|
Labarotoriya ishi №11. Mavzu: Dart tili tamoyillaridan foydalanib ilovalar ishlab chiqish. Ishdan maqsad
|
bet | 6/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #229545 |
Bog'liq 19,20>> Hello, UzbekDevs!
Yuqoridagi kodni tahlil qilib, undagi operator, ifoda, instruksiyalarni keling aniqlaylik.
Birinchi ajratib olaylik :
Operatorlar : =, <, &, *, ++
Ifodalar :
int x = 5;
double y = 3.4;
var result = (x & 1) * ++y;
print(result);
print("Hello, Dart!");
Instruksiyalar :
if (x < 0) {
var result = (x & 1) * ++y;
print(result);
} else {
print("Hello, Dart!");
}
Demak, if instruksiyasi o’zida operator va ifodalarni qamrab olmoqda va kerakli buyruqlarni bajarmoqda. If operatori esa aslida quyidagicha bo’ladi :
(shart) ? Rost bo’lsa : aks holda
Dart Ma'lumot turlari
Biz hayotda ko’p narsalarni har xil toifalarga ajratamiz. Masalan, olma, anor, behi, uzum, anjir mevalar bo’lsa, pomidor, bodring, baqlajon kabilar esa sabzavot hisoblanadi. Olma, anor, baqlajon larni birgalikda mevalar deb ayta olmaymiz. Shu kabi narsalarni alohida ajratib saqlash uchun ham dasturlash tillarida ma’lumot turlari mavjud.
Ma’lumotlar turi bu obyekt qanday qiymatlarni saqlashi mumkinligini aniq belgilaydi va kompilyatorga ko’rsatib beradi. Har bir dasturlash tilida bo’lgani kabi Dart dasturlash tilida ham asosiy turlar mavjud. Bular :
int
double
num
String
dynamic
bool
Dart dasturlash tilida turlar juda ham ko’p bo’lib, asosiylari shular hisoblanadi. String turi bo’yicha alohida mavzuda yanada aniq va to’liqroq tanishib o’tamiz. Dart dasturlash tilida statik va dinamik turlar ham mavjud.
bool
bool turi ikkita qiymatni ifodalaydi : true (rost) va false (yolg’on). Odatda, bu turdagi o’zgaruvchilar shartli ifodalarda qo’llaniladi.
bool yes = true;
bool no = false;
|
| |