Labaratoriya ichining maqsadi; Qayta orash jarayoni sxemasi




Download 270.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.02.2023
Hajmi270.08 Kb.
#42871
Bog'liq
XOTT.1-labaratoriya.uzb
Инвест қонун, test majburiylarga 15.02.2022, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Fan dastur (namuna), OXUNJONOV BOBURJON O\'G\'LI SERTIFIKATI, Prionlar va ularning ahmiyati Reja Prionlar haqida tushuncha Pri, 0Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 2021, Elector toki, Маҳсулотнинг ҳозирги ҳароратда солиштирма нафас олиш энергияси, B.Surayyo 2-kurs hisobot, B.Surayyo bh-521 yangi, BLG LOGISTICS, Genetik algoritmlar, ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati-www.fayllar.org


1-LABARATORIYA ICHI 
IPLARNI QAYTA O‘RASH. QAYTA O‘RASH JARAYONI 
TEXNOLOGIK OMILLARINI ROSTLASH VA O‘RNATISH.
 
Labaratoriya ichining maqsadi; 
1. Qayta orash jarayoni sxemasi 
2. Bobinalar turlari
 
 
To’qimachilik korxonalariga yigirilgan iplar naychalarda yoki g’altaklarda, kimyoviy iplar 
esa turli g’altaklarda yoki kalavalarda keltiriladi. 
Iplar o’ramalarining shakli birinchi navbatda ipni qanday tezlikda qayta ishlashni
belgilaydi. Zamonaviy o’rash jixozlarining texnik imkoniyati bu tezlikni 2000 m|min 
gacha bo’lishini ta`minlay oladi. Ipni o’ramadan chuvalib chiqishidagi qarshiliklar ipda 
taranglik kuchlarini yuzaga keltiradi. O’z navbatida taranglik kuchlari ipni o’rash sifatiga 
ta`sir ko’rsatishi bilan birga uzilishlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ip 
o’ramasi to’g’ri tanlanishi lozim.
To’qimachilik amaliyotida iplarni bobinalar shaklida o’rash tajribasi juda keng 
tarqalgan. Bulardan konus shaklidagi bobinalar texnologik jihatdan eng qulay hisoblanadi.
Konus bobinalarining oddiy konusli, o’tkir konusli va uch konusli shakllari mavjud (1-
rasm, a.b.v)
Uch konusli o’ramalar ipni chuvalib chiqishida ishqalanishni kamligi va ip
qatlamlarini bir-biriga kirishmasligi bilan ajralib turadi. Qayta o’rash jarayonida ipdagi
taranglik kuchini o’zgarishi ham nisbatan kam bo’ladi. 
1-rasm. Ip o’ralgan bobinalarning shakllari 


Tsilindr shaklidagi o’ramalar (1-rasm, g, d) odatda yigiruv mashinalarida hosil 
qilinadi. Ularni qayta ishlashda iplar qatlamlarini sidirilib chiqishi, ipni qo’shimcha 
buram olishi sababli qayta o’rash tezligi cheklangan. Ushbu ko’rinishlardagi o’ramalarni 
hosil qilish zarurati yigirish mashinalarining konstruktsiyasi bilan bog’liq. 
Ayrim turdagi iplar, jumladan qo’shimcha ishlov berilgan, bo’yalgan iplar kalava 
holatida yetkazib beriladi. Tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida kimyoviy iplarni 
g’altaksiz o’rama holida yetkazib berish tajribasi ham mavjud. 
O’ramalarda ipning o’ralish zichligi ip xom ashyosi va ishlab chiqarish 
texnologiyasiga bog’liq. Yigirilgan iplarni o’rash zichligi 0,40 g|sm
3
gacha, kimyoviy 
iplarni 0,7 – 0,9 g|sm
3
gacha bo’ladi. Elastik iplarni o’rash zichligi 0,2-0,3 g|sm
3
bo’lib,
ularni elastiklik xossalarini uzoq vaqt saqlab qolishi uchun qabul qilingan. 
Korxonaga keltiriladigan ip o’ramalarining turlicha bo’lishi ularni noto’qima
matolar ishlab chiqarishda bir xil shakl va o’lchamlarda qayta o’rashni taqozo etadi. 
Qayta o’rashda iplar asosan konus shaklidagi bobinalarga o’raladi. Bunda o’rama 
massasini oshirish, ipdan foydalanishda yengil chuvalib chiqishini ta`minlash, ipdagi
nuqson va notekis joylarni yo’qotish, ipni silliqlash, tarangligini bir xilda bo’lishini
ta`minlash vazifalari bajariladi. O’rash jarayonida bobinalar borabanchalarga ishqalanish 
hisobiga friktsion usulda aylantiriladi. Bu usulda o’rash mexanizmida ilgarilanma-qaytma 
harakatlantiruvchi qismlar bo’lmaydi. Odatda o’rash barabanchalarida vintsimon chiziqlar
bo’ylab o’yiqlar hosil qilingan bo’ladi. Iplar ana shu o’yiqlarda harakatlanadi va bobina 
kengligi bo’ylab suriladi.
 
