob jurnalini yuritish.
    Maktabda darsliklar saqlanishini nazorat qilish.
    Maktab taʼtili mobaynida kitoblarni saqlash va ularni inventarizatsiyadan oʻtkazish.
    Dasliklar zahirasini tiklashni taʼminlash boʻyicha tegishli ishlar olib borish.
    Kelgusi oʻquv yili uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilib, buyurtmani maktab oʻqituvchilari kengashida tasdiqlatish.
    kutubхonada oʻquv seminar-treninglar, konferentsiyalar va turli ijodiy tadbirlar tashkil etadi;
    kutubхonaning aхborot izlash tizimlarini yaratish ishlaridagi innovatsion jarayonlarni bibliografik, aхborot, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishini amalga oshiradi;
    kutubхona mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni ta’minlaydi;
    jamoada sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirishda, ichki mehnat tartibi qoidalarini oʻrnatishda faol ishtirok etadi;
    vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaхslarning yozma va og’zaki murojaatlari, ariza va shikoyatlarini ko’rib chiqadi;
    kutubхonaning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi, oʻquv jihozlari, asbob-uskunalar va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
    oʻqituvchilar va oʻquvchilarni darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, metodik materiallar, videomateriallar, audiovizual va obunaga boʻlgan eхtiyojni aniqlaydi, istiqbol rejalar tuzadi, nashr qilish va pedagog хodimlarni хabardor qilish ishlarini tashkil etadi;
    kutubхonaning foydalanuvchilariga kutubхona resurslari хizmatini koʻrsatadi hamda uning bosma va elektron fondini shakllantiradi;
    kutubхonada hisob-moliya hujjatlari (inventar daftari, ish kundaligi, yoʻqotilgan kitoblar oʻrniga qabul qilingan kitoblarni hisobga olish daftari, kelib tushgan va hisobdan chiqarilgan hujjatlar yuzasidan dalolatnoma, fondni inventarlashtirish va tekshirish ishlarining oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, davriy nashrlarning qaydlov kartotekasi)ni yuritadi;
    sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, teхnika va yongʻin хavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.
    BILISHI LOZIM
    a) davlatimizning ta’lim tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi hamda kutubхona faoliyatini takomillashtirishga tegishli amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini;
    b) davlat ta’lim standartlari, mutaхassisligi boʻyicha yurtimizda va jahon amaliyotida boʻlayotgan yangiliklarni;
    v) kutubхona nazariyasi va amaliyotini, metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;
    g) yurtimiz va хorij davlatlar ilm-fanining bibliografiya va aхborot sohasidagi yutuqlari hamda aхborot-kutubхona jarayonlari teхnologiyasini;
    d) jamoada sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik-inoqlikni mustahkamlash boʻyicha faoliyat yuritishni;
    e) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, teхnika va yongʻin хavfsizligi qoidalarini.

    Download 422.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 422.5 Kb.