• XULOSA
  • L. V. Kantorovich M. K. Gavurin bilan birgalikda transport masalasini yechishda qo‘llaniladigan potensiallar usulini ishlab chiqdi




    Download 37.09 Kb.
    Sana29.06.2022
    Hajmi37.09 Kb.
    #24553
    Bog'liq
    KIRISH XULOSA
    MATEM 17 POLATOVA, Akromova - Jismoniy, 1681840883, Salom ,, , бажарилган иш далолатномаси Т AVDEYEVA (2)

    KIRISH


    Iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri unda matematik usullar va yangi kompyuter texnologiyalarga asoslangan sonli tahlilni amalga oshirish va shu asosda iqtisodiy yechimlar qabul qilishdan iboratdir. Ana shunday vazifalarni amalga oshirishda qo‘l keladigan usullarni o‘rgatadigan fan matematik programmalashdir.
    Matematik programmalashning tarkibiy qismlari chiziqli, chiziqli bo‘lmagan va dinamik programmalashdir. Jami o‘tiladigan kilometrlarni minimallashtirishga imkon beruvchi tashishlarning optimal rejasini tuzish ko‘rinishidagi chiziqli programmalash masalasining qo‘yilishini birinchi marta sovet iqtisodchisi A.N.Tolstoy 1930 yilda keltirdi. 1939 yildan L.V.Kantorovich chiziqli programmalash masalalarini muntazam tadqiq qila va ularni yechishning umumiy usullarini ishlab chiqa boshlagan.
    1941 yilda Xichkok transport masalasining qo‘yilishini keltirdi. 1949 yilda D.Dansig tomonidan chiziqli programmalash masalalarini yechishning asosiy usuli bo‘lmish simpleks usuli nashr qilindi. Shu yilning o‘zida L.V.Kantorovich M.K.Gavurin bilan birgalikda transport masalasini yechishda qo‘llaniladigan potensiallar usulini ishlab chiqdi.
    Ishlab chiqarish, loyihalash, boshqarishni bashorat qilish va shular kabi inson faoliyatining ko‘plab amaliy masalalari optimallashtirish masalalarini yechishga keltiriladi.
    Iqtisodiyotga tegishli optimallashtirish masalalarining aksariyati chiziqli tenglamalar va chiziqli tengsizliklar sistemasi orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham chiziqli dasturlash deb ataluvchi ana shunday masalalarni yechish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
    Ushbu kurs ishida matematik iqtisodiy masalalardan biri bo`lgan chiziqli dasturlash masalalarini MathCAD dasturida yechish usullari o`rganilgan.

    XULOSA


    Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi o'z rivojida bir qancha bosqichlardan o’tadi. Birinchi bosqich - bu ma’lumotlarni qo'lda ishlash usulidir. Bunda hisoblashlar qo'lda yoki yordamchi moslamalar (ashyolar)dan foydalangan holda bajariladi. Bu bosqich hisob-kitoblarning nihoyatda sermehnatliligi, hujjatlashtirishning kundan-kunga ko'payishi bilan tavsiflanadi.
    Ma’lumotlarni ishlash tizimi rivojining ikkinchi bosqichi - iqtisodiy axborotni ishlashni qisman mexanizatsiyalashdir.
    Uchinchi bosqich - bu to`la mexanizatsiyalash bo'lib, bunda axborotni ishlash bo'yicha barcha harakatlar mashinalarda bajariladi. Bu bosqichdagi texnik vositalar majmuiga EHM kiradi. Bunda ildam, buxgalteriya va statistik hisoblarni uzviy birlashtirish ko'zda tutiladi.
    Belgilangan maqsadga ko'ra axborot-ma’lumotnomali, axborot-tavsiyali, iqtisodiy-tashkiliy avtomatlashtirilgan tizimlar, texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga (TJBAT) ajratiladi.
    Kurs ishida chiziqli dasturlash masalasi, uning kelib chiqish tarixi, asosiy g`oyasi, matematik modeli o‘rganilgan va kompyuter dasturiy ta’minoti sifatida MathCAD tizimi imkoniyatlari ko`rib chiqilgan.
    Ushbu kurs ishida olingan natijalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari, umuman o`z faoliyatlarida matematik iqtisodiy masalalarni yechishni o`rganuvchilar foydalanishlari mumkin.
    Download 37.09 Kb.




    Download 37.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    L. V. Kantorovich M. K. Gavurin bilan birgalikda transport masalasini yechishda qo‘llaniladigan potensiallar usulini ishlab chiqdi

    Download 37.09 Kb.