2-rasm. Qayta o`rash jarayonlarining umumiy texnologik chizmasi 


Yigiruv mashinasidan keltirilgan naycha 1, qo`zg`almas naycha tutgichga o`rnatilgan. 
Naychadan chuvalanib chiqayotgan ip yo`naltiruvchi chiviq 2 ni egib o`tib, taranglovchi 
asbob 3, tozalovchi - nazoratchi asbob 6, o`zi to`xtatguvchi mexanizm chivig`i 7 ni egib 
o`tadi. So`ngra ip yurgizgich orqali o`tib, aylanma harakatdagi patron 9 ga o`raladi. 
Agar ip, yigirilgandan qayta o`ralishi kerak bo`lsa, yigirilgan maxsus charxga 
o`rnatiladi va qayta o`rash jarayonida u bilan aylanadi. Yigirilgandan chuvalanib 
chiqayotgan ip yo`naltiruvchi chiviqdan o`tib, tozalovchi-nazoratchi asbob, to`xtatuvchi 
chiviq, ip yurgizgich orqali bobinaga o`raladi. 
Yigirilgandan chuvalib chiqayotgan ipga kerakli miqdorda taranglik berish uchun charx 
cho`piga kiydirilgan qayish yoki ip pilta yordamida yuk osiladi. 
O’rama shaklilari . 
Parallel o’rama uchun: 
1 - tsilindrik
2 - bochkasimon
3 - trapetsiyasimon 
a)
Krestsimon o’rama uchun: 
1 - tsilindrik. 
2 - konussimon. 
b)
Qayta o`rashga qo`yilgan texnologik talablar. 
Ipni qayta o`rash jarayoni quyidagi texnologik talablarga javob berishi zarur: 
- Ipning fizik- mexanik xususiyatlari yomonlashmasligi (pishiqligi va elastikligi saqlanib 
qolishi); 
- O`ramadagi o`ramlar tuzilishi ipni keyingi jarayonlar (tandalash va to`quvchilik)da yengil
chuvalab chiqib, bu jarayonlarni katta tezlikda bajarilishini ta`minlash; 
- Bobinalardagi ipning uzunligi iloji boricha katta bo`lib, xamma guruhlar (partiyalar)dagi 
barcha bobinalarda bir xil bo`lishi; 
- Iplarning tarangligi doimo o`zgarmasdan va xamma bobinalarda bir xil bo`lishi kerak; 


- Iplarning uchlari pishiq ulangan bo`lib, ulangan joy yo`g`onlashmasligi va keyinchalik 
to`qimani sirtqi ko`rinishiga salbiy ta`sir etmasligi kerak; 
- Qayta o`rashda chiqindilar iloji boricha kam bo`lishi kerak; 
Jarayon serunumli va kam mehnat talab etilishi maqsadga muvofiq. 
 

Download 270.08 Kb.




Download 270.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Labaratoriya ichining maqsadi; Qayta orash jarayoni sxemasi

Download 270.08 Kb.
Pdf ko'rish