• Laboratoriya ishi-1 OPERATSION TIZIMLAR VA ANDROID TIZIM HAQIDA Kirish
  • Operatsion tizim turlari
  • Android operatsion tizimi Android
  • Laboratoriya ishi-1 operatsion tizimlar va android tizim haqida kirish




    Download 441.42 Kb.
    bet1/3
    Sana20.02.2023
    Hajmi441.42 Kb.
    #42964
      1   2   3
    Bog'liq
    lab1 os
    ЎРС ФЖ Мустақил иш мавзулари сиртқи, ЎРС ФЖ конспект мавзулари сиртқи (1), огохлантириш хати 2022, ABAS-SBAS-GBAS (ўзб), 1-маърузага доир тест, 2-top



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
    Transportda axborot tizimlari va
    texnologiyalari kafedrasi

    Laboratoriya ishi-1


    Operatsion tizimlar


    BAJARDI: SAT-1 Ismatov B.B
    TEKSHIRDI: Turdiyev O.A
    TOSHKENT-2022
    Laboratoriya ishi-1
    OPERATSION TIZIMLAR VA ANDROID TIZIM HAQIDA


    Kirish
    Operatsion tizim - kompyuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirishchiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin.
    Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir.
    Operatsion tizim turlari:
    MS-DOS ОТ; IOS ОТ;
    Android ОТ; Mac ОТ;
    FreeBSD ОТ; Red Hat ОТ;
    Windows ОТ; Linux ОТ;
    UNIX ОТ; Solaris ОТ;
    Sun Cobalt ОТ va boshqalar

    Operatsion tizimning asosiy vazifalari
    Fayl tizimini boshqarish (yozish, oʼzgartish, fayllardan nusxa koʼchirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
    Dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli taʼsirni tutib olish va boshqalar); Xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, maʼlumotlar butligi nazorati va boshqalar);
    Foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni oʼqish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va boshqalar);


    Android operatsion tizimi
    Android (yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“) — smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, o`yin pristavkalari, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari, televizorlar, proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlar va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.

    Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA)ni yaratdi.
    Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
    2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi oʻrnatilganligi hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.
    Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
    Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan. 2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
    Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi (bu anʼana 1.5 dan 9 gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: 
    1.5 Cupcake („keks“), 
    1.6 Donut („boʻgʻirsoq“), 
    2.0/2.1 Eclair („ekler“ shirinligi), 
    2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt — inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 
    2.3 Gingerbread („zamjabilli pryanik“), 
    3.0 Honeycomb („asalari uyasi“), 
    4.0 Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), 
    4.1/4.2/4.3 Jelly Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi), 
    4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi[12]), 
    5.0/5.1 Lollipop („obakidandon“), 
    6.0 Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik), 
    7.0 Nugat („yongʻoqholva“), 
    8.0 Oreo („Oreo“ pechenyesi),
     9.0 Pie („pirog“).
    Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10[11] chiqarilishi bilan tugadi.




    Download 441.42 Kb.
      1   2   3




    Download 441.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi-1 operatsion tizimlar va android tizim haqida kirish

    Download 441.42 Kb.